March 29, 2020

Ingliz tilida fe'l shakllari

t.me/masofatalim

▪️ Keyingi mavzularga oʻtishdan oldin ingliz tilidagi asosiy fe’l shakllarini koʻrib chiqish lozim, chunki keyingi mavzularda fe'lning turli shakllari qo'llaniladi. Grammatik qoidalarda fe’lning ❗️ 4 ta shakli qoʻllaniladi.

1️⃣ Fe'lning noaniq shakli (Infinitive) fe’lning asosiy shakli boʻlib, zamonni va shaxsni koʻrsatmaydi, ya'ni hech qanday o'zgarish yoki qo'shimcha bo'lmaydi.
🔸 to play, to eat, to go, to think, to work

2️⃣ Past simple (verb II) fe’l shakli faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.
🔸 played, ate, went, thought, worked

3️⃣ Past participle (verb III) - fe’lning oʻtgan zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va qoʻllanadigan zamonlar va vaziyatlar juda koʻp.
🔸 played, eaten, gone, thought, worked

4️⃣ Present participle - fe’lining hozirgi zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va davomiy zamonlarda qoʻllaniladi.
🔸 playing, eating, going, thinking, working

💡Endi ingliz tilida eng muhim qoidalardan biri - fe'llarning to'g'ri (Regular) yoki noto'g'ri (Irregular) fe'llarga bo'linishini ko'rib chiqamiz.

▪️ Umumiy qoidaga koʻra, toʻg’ri fe’llar zamonlarda shu zamonga xos boʻlgan qoʻshimchalarni oladi, ya'ni ❗️ ularga qo'shimcha qo'shilishning bitta to'g'ri shakli bor. Masalan, oʻtgan (Past Simple) va hozirgi tugallangan zamonlarda (Present Perfect Simple) toʻg’ri fe’llarga “–ed” qoʻshimchasi qoʻshiladi. (worked, played, washed, wanted, dusted)

▪️ Notoʻg’ri fellar esa qaysi zamonda qoʻllanishiga qarab shakli oʻzgarib turadigan fe’llardir. Bu fe’llarning qanday qo'shimcha yoki shakl olishining ❗️ yagona qoidasi yoʻq. Ularni faqatgina yodlash yoʻli bilan oʻzlashtirish mumkin. (drive - drove - driven, eat - ate - eaten, do - did - done)

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim