if va wish qatnashgan gaplar (kirish darsi)
▪️ Ingliz tilida shartli gaplar (shart ergash gaplar) alohida mavzu sifatida o'tiladi. Biz ularni oddiy til bilan if'li gaplar deymiz, chunki bu gaplarda har doim if... - agar... deb boshlanadigan gap bo'ladi.
▪️ if bog'lovchisi qatnashgan shartli gaplarni guruhlarga boʻlib oʻrganish tavsiya qilinadi. Qavs ichida bu gaplarning real (haqiqatga toʻg'ri keladigan) va noreal (haqiqatga toʻg'ri kelmaydigan) vaziyatlar uchun qoʻllanishi berilgan.
1️⃣ First Conditional (real)
2️⃣ Second Conditional (unreal)
3️⃣ Third Conditional (unreal)
4️⃣ Zero Conditional (real)
5️⃣ Mixed Conditional (usually unreal)
6️⃣ Implied Conditional (real/unreal)
7️⃣ wish gaplar (unreal)
8️⃣ If only kelgan gaplar (unreal)
▪️ Misollar:
🔸If it doesn't rain, we will go on a picnic. (Agar yomg'ir yog'masa, biz sayrga chiqamiz - real, bo'lishi mumkin bo'lgan ish-harakat)
🔸If we had more money, we would go out more often. (Agar bizning pulimiz ko'p bo'lganida, biz aylanishga tez-tez chiqardik - noreal vaziyat, ya'ni hozir bizning pulimiz ko'p emas)
💡Shart ergash gaplar ikkita qismdan tashkil topadi: asosiy gap va if qatnashgan gap. Tilshunoslik atamalari bilan ifoda qiladigan boʻlsak, bunday gaplarda if qatnashgan gap - ergash gap, asosiy ish-harakat ifodalangan gap - hokim gap deb yuritiladi.
🔸If Sharon passes the exam (ergash gap), she will be admitted to the university (hokim gap).
▪️ Mazkur mavzu bo'yicha testlarni yechishda asosan asosiy gapdagi zamonga qarab if qatnashgan gap zamonini topish yoki shuni teskarisi so'raladi, shuning uchun ham ushbu mavzuni oʻrganishda qo'shma gap qurilmalarga alohida e'tibor bilan qarash lozim.
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.