April 6, 2020

"Masofaviy ta'lim" loyihasi haqida bildirilgan fikrlar

🖋 Mich nomli foydalanuvchi:

Assalom aleykum. Men Farg'onaning Beshariq tumanidanman. Bizda internet juda sekin. Koronavirusinfo kanalida korib sizlarga qoshildim. Alloh barchangizdan rozi bo'lsin juda zor barchasi. Repetitorimiz karantin sabab darsni toxtatgandi. ammo sizlarni masofatalim kanalizdan bilim organa olyapmiz. Barchelarga rahmat. Juda savob ish qilyapsizlar. Tashkilotchilardan, ustozlardan Alloh rozi bo'lsin. Iltimos ingliz tilidan testlar ham berib borilar. Kattaaa rahmat

🖋 Khurshida Kurbonova nomli foydalanuvchi:

Juda ham foydali, nafaqat maktab o’quvchilari balki uy bekalari ham o’qishi bilimini oshirishi va shu bilan birgalikda o’z farzandlariga uy sharoitida sifatli ta’lim berishi mumkin. Men buni karantin davri tugagandan keyin ham mukammallashtirishni va davom ettirishni qullab quvvatlayman.

🖋 Anvar Fayzullayev nomli foydalanuvchi:

Bu kanal faoliyati nafaqat karantin paytida balki boshqa vaqtda ham davom etishi kerak!

🖋 DOVUDXON nomli foydalanuvchi:

Assalomj alaykum hurmatli kanal ijodkorlari.Masofaviy talim kanali faoliyati zo'r.Ishlaringizni ribojini bersin.Men nemis tili fani o'qituvchisi sifatida kanalda Nemis tili faniga oid bo'lgan yangiliklar malumotlar testlar video dars va boshqa dars uchun kerakli metodlardan ham berib borishlaringizni iltimos qilgan bo'lardim

🖋 Мухаббат Чориева nomli foydalanuvchi:

Assalomu alaykum! Sizlarni qo'llab-quvvatlayman.Albatta, eng qulay va tezkor usullarda bilim berish yo'llarini topishda sizga yordam berishga tayyormiz. Omad yor bo'lsin!

🖋 Aliy Jumabaev nomli foydalanuvchi:

Жуда тогри иш бопти.Хаммага рахмат.Аллох рози болсын шу ишни бошлаганларнинг барисига!!!!

🖋 Unknown nomli foydalanuvchi:

Assalomu aleykum. Tayyorlangan materiallar hawiwatdan ham ajoyib to'liq va tuwunarli, wunaqa kunda ozilani korsatib yordam bervotganiladan judayam hursandman, mavzularni ko'paytirilani sorab qolardi

🖋 𝓑𝓸𝓽𝓲𝓻𝓫𝓮𝓴 | 𝕌𝕪𝕕𝕒 𝕢𝕠𝕝𝕚𝕟𝕘! nomli foydalanuvchi:

Assalomu aleykum bunday imkoniyat uchun rahmat! Masofaviy taʼlim tizimi yaxshilash uchun mening fikrimcha avvalo internet tezligini oshirish zarur va uning narxini (Mb turlarini) ommabop qilib xalqning cho'ntagiga mos ravishda narxini malum bir miqdorda (ko'zga ko'rinadigan darajada) tushirish kerak.

🖋 Гули nomli foydalanuvchi:

Сизларни бу илм йулидаги харакатларларингиз,фарзандларимиз учун бераётган таълимларингиз,келажакда уз мевасини беради.Узбекистонимизни ривожланишига уз хиссасини кушадиган ёшлар булишади,ана шундай содда усулда етказишни иложини килаверинглар.

🖋 Yusuf Abdullayevich nomli foydalanuvchi:

Assalomu alaykum. Zo'r loyiha bo'limdi. O'zim talabaman. Universitetimda onlayn dars, deydi, vebinar dars, deydi, sayt, deydi, lekin hali brortasi tuzukroq ishlamadi. Universitetga kontraktni vaqtida to'lab qo'ydik. Lekin universitet eplab bilim yetkazib berolmayapti. Sizlarni kanalingzini yaqinda kuzatishni boshladim. Deyarli barcha postlarni ko'rib chiqdim. Ajoyib. IELTS o'rganishni sizlarning kanalingizdan boshladim. Tushunarli bo'lyapti. Butun boshli Universitetim eplolmagan masofaviy ta'limni bitta sizlarning Telegram kanalngiz uddalab qo'yibdi. Gap yo'q, charchamanglar. Allohn rozi bo'lsin.

🖋 Fancyboy Jollygirl nomli foydalanuvchi:

Assalomu alaykum! Sizlarga juda katta rahmat. Qizim ingliz tilini o'rganayotgan edi. Shunga onatili va ingliz tilidan testlar ham quysangizlar. Yana bir bor rahmat

🖋 ! nomli foydalanuvchi:

Ассаламу алайкум! Менга бу лойиҳа жуда ёқди. Ўзим инглиз тилини ўрганаётган эдим. Сизлардаги инглиз тили дарсларини мустаҳкамлаш учун жуда фойдали бўлади, деб ўйлайман. Биология дарсларини ҳам кузатиб боряпман. Инсон тузилиши ҳақидаги маълумотлар мен учун қизиқ. Агар иложи бўлса, араб тилидан ҳам дарслар қўйиб борилса, дегандим. Раҳмат сизларга. Хайрли ишларингиз бардавом бўлишини сўраб қоламан. Саломат бўлинглар!

🖋 Anvar Fayzullayev nomli foydalanuvchi:

Assalomu aleykum, kanal juda zo'r, maktabda o'qishga eringan fanlarimni endi o'rganiyabman)) Aniq fanlardan ko'proq darslar bo'lsa zo'r bo'lardi shu jumladan informatika darslari. Agar iloji bo'lsa kanalga o'z hissamni qo'shish niyatidaman, video va fotolarni maxsus programmalarda tahrirlab beraolaman, xizmat beminnat!

🖋 G.Nuriddinova nomli foydalanuvchi:

Assalomu aleykum, matematika ustozimiz tushuntirishlari tahsinga loyiq! Tashakkur! Yana bir iltimos, o‘tilgan mavzudan keyin anonim savolnoma, test, viktorinalar tashkil etib borilsa, xursand bo‘lardik.

🖋 Fira nomli foydalanuvchi:

Kanalni doim kuzatib boraman. Sizlarda chiqadigan materiallarni intizorlik bilan kutaman. Loyiha juda zo'r. Faqat sizlrdan iltimos, bu loyiha karantindan keyin ham davom etishini ta'minlanglar, rahmat.

🖋 Gulnoza Qo'chqarova nomli foydalanuvchi:

Assalomu alaykum loyiha ijodkorlari.Menga ham bu loyiha yoqdi.Bilimlarimizni sinash va boyitish u.n juda zo'r imkoniyat .Ishlaringizga rivoj tilayman.

🖋 MUSTAFO BEK nomli foydalanuvchi:

Shu og'ir sinovli kunlarda, barcha ta'lim dargohlari yopilgan vatqda Yoshlar ittifoqining ushbu masofaviy talim loyihasiga qo'l urgani tahsinga loyiq. Mana bo'larkan-u, Yoshlar ittifoqi bosinglar gazini. Ta'limdan foyda. Insoniyatni faqat bilim, bilim, va yana bilim qutqaradi. KArantindan keyin ham to'xtatamay davom ettiringlar faqat!!!!!!!

🖋 Akrom Holmatov nomli foydalanuvchi:

Hozir nimaga talab katta, albatta ingliz tili va IELTSga talab katta. Shu ikkisining materialiga ko'proq urg'u beringlar, iltimos!!! Loyiha zor. Alloh rozi bolsin

🖋 Botir Kenjayevich nomli foydalanuvchi:

Bu yoda ta'lim olish uchun shunde zor loyiha qilishadi. Lek bizda trafiklar qimmatligi, internetdan ta'lim uchun bolsayam bemalol foydalana olmasliging alam qiladi... Lekin ushbu loyiha ijodkorlari imkon qadar yoshlarga qulay usulni taqdim qilishgan. teletype orqali bitta post tayyorlash ancha mehnat oladi. Yoshlar uchun erinmasdan shuncha material tayyorlayotgan oqituchilar va loyiha ijodorlaridan Alloh rozi bo'lsin

🖋 wwwwww nomli foydalanuvchi:

Hurmatli kanal adminlari, loyiha mualliflari! Bir narsa aniq: karantindan keyin tibbiyot, ta'lim va IT sohasiga katta e'tibor qaratiladi, nazarimda. Hozir bizda ta'lim vazirliklari rasmiyatchilik uchungina bir nimalar qilyapmiz, deb baralla jar solyapti. Lekin hech baloni qoyillatishmadi ham, eplashmadi ham!!! Oliy ta'limni va Xalq ta'limi vazirligini tanqid qilaman, desa gap kop. Mayli, optimist bolamiz. Shu loyihani kuchaytiringlar yanada. Bizni, O'zbekistonni faqatgina shu ta'lim, bilimli, aqlli kadrlar qutqaradi. Ilmlilar doim g'olibdir. Loyihaga omad!!! Yoshlar ittifoqi ushbu loyihaning boshida turgani uchun, yoshlar ta'lim olishi uchun shunchalik qulay imkon yaratgani uchun respect!!! Alloh barchangizdan rozi bo'lsin!

Ushbu fikrlarning barchasi "Masofaviy ta'lim" Telegram kanalimizda e'lon qilingan ushbu post (https://t.me/masofatalim/40) ostiga yozilgan izohlardan to'plandi.

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim