Eritmalar mavzusiga doir masalalar tahlili
1-masala. Ma’lum temperaturada NaOH ning eruvchanligi 20 ga teng. 327 g suvda qancha (g) Na eritilsa to‘yingan eritma hosil bo‘ladi?
Yechish:
2-masala. 40 g aluminiy va xrom (III)-gidroksidlardan iborat aralashmaning 48%i kisloroddan iborat bo‘lsa, ushbu aralashmani to‘la eritish uchun (reaksiyada Na[Me(OH)4] hosil bo‘ladi) 5 molyalli natriy gidroksid eritmasidan qancha (g) zarur bo‘ladi? (Molyal konsentratsiya – 1 kg erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.)
Yechish:
3-masala. 120 g MgSO4 ning to‘yingan eritmasiga 2,4 g quruq tuz qo‘shilib, qizdirildi. Boshlang‘ich haroratgacha sovutilganda 4,8 gramm MgSO4•4H2O cho‘kmaga tushdi. Dastlabki eritma konsentratsiyasi qanday bo‘lgan?
Yechish:
4-masala. Nitrat kislota eritmasiga mo‘l miqdorda mis metali qo‘shilganda olingan 13,44 l (n.sh.) gazlar aralashmasi 2 litr 0,2 molyarli bariy gidroksid eritmasidan o‘tkazilganda bariy gidroksidning konsentratsiyasi ikki marta kamaygan bo‘lsa, reaksiyada ishtirok etgan nitrat kislotaning massasini (g) hisoblang.
5-masala. Mis va mis (II)-oksiddan iborat 40 g aralashma 472 g 80 % li sulfat kislota eritmasida eritilganda eritmadagi tuzning massa ulushi 20 % ga teng bo‘ldi. Olingan eritma massasini (g) aniqlang.
Yechish:
6-masala. X g 25 % li eritmaga 140 g Y % li eritma qo‘shildi. Bunda 32 % li eritma hosil bo‘ldi. Agar X ning qiymati Y ning qiymatidan 4 marta katta bo‘lsa, Y ning qiymatini aniqlang.
Yechish:
7-masala. 300 g eritmadan ma’lum miqdor suv bug‘latilganda tuzning massa ulushi 1,5 marta ortdi. Olingan eritmada 12,5 g shu tuzdan to‘liq eritilganda 20 % li hosil bo‘ldi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang.
Yechish:
Muallif: Yangiyo'l shahri, "IBN SINO" ATM kimyo fa'ni o'qituvchisi Bekzod VOXIDOV
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.