Diduragay va poliduragay chatishtirish

Diduragay chatishtirish

- Ikki muqobil belgisi bilan farqlangan ota-ona organizmlarining chatishishiga diduragay chatishtirish deb ataladi. Duragaylash uchun ikki juft (4 ta) bir-birini inkor qiluvchi (Mendelning yutug'i ham qat'iy farq qiluvchilarni tanlagani) belgilar olinadi. Masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xotlar chatishtiriladi.

t.me/masofatalim

I. Dastlab digomozigota organizmlarni chatishtiramiz, ya'ni sariq silliq (AABB) va yashil burishgan (aabb) donli o'simliklarni.

t.me/masofatalim

Chatishtirish natijasida olingan F1, duragaylarning hammasida donlar sariq rangli va tekis ekanligi ma'lum bo'ldi. Birinchi avlod bir xilligi qonuni (Mendelning birinchi qonuni)ning yuzaga chiqqanligini ko‘ramiz.
Demak:
- donning sariq rangi yashil rang ustidan dominant**
- tekis formasi burishgan formasi ustidan dominant**

II. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtiriladi:

t.me/masofatalim

F2 avlodda xosil bo'ladi:

t.me/masofatalim

F1 avlod duragaylar o‘z-o‘zi bilan chatishtirilganda ulardan hosil bo'lgan ikkinchi avlod (F2)da ota-onaga o‘xshash, ya’ni doni sariq tekis, doni yashil burishgan no‘xatlar bilan bir qatorda, doni sariq burishgan, doni yashil sirti tekis bo`lgan o ‘simliklar hosil boldi.
Bu o ‘z-o‘zidan diduragaylardagi bir belgi ikkinchisiga tobe bo`lmasdan, balki alohida-alohida irsiylanishidan dalolat beradi. Bunday yangi formalarni hosil bo`lishiga kombinativ o‘zgaruvchanlik deyiladi. Shunday qilib, belgilarning to`liq irsiylanishida diduragaylarda 9 xil genotipik, 4 xil fenotipik sinf kuzatiladi.

Mendelning uchinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi: ikki yoki undan ortiq bir-birlarini inkor qiluvchi belgilari bo‘lgan geterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarga joylashgandagina amalga oshadi.

Poliduragay chatishtirish

Uch, to‘rt va undan ko‘p turg‘un belgilari bilan tafovut qiladigan formalami chatishishiga poliduragay chatishtirish deb ataladi.

Masalan:

t.me/masofatalim

No‘xatning doni sariq, tekis, gultojbargi qizil (AABBCC) bo`lgan navi, doni yashil, burishgan, gultojibargi oq (aabbcc) rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa, F1, duragaylarining doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil (AaBbCc) rangda bo‘ladi.

t.me/masofatalim

Agar F1, duragaylari o'zaro chatishtilsa, u holda F2 duragay 8 xil gameta hosil qiladi. Bular quyidagilardan iborat: 1) ABC, 2) ABc, 3) AbC, 4) Abc, 5) aBC, 6) aBc, 7) abC, 8) abc.

Gametalar chatishtirilishidan quyidagicha duragaylar xosil bo'ladi:

t.me/masofatalim

Quyidagi jadvalga qarang:

t.me/masofatalim

Odam qon guruhlari:
Odamda qon guruhlarining 4 turi mavjud bo'lib, bu eritrositlar va plazma tarkibidagi oqsillarga nisbatan aniqlangan.

  • I guruh – eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo'lmaydi, plazmada agglutinin α va β bo'ladi.
  • II guruh – eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin β bo'ladi.
  • III guruh – eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin α bo'ladi.
  • IV guruh – eritrotsitlarda agglutinogen A va B bo'lib, plazmada agglutinin umuman bo'lmaydi.

Irsiyatda esa qon guruhlari esa quyidagicha irsiylanadi:

t.me/masofatalim

Mavzuga doir masala va uning tahlili:

Monogeterozigot Aa, digeterozigot AaBb va trigeterozigot AaBbCc organizmlarda qancha turdagi gametalar hosil bo‘lishini aniqlang.

Yechish:
Har qanday genetik masalani yechishni gametalarni aniqlashdan boshlash kerak. Buning uchun avvalo gametalar sofligi qonunini bilish lozim: gametada har bir juft allellardan faqat bittasi bo‘ladi. Gametalar turlarining umumiy soni 2^n ga teng; n – allellar juftlarining soni.

  • Monogeterozigot (Aa) organizmda faqat ikki turdagi gametalar hosil bo'ladi: A va a
  • Digeterozigot organizm (AaBb) da to'rt turdagi gametalar bo'lishi mumkin: AB, Ab, aB, ab
  • Trigeterozigot (AaBbCc) organizmda esa sakkiz turdagi gametalarning yarmisida A, qolgan yarmida a allellar mavjud, ularni ikkita qatorga yozamiz. Keyin B va b allellarini avval ikkita dominant, keyin ikkita retsessiv qilib yozamiz, keyin shu ustunchalar yoniga C va c allellarni bir dominant, bir retsessiv qilib ketma-ket yozamiz.
t.me/masofatalim

Trigeterozigotali organizmlarda gametalar hosil bo‘lishini aniqlashning ikkinchi usuli ham mavjud:

t.me/masofatalim

Mustaqil yechish uchun masalalar.

  1. Onaning qoni I qon guruh, otasining qoni IV qon guruhiga ega. Bolalar ota yoki ona qon guruhiga ega bo'lishi mumkinmi?
  2. Bir oilada o'gilning qon guruhi I qon guruh, uning singlisiniki esa IV bo`lsa, ota-onasining qon guruhlarini aniqlang.
  3. Onaning qoni I qon guruh, otasining qoni II qon guruhiga ega. Bolalar ota yoki ona qon guruhiga ega bo'lishi mumkinmi?
  4. Ko'k ko'zli, II qon guruhli, geterozigota ayol va IV qon guruhli, qo'yko'z, geterozigota erkak nigohidan qanday genotipli farzandlar tug'iladi? (qo'yko'zlik ko'zning ko'k bo'lishi ustidan to'la dominantlik qiladi).
  5. Silliq sochli, III qon guruhli ayol, sochlari jingalak, II qon guruhli erkak bilan nikohidan I qon guruhli, sochi taram taram farzand tug'ilgan bo'lsa, bu oilada yana qanday qon guruhli farzandlar uchrashi mumkin?

Muallif: Muslimbek Hakimov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim