March 25, 2020

Ona tili (tahlil)

t.me/masofatalim

TAHLIL

Bizdan 3 narsa so’ralyapti:

1. Boshqaruvli birikma bo’lsin.

E’tibor qilsak, faqat B va C variantlarda boshqaruvli birikma bor (so’zlar -ga , -ni qo’shimchalari orqali bog’langan).
O’z-o’zidan, A va D variantlar safni tark etadi, chunki ularda bitishuvli birikmalar berilgan: asil tosh, qalin tutun.

2. Hokim so’z paronimi bor so’z bo’lsin.

Hokim so’z – birikmada o’ng tomondagi so’z:
B da yoqmoq, C da artish.
Afsuski, bu ikkala so’z ham o’z paronimiga ega:
B) yoqmoq – yog’moq (ayniqsa, yoqqan, yog’gan shakllarida tiniq ko’rinadi);
C) artish – archish.
To’g’ri javob hali aniqlanmadi.

3. Tobe so’z shakldoshiga ega so’z bo’lsin.

Tobe so’z – birikmada chap tomondagi so’z:
B da adibga, C da yuzni.
Bulardan faqat yuzni so’zi shakldoshiga ega:
yuzni I (betni);
yuzni II (yuz sonini).

Demak, to’g’ri javob – C.

t.me/masofatalim

TAHLIL

Bu gapda ergash gap - "kechagi gaplari majburlikdan aytilgan ekan".

Qo'shma gapni sodda gapga aylantirganimizda ☝️ergash gap qanday bo'lakka aylanadi - shunisi kerak bizga.

Qo'shma gap:
Shunda bildikki, kechagi gaplari majburlikdan aytilgan ekan.
👇🏿
Sodda gap:
Shunda kechagi gaplari majburlikdan aytilgan ekaniNI bildik. (Shunda nimani bildik?)

Ergash gap to'ldiruvchiga aylandi.
Demak, qo'shma gap - to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap.

To'g'ri javob - C.

t.me/masofatalim

TAHLIL

Bu testni ovoz berganlarning salkam yarmi to'g'ri belgilagan.

Bu test shu turdagi testlarning nisbatan osonrog'idir, ya'ni "tana" so'ziga raqobat qila oladigan tuzukroq variantlar ham yo'q. Asosiy raqib - "qora". Masalan, B variantda "kon", C variantda "jin" so'zlari berilganda edi, abituriyentlar ancha ter to'kishgan bo'lardi.

Har bir variantni yuzakiroq ko'rib chiqamiz. Demak, 1-tovushni o'zgartirib so'zlar hosil qilamiz.

A) tana
kana, mana, pana, sana, yana, chana (6 ta)

B) axir
oxir (1 ta)

C) qora
bora, pora, zora, chora (4 ta)

D) tozi
qozi, rozi (2 ta)

Tahlilda atoqli otlarni hisoblamadik, yo'qsa, Gana-ku, mayli, Jana, Lora, Nora degan ajnabiy ismlarni ham hisoblashni talab qiluvchilar chiqib qolardi.

Yuzakiroq tahlil bo'lgani uchun quloqqa tanish so'zlarni yozdik, lekin bu umumiy natijaga ta'sir qilmaydi.

Demak, to'g'ri javob - A.

Testlar va ularning tahlillari muallifi: Mansur Siddiqov

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali. Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim