July 23, 2020

@masofatalim kanali tomonidan taqdim etilayotgan QuizBot testlarini ishlash uchun yo'riqnoma

1-qadam. Testlarni ishlash uchun, deb yozilgan linkka kirsangiz, quyidagi rasmdagi ko'rinish chiqadi. Keyin esa Start tugmasini bosing:

t.me/masofatalim

2-qadam. Start tugmasini bosganingizdan so'ng, Quyidagi rasmdagi ko'rinish chiqadi. "Пройти тест" yozuviga bosing.

t.me/masofatalim

3-qadam. "Пройти тест" yozuviga bosganingizdan keyin bot 3, 2, 1 ko'rinishida sanashni boshlaydi, ya'ni 3 sekunddan so'ng testlar sizga taqdim etiladi. Quyidagi rasmga qarang:

t.me/masofatalim

Testlarga vaqt cheklovi mavjud. Har bitta testga 3 daqiqa ichida javob belgilashingiz kerak. Belgilashga ulgurmasangiz, test avtomatik keyingi testga o'tib ketadi va belgilamagan testingizni ishlay olmagan, deb hisoblaydi. Bu kirish imtihonida vaqtdan unumli foydalanishingiz, vaqtni to'g'ri taqsimlashingiz uchun yordam beradi, albatta. Agar testlarga 3 daqiqadan avvalroq belgilasangiz, oxirida, testni yakunlaganingizdan so'ng, bot sizga 30 ta testni necha daqiqada ishlaganingizni, aynan ushbu testni ishlagan boshqa abituriyentlarni ham hisoblab, siz nechanchi o'rinda ekaningizni ham ko'rsatib beradi. Har bitta testga belgilagan javobingizni bot belgilashingiz bilan tekshirib beradi.

Quyidagi rasmga e'tibor bering (ushbu rasm yo'riqnoma tayyorlash uchun taxminan belgilangan):

t.me/masofatalim

Yuqoridagi rasmga ko'ra, 30 ta testdan 4 ta to'g'ri ishlangan, 26 ta xato ishlangan. 30 ta test 7 daqiqa-yu 26 sekundda ishlangan. Ushbu testni 1509 kishi ishlagan. Bular orasidan 802-o'rinni egallaganman.

❗️ Izoh: Testlarni muvafaqqiyatli boshlash uchun biz tomonimizdan ko'rsatilgam, Testlarni ishlash uchun, deb ko'rsatilgan havola orqali kirib, start tugmasini bosasiz. Agar QuizBot sizga tugallanmagan test mavjud, desa, /cancel tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi.

Yoshlarga masofadan turib sifatli va bepul ta’lim berishni maqsad qilgan «Masofaviy ta’lim» loyihasining rasmiy Telegram kanali.

Telegram manzil: https://t.me/masofatalim