Mitoz va meyoz
Mitoz
Ko‘payish yoki o‘zini-o‘zi qayta tiklash – hujayraning nasl qoldirish qobiliyati.
Hujayraning yashash muddati tuzilishi va funksiyasiga bog‘liq. Masalan:
a) nerv va muskul hujayralari embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo'linmaydi;
b) suyak iligi, epidermis, ichak epiteliysi butun umri davomida bo‘linib ko‘payib turadi.
Hujayraning hayot sikli – bo‘linishdan hosil bo‘lgan yangi hujayraning nobud bo‘lishigacha yoki keyingi bo‘linishigacha bo‘lgan davri:
Hujayraning bo'linish turlari:
Mitoz sikli – hujayraning bo'linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz bosqichlarini davom etishiga aytiladi.
Hujayraning genetik tarkibi:
- n – xromosomaning gaploid to'plami belgisi;
- 2n – xromosomaning diploid to'plami belgisi;
- 4c – xromosomaning tetraploid to`plami belgisi;
- c – DNKning gaploid to'plami belgisi;
- 2c – DNKning diploid to'plami belgisi;
- 4c – DNKning tetraploid to'plami belgisi.
Interfaza – bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo‘lgan tayyorlanish davri.
Interfazaning 3 davri:
1) G1 davr – 2n 2c
- DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi:
- oqsil va RNKlar juda tezlik bilan sintezlanadi;
- DNK sintezida ishtirok etadigan fermentlarning faolligi ortadi;
- hujayra jadal o‘sadi.
2) S davr – 2n 4c
- DNK molekulasi ikki hissa ortadi;
- DNKning ikki hissa ortishi natijasida har bir xromosomada ikki barobar ko‘p DNK hosil bo‘ladi.
3) Sintezdan keyingi davr G2 – 2n 4c
- mitozga tayyorgarligini yakunlaydi.
Mitoz
- somatik hujayralarning ko'payish usuli;
- 4 bosqichdan iborat.
Biologik ahamyati
- har bir yangi hujayra bir xil xromosoma to‘plami va bir xil genlarga ega;
- genetik materialning yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsiflanadi;
- hosil bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid to‘plamga ega bo‘ladi;
- mitoz bo‘linishsiz ko‘p hujayrali organizmlarning to‘qima va organlaridagi ko‘p sonli hujayralarning tuzilishi va funksiyasining doimiyligini, irsiymaterialning bir xil bo‘lishini ta’min lashning iloji bo‘lmas edi.
Profaza – 2n 4c
- yadro kattalashadi;
- yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi;
- xromosomalar spiralga o‘ralib, kalta va yo‘g‘on holatga keladi;
- nofaol holatga o'tadi, mikroskopda aniq ko‘rinadi;
- yadrochalar yo‘qoladi;
- ikkita sentriola (54 + 54 mikronaycha) hujayra qutblari tomon tarqala boshlaydi;
- bo‘linish urchug‘i xromosomalarning qutblarga tomon tarqalishini ta’minlaydi;
- profazaning oxirida yadro qobig‘i parchalanadi;
- xromosomalar sitoplazmada erkin holda betartib joylashadi.
Metafaza – 2n 4c
- xromosomalarning spirallanishi davom etadi. Xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi;
- xromosomalar qutblardan bir xil masofada, ya’ni ekvator tekisligida bir tekis joylashadi;
- xromosomalar orasidagi masofa bir xil bo‘ladi;
- xromosoma sentromeralari qat’iy qonuniyat asosida ekvator tekisligida bir xil holatda joylashadi
- har bir xromosomaning xromatidlari bir-biridan itarilib, faqat birlamchi belbog‘ bilangina birikkan bo‘ladi;
- bo‘linish urchug‘i to‘liq shakllanadi;
- har bir xromosoma o‘z sentromerasi bilan bittadan bo‘linish urchug‘iga birikadi.
Anafaza – 4n 4c
- xromosoma xromatidlarini birlashtirib turuvchi belbog‘ uziladi;
- xromatidlar mustaqil xromosomaga aylanadi;
- sentromeraga birikkan bo‘linish urchug‘i mikronaychalari qisqarishi natijasida xromosomalarni hujayra qutblariga tomon torta boshlaydi.
Telofaza – 2n 2c
- mitoz jarayoni yakunlanadi;
- xromosomalar qutblarga to‘planadi;
- spirallari yoyila boshlaydi;
- yorug‘lik mikroskopda yaxshi ko‘rinmaydigan bo‘lib qoladi. yadro qobig‘i hosil bo‘ladi;
- yadrochalar qaytadan shakllanadi;
- sitoplazmaning ikkiga ajralishi (sitokinez) bo'ladi.
Sitokinez – sitoplazmaning ikkiga ajralishi. Bu 2 xil bo'ladi:
- Hayvonlarda – plazmatik membranadan botiq hosil bo'lishi bilan.
- O‘simliklarda – hujayraning o‘rtasida sitoplazmatik membrana paydo bo‘lib, hujayraning chetiga tarqala boshlaydi. Bunda hujayrani teng ikkiga bo‘luvchi ko‘ndalang to‘siq paydo bo‘ladi.
Meyoz
- jinsiy usulda ko‘payadigan organizmlarda o‘ziga xos bo‘linish usuli meyoz kuzatiladi;
meyoz so‘zining ma’nosi kamayish demakdir; - meyoz natijasida diploid to‘plamga ega bo‘lgan birlamchi jinsiy hujayralardan gaploid to‘plamli jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi;
- meyoz ketma-ket keladigan ikkita bo‘linish bosqichlaridan iborat;
- har bir meyoz bo‘linish xuddi mitoz singari to‘rt bosqichga: profaza, metafaza, anafaza, telofazaga bo‘linadi;
- ularni farq qilish uchun birinchi bo‘linish fazalari oldiga I, ikkinchi bo‘linish fazalari oldiga II raqami qo‘yiladi.
Interfaza – bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo‘lgan tayyorlanish davri.
Interfazaning 3 davri:
1) G1 davr – 2n 2c
- DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi;
- oqsil va RNKlar juda tezlik bilan sintezlanadi;
- DNK sintezida ishtirok etadigan fermentlarning faolligi ortadi;
- hujayra jadal o‘sadi.
2) S davr – 2n 4c
- DNK molekulasi ikki hissa ortadi;
- DNKning ikki hissa ortishi natijasida har bir xromosomada ikki barobar ko‘p DNK hosil bo‘ladi.
3) Sintezdan keyingi davr G2 – 2n 4c
- mitozga tayyorgarligini yakunlaydi.
Profaza I (2n 4c)
- xromosomalar spirallasha boshlaydi;
- har bir xromosoma ikkita xromatiddan iborat bo‘lib, sentromera yordamida birikkan bo‘ladi;
- yadro qobig‘i parchalanadi;
- yadrochalar yo‘qolib ketadi;
- konyugaysiya – gomologik xromasomalarning ozaro yaqinlashishi. Bir xromatidning har bir qismi ikkinchi xromatidga aniq mos tushadi;
- krossingover – gomologik xromasomalarning oxshash qismlari almashinishi. Profaza oxirida gomologik xromosomalar bir-biridan ajrala boshlaydi.
Metafaza I (2n 4c)
- xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi;
- konyugatsiyalashgan xromosomalar juft-juft holat da ekvator tekisligi bo‘ylab joylashadi;
- sentromeraga bo‘linish urchug‘i birikadi.
Anafaza I (2n 4c)
- gomologik xromosomalarning yelkalari bir-biridan aniq ajraladi;
- xromatidlarga ajralmay qutblarga tomon harakatlana boshlaydi.
Telofaza I (n2c)
- xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo‘ladi;
- qisqa vaqt ichida yadro qobig‘i hosil bo‘ladi.
Interkinez (n 2c)
- Interkinez – Qisqacha aytganda, bu hujayraning dam olish davri. DNK reduplikatsiyalanmaydi.
- Birinchi bolinish natijasida: har bir hujayrada gaploid toplam bo`lladi lekin undagi ota-ona xromasomalari soni teng boaydi.
- Xromosomalarning tarqalishi anafaza I da turli xil variantlarda amalga oshadi.
Misol uchun: ulardan bittasida 3 ta ota organizm xromosomasi va 20 ta ona organizm xromosomasi bo‘lishi mumkin, boshqasida 10 ta otalik va 13 ta onalik yoki boshqacha holatlarda xromosomalar tarqalishi mumkin.
Muallif: Muslimbek Hakimov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.