Nafas olish sistemasi
Nafas olish organlariga - burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi
Burun bo'shlig'i
- To'siq bilan ikkiga bo'lingan.
- Ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan.
- Ichki yuzasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan.
- Ichki yuzasida mayda bezchalar bo'lib, ulardan havoni tozalash vazifasini bajaruvchi shilimshiq suyuqlik ajraladi.
Hiqildoq
- IV—VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan.
- Havo o'tkazuvchi nafas yo'li.
- Tovush hosil qiladigan ovoz apparati.
- Ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat.
- Devori esa tog'ay va muskullardan tashkil topgan.
- Ichki qavatining o'rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan.
Kekirdak (traxeya)
- VI—VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib, V ko'krak umurtqasi ro'parasigacha davom etadi
- 9—13 sm gacha yetadi.
Bronxlar
- V ko'krak umurtqasi ro'parasida kekirdakning ikkiga (o'ng va chap bronxlarga) bo'linishidan hosil bo'ladi.
- Bronxlar daraxt singari o'pkaga kirib shoxlanadi.
Kekirdak va bronxlar nafas yo'li hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o'pka alveolalariga o'tkazadi.
O'pka
- Bir juft bo'lib (o'ng va chap o'pka), konussimon tuzilgan.
- O'ng bo'lak 3 qismli, chap bo`lak 2 bo`lakli.
- O'pkaning o'rtasida: kekirdak, qizilo'ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan.
- O'pkalar pastdan: diafragma bilan chegaralangan.
- O'pkalar orqadan: umurtqa pog'onasi bilan chegaralangan.
- O'pkalar oldingi tomondan: to'sh suyagi va atrofidan qovurg'alar bilan chegaralangan.
O`pka alveolalari
- Gaz almashinuvi jarayoni kechadi.
- Devori bir qavatli epiteliy to'qimasidan iborat
- Atrofi mayda qon tomirlari — kapillarlar bilan to'rsimon shaklda o'ralgan.
- Soni ikkala o'pkada 750 mln. atrofida bo'ladi.
- Umumiy sathi 100 m^2.
Plevra pardasi
- O'pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o'ralgan.
- U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo'lib, ular orasida torgina plevra bo'shlig'i hosil bo'ladi.
- Plevra bo'shlig'idagi bosim atmosfera bosimidan Past Bo'lib, u nafas olib-chiqarishda o'pkaning kengayib torayishiga qulaylik tug'diradi.
Ovoz apparati
- Baland gapirganda yopiq holatda, pichirlab gapirganda yarim ochiq holatda, jim turganda uchburchak shaklda ochiq holatda bo'ladi.
- Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga bog'liq.
- Ayollarda ularning uzunligi o'rtacha 18—20,
- Erkaklarda 20—22 millimetr.
NAFAS HARAKATLARI
Nafas olish
- qovurg'alarning ko'tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta'minlanadi.
a) qovurg'alarning ko'tarilishi: bo'yin va tashqi qovurg'alararo muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi.
b) diafragmaning pastga tushishi: uning muskullari qisqarishi natijasida sodir bo'ladi.
Nafas chiqarish
- ichki qovurg'alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta'minlanadi.
a) ichki qovurg'alararo muskullar qisqarganda qovurg'alar pastga tushadi.
b) qorin muskullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko'tariladi.
O'pkaning tiriklik sig'imi.
Nafas havosi – 500 ml.
- Tinch turganda tashqi muhitdan olinadigan 500 ml havo.
- Qo`shimcha havo - 1500.
- Tinch nafas olgandagi 500 ml nafas havosining ustiga o'pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo'shimcha havo).
Rezerv havo – 1500 ml.
- Odam tinch nafas chiqarishdan so'ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqarsa, o'pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (zaxiradagi havo).
O`pkaning tiriklik sig`imi.
500 ml + 1500 ml + 1500 ml = 3500 ml
- Erkaklarda o'pkaning tiriklik sig'imi 3500 – 4500 ml gacha bo'ladi.
- Ayollarda o'pkaning tiriklik sig'imi 3000 – 3500 ml gacha bo'ladi.
O'pkalar ventilatsiyasi.
1) Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 16 –18 marta nafas oladi.
2) Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi o'pkaga kiradi.
3) O'pkaning minutlik ventilatsiyasi 8 – 9 litrga teng. Masalan, bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o'pkaga 500 ml havo kiradi: 16 × 500=8000 ml.
O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi.
Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi
Olinadigan havo:
1) 20,94% kislorod,
2) 0,03% karbonat angidrid,
3) 79,3% azot bo'ladi.
Chiqariladigan havo tarkibida:
1) 16,3% kislorod,
2) 4% karbonat angidrid,
3) 79,7% azot bo'ladi.
Turli muhit sharoitida nafas olish.
Atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo'lganida, odam organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar, jumladan, nafas olish jarayoni ham normal o'tadi. Havo bosimining pasayishi yoki ko'tarilishi nafas olish jarayoniga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Gipoksiya kasalligining belgilari:
- nafas olish va yurak urishi tezlashadi, bosh og'riydi, ko'z tinadi, ko'ngil ayniydi.
- agar bunda zarur miqdorda kislorod yetkazib berilmasa, u hushini yo'qotishi mumkin.
Tog'li joylarda yashovchi odamlar shu sharoitga moslashgan bo'ladi. Ularning qonida eritrotsitlarning soni ko'p bo'ladi.
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya'ni suv ostida, chuqur g'orlarda odam qoni tarkibida, to'qima va hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori ko'payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan holda miyaning qon tomirlarida to'planadi.
Kesson kasalligining belgilari:
- agar odam bunday sharoitdan juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga o'tsa, erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qoladi;
- bunda odamning boshi aylanadi, ko'ngli aynib qusadi, hamma bo'g'imlarida va belida og'riq paydo bo'ladi, ba'zan hushini yo'qotishi mumkin;
Kesson kasalligida yordam berish uchun bemorni yana suv ostiga yoki yuqori bosimli boshqa joyga (maxsus kameraga) o'tkazish kerak.
Nafas olishning boshqarilishi.
Odam turli holatda bo'lishiga qarab, nafas olish va chiqarish harakatlari, nafasning yuzaki va chuqur bo'lishi avtomatik holda o'zgarib turadi. Bu bog'lanish nerv va gumoral yo'l bilan boshqariladi
Nafas olishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi.
Uzunchoq miyada nafas markazi joylashgan.
- Orqa miyaning bo'yin qismida diafragma harakatini boshqaruvchi nervlarning markazi joylashgan.
- Orqa miyaning ko'krak qismida qovurg'alararo muskullarning faoliyatini boshqaruvchi nervlar markazi joylashgan.
Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har 4 – 5 sekundda ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning bo'yin va ko'krak qismiga yuboriladi , natijada nafas olish va chiqarish jarayoni avtomatik ravishda boshqariladi.
- Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi bosh miya katta yarimsharlari po'stlog'ida joylashgan.
- Bu oliy nerv markazi orqali odam nafas olishni ma'lum vaqt davomida ixtiyoriy ravishda to'xtatib turishi mumkin.
- Bu markazda nafas olish shartli reflekslari hosil bo'ladi.
Nafas olishning gumoral boshqarilishi.
Faqatgina nafas olishning gumoral boshqaruvida gormonlar ishtirok etmaydi.
- Gumoral boshqaruv karbonat angidrid orqali amalga oshiriladi.
- Qonda karbonat angidrid miqdori ko'paysa, u uzunchoq miyadagi nafas markazini qo'zg'atadi va nafas olish tezlashadi.
Nafas olish organlarining kasalliklari:
1. Burun ichki shilliq qavatining yallig'lanishi – rinit.
2. Tomoq shilliq qavatining yallig'lanishi – faringit
3. Tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig'lanishi (angina) – tonsilit.
4. Hiqildoq ichki qavatining yallig'lanishi – laringit.
5. Traxeya va bronxlar ichki qavatining yallig'lanishi – traxeit va bronxit.
6. O'pka to'qimasining yallig'lanishi – zotiljam.
Muallif: Ravshan Meliqo'ziyev.
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim