May 28, 2020

So'roq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

▪️ Ma'lumki, ingliz tilida soʻroq gaplar ikki katta guruhga boʻlinadi:
1. Umumiy soʻroq gaplar (yes/no questions) - javob sifatida Yes - ha yoki No - yoʻq soʻzlarini talab qiladigan soʻroq gaplar. Bu soʻroq gaplar odatda faqat yordamchi fe'llar bilan hosil qilinadi.
🔸Do you speak English?
🔸Are you a student?
🔸Can he swim?

2. Maxsus soʻroq gaplar (special questions) - Bunday soʻroq gaplarda aniq bir shaxs/voqea/narsa haqida ma'lumot soʻraladi va soʻroq gap soʻroq olmoshlari (what/when/who/why/where…) va yordamchi fe'llar bilan hosil qilinadi.
🔸What do you do?
🔸Where is he going?
🔸Why did she leave early?

3. Soʻroq gaplarni oʻzlashtirma gapga aylantirshda qoida uning qaysi soʻroq gap turiga mansub ekanligidan kelib chiqadi.
▪️ Agar soʻroq gap umumiy soʻroq gap boʻlsa, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:
▫️ Muallif gapi + if/whether + bir zamon orqaga surilgan darak gap
🔸He asked me 'Do you speak English?' (soʻroq gap) ➡️ He asked me if I spoke English. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
🔸They asked Tom 'Are you a student?' (soʻroq gap) ➡️ They asked Tom whether he was a student. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
🔸I asked Jane 'Can your brother swim?' (soʻroq gap) ➡️ I wanted to know if her brother could swim. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)

▪️ Agar soʻroq gap maxsus soʻroq gap boʻlsa, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:
▫️ Muallif gapi + soʻroq olmoshi + bir zamon orqaga surilgan darak gap
🔸He asked me 'What do you do?' (maxsus soʻroq gap) ➡️ He asked me what I did. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
🔸I asked Jane 'Where is your brother going?' (maxsus soʻroq gap) ➡️ I wanted to know where her brother was going. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
🔸He asked me 'Why did she leave early?' (maxsus soʻroq gap) ➡️He asked me why she had left early. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)

⚠️Soʻroq gaplarda savol kimdan soʻralayotganligiga e'tibor berish lozim va shunga qarab oʻzlashtirma gapda egani toʻg'ri qoʻya olamiz.
🔸They asked Tom 'Are you a student?' ➡️ They asked Tom whether he was a student. (savol Tomdan soʻralmoqda, shuning uchun koʻchirma gapdagi you olmoshi oʻzlashtirma gapda he olmoshiga oʻzgartirilishi lozim.)
🔸He asked me 'What do you do?' ➡️ He asked me what I did. (Savol mendan so'ralmoqda, shuning uchun you olmoshi I ga o'zgardi)

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim