June 18, 2020

Infinitive bilan ishlatiladigan fe'llar

▪️ Quyidagi fe'llar o'zidan keyin kelgan fe'l to infinitive shaklida bo'lishini talab etadi. E'tiborlisi shuki, quyidagi fe'llarning ba'zilar turli ma'nolarga ega, lekin ro'yxatda aynan qaysi ma'nosida infinitiv talab qilishi keltirilgan. Masalan, to seek fe'lining asosiy ma'nosi qidirmoq, lekin harakat qilmoq ma'nosida o'zidan keyin infinitiv talab qiladi.

▫️ agree - rozi boʻlmoq, kelishmoq
▫️ appear* - koʻrinmoq
▫️ seek - harakat qilmoq
▫️ refuse - rad qilmoq, bosh tortmoq
▫️ seem* - koʻrinmoq, tuyulmoq
▫️ fail - uddasidan chiqolmaslik
▫️ promise - va'da bermoq
▫️ pretend* - -dek koʻrinmoq
▫️ beg - yalinmoq
▫️ threaten - tahdid qilmoq
▫️ afford - qurbi yetmoq
▫️ choose - tanlamoq
▫️ offer* - taklif qilmoq
▫️ forget* - unutmoq
▫️ expect* - kutmoq
▫️ attempt - harakat qilmoq
▫️ learn (how) - oʻrganmoq
▫️ need* - kerak boʻlmoq
▫️ manage - uddasidan chiqmoq
▫️ dare - jur'at qilmoq
▫️ wish - tilamoq
▫️ ask - soʻramoq
▫️ tend - moyil boʻlmoq
▫️ consent - rozi boʻlmoq
▫️ decide - qaror qilmoq
▫️ aim - moʻljallamoq
▫️ demand - talab qilmoq
▫️ plan - rejalashtirmoq
▫️ can't wait - juda xohlamoq
▫️ desire - istamoq
▫️ arrange - belgilamoq, rejalashtirmoq
▫️ hurry - shoshilmoq
▫️ hesitate - ikkilanmoq
▫️ hope - umid qilmoq
▫️ prepare - tayyorgarlik koʻrmoq ▫️ deserve - loyiq boʻlmoq ▫️ mean - niyatda boʻlmoq
▫️ strive - harakat qilmoq
▫️ struggle - kurashmoq
▫️ swear - qasam ichmoq
▫️ volunteer - koʻngilli boʻlmoq
▫️ claim - da'vo qilmoq
▫️ decline - rad etmoq
▫️ want* - xohlamoq
▫️ happen - ro'y bermoq
▫️ try* - urinmoq
▫️ care - qiziqmoq

▪️ Yuqorida yulduzcha* bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda alohida toʻxtalib oʻtiladi.

▪️ Misollar:
🔸As it was late, we decided to take a taxi home. (Kech boʻlganligi tufayli uyga taksida ketishga qaror qildik.)
🔸They agreed to lend me some money when I told them the position I was. (Men ularga qanday sharoitdaligimni aytganimdan keyin, ular menga qarz berishga rozi boʻlishdi.)
🔸He pretended not to see me as he passed by. (U yonimdan otganda oʻzini meni koʻrmaganlikka oldi.)
🔸The teacher was very strict. Nobody dared to talk. (Oʻqituvchi juda qattiqqoʻl edi. Hech kim gaplashishga jur'at qilolmasdi.)

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim