May 12, 2020

First Conditional (Birinchi toifadagi shart ergash gaplar)

▪️ Mazkur turdagi gaplar if qatnashgan gap tarkibidagi shart amalga oshsa, kelajakda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
▪️ Odatiy qurilmasi: ▫️ IF + Present Simple Tense, EGA + will/shall+V1 (oddiy kelasi zamon)
🔸If he passes his exam, he will get a place at university. ( Agar u imtihondan oʻtsa, universitetga qabul qilinadi.)
🔸If it doesn't rain, we will go on a picnic.

💡Umumiy qoidaga ko'ra, mazkur toifadagi ergash shart gaplarda hozirgi zamonlardan xohlagan biri qo'llanishi mumkin, asosiy gapda esa xohlagan kelajakni bildiruvchi zamon yoki modal fe'llar bo'lishi mumkin.
🔸If you're coming out with us tonight, you will need to be ready by 7 oʻclock.
🔸If you have finished your homework, you may go home. (Agar uy vazifasini tugatgan boʻlsangiz, uyga ketishingiz mumkin.)

▪️ Shuningdek, mazkur toifadagi shart ergash gaplarda hokim gap buyruq gap shaklida ham bo'lishi mumkin.
🔸If you are ready, get your things and go back home.

▪️ Yuqoridagi misollarda gapning mazmuniga koʻra, asosiy gapdagi ish-harakatlar kelajakda haqiqatda sodir boʻlishi mumkin, shuning uchun ham first conditional - haqiqatga toʻg'ri keladigan vaziyatlar uchun qo'llaniladi.

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim