Tarix fanidan maxsus 30 talik test
1. Suratda ko’rsatilgan davlat arbobi qaysi hududda asos solingan davlat hukmdori bo’lgan?
A) Shimoliy Galliyada
B) Bolqon yarim orolida
C) Vltava daryosi havzasida
D) Gnezno atroflarida
2. Qaysi Xiva xoni davrida Xorazm maqom va musiqa maktabi yanada rivojlangan?
A) Muhammad Aminxon
B) Muhammad Rahim I
C) Said Muhammadxon
D) Muhammad Rahim II
3. Birinchi (a) va ikkinchi (b) ingliz-afg`on urushlari boshlangan davrda Afg'oniston hukmdorlari kim bo’lgan?
A) a) Do’stmuhammadxon, b) Yoqubxon
B) a) Sheralixon, b) Abdurahmon
C) a) Do'stmuhammadxon, b) Sheralixon
D) A) Ahmadshoh, b) Sheralixon
4. Buxoro amirligidagi qaysi harbiy unvon o’sha davr Rossiya harbiy unvonlariga taqqoslaganda polk sardori mavqeiga teng bo’lgan?
A) Parvonachi
B) To’qsoba
C) Dodxoh
D) Pansodboshi
5. Yorug`likning elektromagnit nazariyasini isbotlagan olimni aniqlang.
A) P. N. Lebedev
B) G. Gers
C) A. S. Popov
D) Maksvell
6. XVI – XVII asrlardagi ... miniaturasi jahon mumtoz san`atining eng yuksak namunalaridan hisoblanadi.
A) Eron
B) hind
C) koreys
D) turk
7. Quyidagi manzilgohlarning qasi biri Kushon podsholigi tarixiga oid emas?
A) Fayoztepa manzilgohi
B) Qal`aliqir manzilgohi
C) Surxko’tal manzilgohi
D) Ayritom manzilgohi
8. Quyidagi olimlar meditsina sohasida qanday yutuqlarga erishganligini to’g`ri belgilang.
1) R. Virxov; 2) K. Eber; 3) F. Lesh; 4) F. Lyotler.
a) ichterlama mikrobini aniqlagan; b) bo’g'ma tu'gduruvchi mikrobni aniqlagan; c) hozirgi zamon patologik anatomiya faniga asos solgan;
d) amyoba dizenteriyasini tug'diruvchi mikrobni aniqlagan.
A) 1-d, 2-c; 3-b, 4-a
B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-d, 2-c; 3-b,4-b
D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
9. Quyidagi allomalardan respublikamizda yubileylari ayni bir yilda nishonlanganlarini aniqlang.
A) Jaloliddin Manguberdi, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq Qarg`aboy o’g`li
B) Ahmad al-Farg`oniy, imom al-Buxoriy, Ajiniyoz Qasiboy o’g`li
C) Burhonuddin Marg`inoniy, Abu Mansur al-Motirudiy, Kamoliddin Behzod
D) Mahmud az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband
10. 1979-yili qaysi davlatlarda davlat to’ntarishlari yuz bergan edi?
A) Eron va Efiopiya
B) Angola va Af`goniston
C) Nikaragua va Kuba
D) Eron va Nikaraguada
11. Mali aholisi islom dinini qabul qilgan asrda barham topgan davlatni aniqlang.
A) Parxe qirolligi
В) Qoraxoniylar davlati
С) Aksum podsholigi
D) Xitoydagi Sun sulolasi
12. “Turkiston o'lkasi boshqa o'lkalarga nisbatan tarixiy o'tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e'tibor berilishini talab qiladi”, degan fikrlar kimga tegishli?
A) K. Palen
B) fon Kaufman
C) G. Girs
D) S. M. Duxovskiy
13. Quyidagilardan qaysilari rimlik tarixchilar ekanligini aniqlang.
1) Gerodot; 2) Tit Liviy; 3) Tatsit; 4) Arrian;
5) Plutarx; 6) Kursiy Ruf; 7) Strabon.
A) 3, 4, 6, 7
B) 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 5
D) 4, 5, 6, 7
14. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimida faoliyat yuritgan qaysi davlat arbobi davrida O’zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila boshlangan, islom diniga erkinliklar berilgan edi?
A) Sobir Kamolov
B) Nuriddin Muhiddinov
C) Amin Niyozov
D) Sharof Rashidov
15. AQSHda 1913-yili yuz bergan konchilarning ish tashlashida ilgari surilgan talablarni aniqlang.
A) 8 soatlik ish kunini joriy etish va ish haqini oshirish
B) haftasiga besh kunlik ish kuni joriy etish, sug`urta to’lovi joriy etish
C) pensiya yoshini 60 yoshga tushirish, ish haqini oshirish
D) 8 soatlik ish kunini joriy etish, pensiya yoshini qisqartirish
16. Quyidagi qaysi voqealar bir yilda sodir bo'lgan?
A) Qo’qon xonligiga jung`orlar hujum qildi; Isaak Nyuton vafot etdi.
B) AQSHda Avraam Linkoln prezidentlik saylovlarida g`alaba qozondi; amir Nasrullo Qo’qon xonligini bosib oldi.
C) Amir Haydar davrida Miyonqol qo’zg'oloni ko'tarildi; Napoleon I Bonopart vafot etdi.
D) Buxoro taxtiga amir Nasrullo o’tirdi; Buyuk Britaniyada chartistlar harakati tashkil topdi.
17. XVII asrda bo’lib o’tgan “O’ttiz yillik urush” natijasiga ko’ra, a) … ning b) …dan mustaqilligi tan olindi.
A) a) Gollandiya, Avstriya
B) a) Gollandiya, b) Ispaniya
C) a) Shvetsiya, b) Ispaniya
D) a) Daniya, b) Prussiya
18. XIX asr ikkinchi yarmida qoraqalpoq tumanlarini iqtisodiy jihatdan birlashtirgan bozor markazi qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Chimboyda
B) Nukusda
C) Xo'jaylida
D) Mang`itda
19. Mo'g'ullar hukmronligi davrida 1/10 hajmda undirilgan dehqonchilik solig`ini aniqlang.
A) shulen
B) qopchur
C) kalon
D) targ'u
20. XVI asrning 40-yillarida Shayboniylar davlatida yuz bergan siyosiy parokandalik davrida Iskandarxon qaysi viloyatlarda amalda mustaqil hukmron bo’lib olgan?
A) Toshkent va Turkiston
B) Maymana va Karmana
C) Balx va Badaxshon
D) Karmana va Miyonqol
21. Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston teatrlarida sahnalashtirilib, namoyish etilgan "Mahmud Tarobiy" pyesasining muallifini aniqlang.
A) Maqsud Shayxzoda
В) Oybek
C) Sadriddin Ayniy
D) Hamid Olimjon
22. Sharof Rashidovning mazkur haykali qachon va qaysi shaharga o’rnatilgan?
a) 2016-yil;
b) 2017-yil;
c) 2018-yil.
1) Toshkent shahrida;
2) Samarqand shahrida;
3) Jizzax shahrida.
A) a-1
B) b-1
C) c-2
D) b-3
23. O'zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilgan yili sodir bo'lgan voqeani aniqlang.
A) Shimoliy Afrika nemis-italyan fashistlaridan to’la ozod qilindi.
B) G`arbiy Yevropada “Ikkinchi front” ochildi.
C) AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo’shildi.
D) SSSR o’z hududini nemis-fashist qo’shinlaridan to’la ozod qildi.
24. Respublikamizning yangi tarixiga oid quyidagi voqealarning qaysi bir nisbatan keyinroq yuz bergan?
A) Toshkentda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” tashkil etildi.
B) “Umid” jamg'armasi faoliyat yurita boshladi
C) Davlat test markazi tashkil etildi.
D) Toshkentda “Motamsaro ona’’ haykali barpo etildi.
25. Rus sayyohlari tomonidan kashf etilgan Osiyoning eng shimoliy nuqtasini aniqlang.
A) Kamchatka yarim oroli
B) Bering bo’g`ozi
C) Chelyuskin burni
D) Chukotka yarim oroil
26. Amir Temur markazlashgan davlat tuzish faoliyatida aholining qaysi tabaqalariga tayanadi?
1) chorvadorlar; 2) oqsoqollar; 3) dehqonlar; 4) harbiylar;
5) savdogarlar; 6) ziyolilar; 7) shahar hunarmandlari.
A) 2, 4, 5, 7
B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 3, 6, 7
D) 3, 4, 5, 7
27. Mulla Olim Maxdum Hojining "Tarixi Turkiston" asarida O’rta Osiyoning … bo'lgan voqealari yilnomasi bayon etilgan.
A) XV asrdan to XIX asr oxirlarigagacha
B) qadimgi davrdan to XX asr boshlarigacha
C) islom dini vujudga kelishidan to XIX asr oxirigacha
D) mo’g`ullar bosqinidan to XX asr boshlarigacha
28. Xitoydagi Tan imperiyasi Gaochan davlati ustidan g`alaba qozonganidan so’ng qaysi xalqqa qarshi uzoq yillar davom etgan urushlar boshlanadi?
A) mo’g`ullarga qarshi
B) uyg’urlarga qarshi
C) koreyslarga qarshi
D) turklarga qarshi
29. 1) Qadimgi va 2) Yangi Bobil davlatlarining zavolga yuz tutishi kimlarning bosqini bilan bog`liq?
A) a) kassitlar, b) “dengiz xalqlari”
B) a) giksoslar, b) forslar
C) a) kassitlar, b) forslar
D) a) ossuriylar, b) makedonlar
30. Respublikamizning 2017-2021-yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasidagi qizil rang qaysi ustuvor yo’nalishni anglatadi?
A) davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
B) xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlik, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
C) iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
D) ijtimoiy sohani rivojlantirish
Tuzuvchi: “Abituriyent” gazetasi eksperti Asliddin Abdanov Telegram manzili: @moziyuz
Ushbu testlar "Masofaviy ta'lim" Telegram kanali uchun maxsus Asliddin Abdanov tomonidan tuzilgan. Testlarning javobi keyingi sonda beriladi.
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.