Present Perfect Continuous tense

▪️ Present Perfect Continuous tense - hozirgi davomiy tugallangan zamon, oʻzbek tilida uchramaydigan zamon shakli boʻlib, bu zamondagi ish-harakatlarda ham davomiylik, ham tugallanganlik xususiyatlari mavjud.

▪️ Bu zamonning qolipi have/has been yordamchi fe'llari + ing qoʻshimchasi qoʻshilgan asosiy fe'l bilan qoʻllaniladi.

▪️ Positive form:
🔸I have been working
🔸He/she/it has been working
🔸We/you/they have been working

▪️ Negative form:
🔸I have not been working
🔸He/she/it has not been working
🔸We/you/they have not been working

▪️ Question form:
🔸Have I been working?
🔸Has he/she/it been working?
🔸Have we/you/they been working?

Misollar:
🔸 I have been working in the garden for six hours. It looks different now. (Men bog'da olti soat ishladim. Hozir uning ko'rinishi boshqacha)
🔸 Tom, have you been looking for me? (Tom, meni izlayotganmiding?)

▶️Present Perfect Continuous tense qo'llanish holatlari

1️⃣ Mazkur zamon oʻtgan zamonda boshlanib, hozirgacha davom etib turgan va gapda ushbu ish-harakat qancha muddat (qachondan beri) davom etib turganligi koʻrsatilgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

▪️ Ish-harakat qancha muddat davom etib turganligi since - dan beri, for - dan buyon, how long - qachondan beri soʻzlari yordamida koʻrsatiladi.

🔸It has been raining since 3 oʻclock. (Soat uchdan beri yomg'ir yog'yapti)
🔸It has been raining for two hours. (Ikki soatdan buyon yomg'ir yog'yapti)
🔸How long has it been raining? (Qachondan beri yomg'ir yog'yapti?)

2️⃣ Mazkur zamon oʻtgan zamonda davom etib turgan, lekin hozirga kelib tugallangan va natijasi ayon boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Bu yerda ish-harakat qancha davom etganligi koʻrsatilishi shart emas.
🔸I am tired. I have been working in the garden. (Men charchaganman. Men bog'da ishlayotgan edim)
▪️ Yuqoridagi misolda birinchi gap hozirgi zamondagi natijani (charchaganlikni) va ikkinchi gap esa charchashga olib kelgan va biroz oldin davom etib turgan ish-harakatni koʻrsatmoqda.

🔸 Tom's hands are dirty. He has been repairing his car. (Tomning qoʻllari kir. U mashinasini tuzatayotgan edi)

▪️ Yuqoridagi misollarda ish-harakat qancha davom etganligini ham koʻrsatish mumkin, lekin bu narsa unchalik muhim emas. Bu qoida davomiy ish-harakat natijasida kelib chiqqan natijani ko'rsatish uchun qoʻllaniladi.
🔸 I am tired😓. I have been working in the garden (all day).

⚠️ Davomiy zamonlarda qoʻllana olmaydigan holat fe'llari Present Perfect Continuous zamonida emas, Present Perfect Simple zamonida qoʻllaniladi.
🔸 I have known Jack for five years. (have been knowing emas)

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim