June 27, 2020

Ona tili fanidan maxsus test 4-son

1. Hilol to‘lib, oxir g‘ildirak bo‘ldi, Yulduzlar changidi samo yo‘lida. (Iqbol Mirzo)

Ostiga chizilgan so‘zda ma’no qaysi usulda ko‘chgan?

A) metafora

B) metonimiya

C) vazifadoshlik

D) sinekdoxa

2. Tilimizda kelishik qo‘shimchalari aro ma’nodoshlikning qaysi turi kuzatilmaydi?

1) -ga va -da; 2) -ga va -ni; 3) -ga va -dan; 4) -dan va -ning.

A) 1, 2

B) 2, 3, 4

C) faqat 2

D) barchasi kuzatiladi.

3. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni ikkita emas?

A) Mudroq qalblarni bir chaqin kabi uyg‘otdi.

B) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi.

C) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh.

D) Shirali dasturxonga pashsha ko‘p yopishadi.

4. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida yuz bergan tovush o‘zgarishi kuzatiladi?

A) Unganman qip-qizil bahor qo‘ynida, g‘am-alam, qayg‘uga ulfat emasman.

B) Kokili gul bahorning quchog‘ida yayra, qanot qoq.

C) Uzoqda baland-past tog‘lar yashnaydi.

D) O‘g‘li olti yil deganda qamoqdan chiqqan edi.

5. Jarangli undoshlar bilan farqlanuvchi o‘zaro paronim so‘zlarni aniqlang.

A) ganj, ganch

B) borlik, borliq

C) dars, darz

D) yolqin, yorqin

6. Unisi bunaqa, bunisi unaqa deyish bilan natijaga erishib bo‘larkanmi, o‘g‘lim?!

Fonetik hodisalar sonini aniqlang.

A) 4 ta

B) 7 ta

C) 5 ta

D) 6 ta

7. Qaysi qatorda asli paronim bo‘lgan so‘zlar shakldosh holatida yozilgan?

A) Hadeganda yog‘i chuchiy qolmasdi. Hovlining hamma yog‘i yoqimsiz hidga to‘ldi.

B) Qo‘yni puch yong‘oqqa to‘lgan Sobirjon kasal qo‘yni nima qilish haqida bosh qotirardi.

C) Qor yog‘gan daladagi manzara kuyovimizga juda yoqqan edi.

D) Uning “Xayr” demay ketishida ham bir xayr bor.

8. Shevadagi yorqanot so‘zining ma’nosi nima?

A) shapaloq

B) varrak

C) kapalak

D) ko‘rshapalak

9. Siz uchun qalbim uyiga nur yoqdim… (Chustiy)

Ushbu gapdagi morfemalar sonini aniqlang.

A) 11 ta

B) 13 ta

C) 9 ta

D) 10 ta

10. “Tushuntirmoq” so‘zi fe’lning qaysi ma’no turiga mansub?

A) tafakkur fe’li

B) nutq fe’li

C) jismoniy holat fe’li

D) sezgi fe’li

11. Qaysi gapdagi xatolik orfografiya (imlo) bo‘limi bilan bog‘liq?

A) Yomonni yaxshi desang, suyiladi.

B) Achchiq til odamni etar dar-badar.

C) Aybing shu – o‘zgani mensimading.

D) Shoxim, bir qoshiq qonimdan kechsangiz.

12. Ne desang-da, ranjimasman.

Qo‘shma gap turini aniqlang.

A) hol ergash gapli qo‘shma gap

B) zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap

C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap

D) Berilgan gap qo‘shma gap emas.

13. Shunga... haligi... so‘ragan pulingizni opkeldim... (O. Yoqubov)

Mazkur gapda nutqning sofligiga futur yetkazuvchi qanday birliklar qo‘llangan?

A) vulgarizmlar

B) parazit so‘zlar

C) rasmiy so‘zlar

D) varvarizmlar

14. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zni aniqlang.

A) bechora-yey

B) shuning-chun

C) tanimadi-yov

D) bekorchilar-chi

15. Yasalish asosi fe’l bo‘lgan so‘zni aniqlang.

A) eslatish

B) quchoqlab

C) g‘ildirak

D) qo‘rqoqlik

16. Yoshlar suhbatga berilib ketishmasin yana.

Fe’l nisbatini aniqlang.

A) birgalik

B) majhul

C) orttirma

D) o‘zlik

17. Berilgan gaplarda yolg‘ondan so‘zi qanday bo‘lak vazifasida kelgan?

1. Tuhmatdan, yolg‘ondan juda qo‘rqaman.

2. To‘rt yoshli bola sezib o‘tiribdimi: yolg‘ondan “Tugadi” deb qo‘yavering.

3. Oilang buzilishi ham, ishdan haydalishing ham – hammasi o‘sha kungi yolg‘ondan.

A) 1) hol; 2) to‘ldiruvchi; 3) kesim

B) 1) to‘ldiruvchi; 2) hol; 3) kesim

C) 1) to‘ldiruvchi; 2) hol; 3) to‘ldiruvchi

D) 1) hol; 2) hol; 3) to‘ldiruvchi

18. Qaysi gap tarkibidagi yordamchi so‘zlar soni nisbatan ko‘proq?

A) Chin donolar ustoz oldida shogirdligin unutmas aslo.

B) Qani, gapir-chi, sen ham o‘shalar bilanmiding?

C) Afsuski, u ham ko‘rdi ko‘r ko‘rgan kunni.

D) Bu ishimdan sira afsuslanmadim, biroq o‘shandan beri qo‘ng‘iroqlar tinmayapti.

19. Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajaradigan so‘zlarni aniqlang.

1) birdan; 2) akamiz; 3) banda; 4) filcha.

A) 1, 2, 3, 4

B) 2, 3, 4

C) 2, 4

D) 1, 3

20. Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar sonini aniqlang.

Har bitta daraxtda bir dil yashaydi,

Tikilganim sari o‘sadi ko‘nglim.

Ularga quloq sol, ularni tushun,

Daraxtlar aldashni bilmaydi, o‘g‘lim.

A) 1 ta

B) 3 ta

C) 2 ta

D) 4 ta

21. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen.

Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men

Bevafolarga meni qilding asir.

Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.

Ushbu tuyuqdagi olmoshlar sonini aniqlang.

A) 10 ta

B) 9 ta

C) 8 ta

D) 6 ta

22. O‘z sevganiga xat yo‘llagan ayol timsoli qaysi asarlarda uchraydi?

1) “Yevgeniy Onegin”;

2) “O‘tkan kunlar”;
3) “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”;

4) “Kuntug‘mish” dostoni.

A) 1, 2, 3, 4

B) 1, 4

C) 1, 3, 4

D) 2, 3

23. Ko‘nglumuz vayron-u, qosh-u ko‘zda chindur masal –

Kim: “Qolur masjid agar buzulsa, mehrobi aning”.

Lutfiyning ushbu baytida qanday san’at qo‘llanmagan?

A) tanosub

B) irsoli masal

C) tazod

D) tashbeh

24. Rasul Hamzatov nimani “jonimga Masih” deya ta’riflaydi?

A) she’riyatni

B) avar xalqini

C) ona tilini

D) e’tiqodini

25. Agar ko‘nglung tilar jonimni olmoq,

Qaroqchi ko‘zlaringdin bir qiyo boq. (Atoiy)

Bayt vaznini aniqlang.

A) ramali musaddasi maqsur

B) hazaji musammani mahzuf

C) mutaqoribi musammani maqsur

D) hazaji musaddasi maqsur

26. Urushda oyog‘idan ayrilgan qahramonlar qatorini aniqlang.

1) Xol aka (“Nido”);

2) Ikromjon (“Ufq”);

3) Rustamning akasi (“Nido”);

4) Ilhom samovarchi (“Urushning so‘nggi qurboni”).

A) 1, 2

B) 2, 3

C) 3, 4

D) 1, 4

27. Ajab yo‘q tun-kun o‘lsam mahvashimning justujo‘yinda,

Xayoli Qaysdin voqif gar o‘lsang … so‘yinda.

Uvaysiy qalamiga mansub ushbu baytda nuqtalar o‘rnida qanday so‘z bo‘lishi kerak?

A) Uzro

B) Zulayho

C) Layli

D) Shirin

28. “Yo, Jamshid!” hikoyasi muallifi kim?

A) Xayriddin Saloh

B) Nazar Eshonqul

C) Xurshid Do‘stmuhammad

D) Xayriddin Sultonov

29. Furqatning aruz ilmiga oid asari qaysi javob variantida keltirilgan?

A) “Muxtasar”

B) “Ilmi ash’orning qoidai avzoni”

C) “Aruz haqida”

D) “Mezon ul-avzon”

30. “Avesto”da tilga olingan Aniyron qanday joy?

A) ezgu fikr poygohi

B) ezgu so‘z poygohi

C) ezgu amal poygohi

D) farog‘at poygohi

🖋 Ishlab bo'lgach javoblarni tekshirish uchun: 👉🏻 https://telegra.ph/Ona-tili-fanidan-maxsus-test-1-son-javoblari-06-06

Tuzuvchi: Mansur SIDDIQOV

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim

Youtube kanalimizga obuna bo'ling: https://www.youtube.com/channel/UCTPveR7-fECFXkDQrfooymA

Telegram kanalimizga obuna bo'ling: https://t.me/masofatalim