May 11, 2020

Majburiy fan: O'zbekiston tarixi

Test 002-variant

1. Buxoroning Qorako’l tumanida joylashgan qadimiy manzilgohni aniqlang.

A) Zamonbobo

B) Ko’lbuloq

C) Jarqo’ton

D) Selung`ur

2. Janubiy Qozog`iston va Toshkent vohasida tashkil topgan davlatni aniqlang.

A) Yunon-Baqtriya davlati

B) Kushon podsholigi

C) Davan davlati

D) Qang` davlati

3. Qadimiy So’g`diyona o’lkasi hozirgi qaysi hududlarni qamrab olgan?

A) Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini

B) Zarafshon va Surxondaryo vohalarini

C) Janubiy Tojikiston, Surxon vohasi va Afg`onistonning shimolini

D) Toshkent viloyati va Janubiy Qozog`iston hududlarini

4. Ilk o’rta asrlarda qaysi o’lka hukmdorlari malikshoh deb atalgan?

A) Far`ona

B) Iloq

C) Toxariston

D) Choch

5. Quyidagi qaysi davlatning poytaxti Bolasog`un shahri bo’lgan?

A) Qoraxoniylar davlati

B) O’g`uzlar davlati

C) Qarluqlar davlati

D) Somoniylar davlati

6. Amir Temur davrida lashkarning yuz kishilik bo’linmasi boshlig`i qanday atalgan?

A) aylboshi

B) qo’shunboshi

C) mirihazora

D) tuman og`asi

7. Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etgach Turkistonni kimga suyurg`ol sifatida hadya etadi?

A) Jonibek Sultonga

B) Ko’chkunchi Sultonga

C) Suyunchxo’ja Sultonga

D) Mahmud Sultonga

8. Xalq ichida “amiri mas`um” (begunoh amir) sifatida shuhrat topgan hukmdorni aniqlang.

A) Abulg`oziyxon

B) Z. M. Bobur

C) amir Shohmurod

D) amir Umarxon

9. Ko’hna Urganch shahriga qachon asos solingan?

A) mil. avv. VII asrda

B) mil. avv. V asrda

C) mil. avv. III asrda

D) mil. avv. I asrda

10. Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Zarafshon okrugining markazi hozirgi qaysi shahar bop’lgan?

A) Samarqand shahri

B) Kattaqo’rg`on shahri

C) Olmaota shahri

D) To’rtko’l shahri

11. “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi muallifini aniqlang.

A) Mahmudxo’ja Behbudiy

B) Abdulla Avloniy

C) Munavvarqori Abdurashidxonov

D) Shermuhammad Munis

12. Turkiston muxtoriyatida tashqi ishlar vaziri kim bo’lgan?

A) Ubaydulla Xo’jayev

B) Mustafo Cho’qayev

C) Islom Shoahmedov

D) Muhammadjon Tinishbayev

13. Junaidxon bilan tuzilgan qaysi bitimga ko’ra, Sovet hukumati Xiva xonligining mustaqilligini tan olishga majbur bo’lgan edi?

A) Taxta bitimi

B) Qiziltepa bitimi

C) Gandimiyon bitimi

D) Chimboy bitimi

14. 1995-2003-yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri lavozimida faoliyat ko’rsatgan shaxsni aniqlang.

A) Shukrullo Mirsaidov

B) Abdulhoshim Mutalov

C) O’tkir Sultonov

D) Shavkat Mirziyoyev

15. O’zbekiston milliy valyutasi - so’m muomalaga chiqarilgan sanani aniqlang.

A) 1993-yil 1-aprel

B) 1993-yil 1-noyabr

C) 1994-yil 1-iyun

D) 1994-yil 1-iyul

Tuzuvchi: Asliddin Abdanov (Telegram manzil: @moziyuz)

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim