Used to+infinitiv qurilmasi

1. Mazkur qurilma o'tgan zamonda odat yoki takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi.
🔸I used to sleep a lot but I sleep less now. (Men avvallari ko'p uxlardim, lekin hozir kamroq uxlayman.)
🔸He used to smoke 40 cigarettes a day but he does not smoke now. (U avvallari kuniga 40 ta sigaret chekardi, lekin hozir chekmaydi.)

2. used to+infinitiv qurilmasi o'tgan zamondagi mavjud bo'lgan holatlar uchun ham qo'llaniladi.
🔸They used to be rich and they used to have five houses. (Ular boy edilar va beshta uylari bor edi)

💡Qo'llanish shakli:
▪️ Positive form
🔸Ega+used to+work
▪️ Negative form
🔸Ega+didn't use to+work
▪️ Question form
🔸Did+Ega+use to+ work

▪️ Misollar:
🔸The baby used to cry a lot. (Chaqaloq ko'p yig'lardi)
🔸I didn't use to like George but now we are close friends. (Men Jorjni yoqtirmasdim, lekin hozir biz yaqin do'stlarmiz)
🔸Did you use to live in a foreign country?

💡Yuqoridagi misollardan ko'rinayapdiki, used to+infinitiv qurilmasi bilan ifodalangan odat yoki holatlar hozirgi paytda sodir bo'lmaydi. 'used to+infinitiv faqat o'tgan zamon haqida ma'lumot beruvchi qurilma hisoblanadi.

⚠️ Mazkur qurilma faqat o'tgan zamondagi odat yoki takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi, bir marta bo'lib o'tgan ish-harakatlar uchun esa oddiy o'tgan zamon qo'llangani ma'qul.
🔸I used to go to the cinema a lot when I lived in London. (kinoga ko'p borardim…takroriy sodir bo'lgan ish-harakat)
🔸I went to the cinema yesterday. (kecha kinoga bordim…..bir marta sodir bo'lgan ish-harakat)

3. O'tgan zamonda takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlarni ifodalashda would+infinitiv qurilmasi ham qo'llaniladi.
🔸Whenever Tom got angry, he would just go out of the room. (Har safar Tomning jahli chiqqanda, u xonadan chiqib ketardi.)
🔸We used to live by the railway line. Every time the train passed, the whole house would shake. (Biz poyezd yo'li yonida yashardik. Poyezd har gal o'tganida, butun uy titrardi)

⚠️'used to+infinitiv' va 'would+infinitiv' qurilmasi bilan bir xil ma'no anglatsada, ularning qo'llanishi orasida ozgina farq bor. would+infinitiv qurilmasi qo'llanishi uchun biror vaziyatni yoki vaqtni bildiruvchi qo'shimcha gap kerak bo'ladi.
🔸We used to live by the railway line (vaziyatni bildiruvchi qo'shimcha gap). Every time the train passed, the whole house would shake.
🔸Whenever Tom got angry (paytni bildiruvchi qo'shimcha gap), he would just go out of the room.
▪️'used to+infinitiv' qurilmali gap yolg'iz o'zi ham qo'llanaveradi.
🔸He used to smoke 40 cigarettes a day.

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim