March 31, 2020

Present Perfect Simple tense va uning qo'llanishi

t.me/masofatalim

▪️ Present Perfect Simple - hozirgi tugallangan oddiy zamon - oʻtgan zamon va hozirgi zamon orasidagi bog'liqlikni koʻrsatish, oʻtgan zamonda sodir boʻlgan va natijasi hozirda ayon boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

▪️ Bu zamonning qolipi have/has yordamchi fe'llari + Past Participle (verb III) yoki -ed qoʻshimchasi qoʻshilgan asosiy fe'ldan yasaladi.

▪️ Positive form:
🔸I have eaten/ worked.
🔸He/she/it has eaten/ worked.
🔸We/you/they have eaten/worked.

▪️ Negative form:
🔸I have not eaten/ worked.
🔸He/she/it has not eaten/ worked
🔸We/you/they have not eaten/worked.

▪️ Question form:
🔸Have I eaten/ worked?
🔸Has he/she/it eaten/ worked?
🔸Have we/you/they eaten/worked?

Misollar:
🔸Tom has bought a new car. Look, he is driving it to work. (Tom yangi mashina sotib olibdi. Qarang, u uni ishiga haydab ketmoqda)
🔸I have never been to Bahamas. It is my lifelong dream. (Men Bagam orollarida bo'lmaganman. Bu mening bir umrlik orzuim.)

Present Perfect Simple tense qo'llanish holatlari

▪️ Qoʻllanish holatlari:

1️⃣ Yaqin oʻtmishda sodir boʻlgan va hozirga aloqador boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ahamiyatli jihati, bu yerda ish-harakat yoki voqeaning qachon boʻlib oʻtganligining ahamiyati yoʻq.

▪️ Masalan, yangiliklar yoki xabarlarni yoritishda bu zamonning qoʻllanishiga e'tibor beramiz.
🔸Have you heard the news? Tom and Jill have got married. (Yangilikni eshitdingizmi? Tom va Jil turmush qurishdi.)
🔸A French yachtsman has broken the record for sailing round the world single-handed.
🔸The film star Jim Cooper has died of cancer at the age of 56. (Film yulduzi Jim Kuper saraton kasalligidan 56 yoshida vafot etdi.)

2️⃣ Oʻtgan zamonda sodir boʻlgan va natijasi hozirda ayon boʻlgan ish-harakatlar uchun ham qoʻllaniladi.
🔸My car is clean. I have just washed it. (Mashinam toza. Men uni hozirgina yuvdim.)
🔸He cannot walk very fast. He has hurt his leg.

💡Yuqoridagi qoidalarda qoʻllaniladigan payt ravishlarini koʻrib chiqamiz:
▫️ already ▫️ recently ▫️ lately ▫️ just ▫️ yet ▫️ today ▫️ this week ▫️ this month ▫️ this year ▫️ in the last/in the past few days/weeks…

▪️ already - allaqachon, just - hozirgina payt ravishlari gapda asosiy va yordamchi fe'l orasida qoʻllaniladi.
🔸I have already done my homework.
🔸He has just come.

▪️ lately, recently, yet va yuqoridagi boshqa payt ravishlari odatda gap oxirida qoʻllaniladi.
🔸Have you seen Tom recently?
🔸Tom hasn't found a job yet.

💡yet darak gapda qo'llanilgandan hali degan inkor ma’noda qo'llaniladi, bunda asosiy fe’l infinitiv (to learn) shakliga oʻtadi.
🔸John has yet to learn the material. (= John hasn’t learned the material yet.)

3️⃣ Hozirgi tugallangan zamon oʻtgan zamondan hozirgacha davom etib turgan muddat ichida sodir boʻlgan, ba’zan hozirgacha davom etayotgan ish-harakatlar uchun ham qoʻllaniladi.

▪️ Misol sifatida biror shaxsning hayoti davomida qilgan ishlarini koʻrsatish mumkin.
🔸Sarvar has been to England many times. (Sarvar Angliyada koʻp marotaba boʻlgan.)
🔸He has never ridden a horse. ( U hech qachon ot minib koʻrmagan.)
🔸Has he ever met a famous person?

💡 Yuqoridagi qoida ish-harakatning qachon sodir boʻlib oʻtganligini koʻrsatmaydi, ya'ni hozirgi tugallangan zamon biror ish-harakat sodir boʻlgan yoki boʻlmaganligini koʻrsatadi, xolos.

▪️ Ushbu qoidada qoʻllaniladigan payt ravishlarini koʻrib chiqamiz.
▫️never ▫️ever ▫️never … before ▫️until now ▫️so far ▫️up to now ▫️always ▫️the first/second/third time ▫️all my/her/his life
▪️Misollar:
🔸We are travelling across Europe. We have visited 5 countries so far.
🔸Have you ever eaten sushi? No, I have never had it.
🔸Tom is very nervous. It's the first time he has driven a car.
🔸He has always wanted to go to the Moon on a space-ship.

▪️ Agar ish-harakat qachon sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsangiz, oʻtgan zamondagi fe'lni (past simple tense) qoʻllash kerak boʻladi.
🔸He has been to England many times. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilmagan)
🔸He went to England in 1996. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilgan)

▪️ Bu zamon umrimizda yoki biror muddat ichida bir necha marta takrorlangan ish-harakatlar uchun ham ishlatiladi. Bunda once - bir marta, twice - ikki marta, three times - uch marta soʻzlari qoʻllaniladi.
🔸I have been to England three times.
🔸Jill has been late twice this week.

▪️Sifatning orttirma darajasi bilan hozirgi tugallangan zamon ishlatiladi.
🔸This is the best meal I've ever eaten.

Muallif: Khamdambek Atajonov

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim