March 23, 2020

Present Simple tense

t.me/masofatalim

▪️ Present Simple Tense – hozirgi oddiy zamon doimiy ravishda sodir boʻladigan, oʻzgarmas yoki takroriy ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
▪️ Mazkur zamonda darak gaplarda asosiy fe’lning oʻzi, soʻroq va inkor gaplarda do/does yordamchi fe’llari va asosiy fe'l ishtirok etadi.

▪️ Positive form:
🔸I work.
🔸He/she/it works.
🔸We/you/they work.

▪️ Negative form:
🔸I do not work.
🔸He/she/it does not work.
🔸We/you/they do not work.

▪️ Question form:
🔸Do I work?
🔸Does he/she/it work?
🔸Do we/you/they work?

t.me/masofatalim

💡 Eslatma: Hozirgi oddiy zamon fe’lining tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi. III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi. Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi lozim.
🔸He works, she goes, it washes

▪️ Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.
🔸He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash.
🔸Does he work? Does she go? Does it wash?

t.me/masofatalim

Present Simple Tense ning qoʻllanish holatlari:
1️⃣ Doimiy yoki takroriy ravishda sodir boʻladigan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ish-harakat kecha, bugun va ertaga ham shunday tarzda sodir boʻladi va oʻzgarmaydi.
🔸I go to work by bus every day.
🔸She always gets up at 6 oʻclock.
🔸Many people think that if a black cat crosses your way it is bad luck.

2️⃣ Dunyoda har doim haqiqat boʻlgan voqea-hodisalar mavjud. Masalan, tabiat hodisalari boʻlgan quyosh chiqishi, yerning quyosh atrofida aylanishi, kuzda qushlarning issiq oʻlkalarga uchib ketishlari va hakozo. Undan tashqari, jamiyatda oʻrnatilgan umumiy qoidalar, kasblar, insonlar va boshqa voqea-hodisalar haqida umumiy fikr bildirilganda ham hozirgi oddiy zamon fe’li qoʻllaniladi.
🔸The sun rises in the east.
🔸Cats live on mice.
🔸Water boils at 100ᵒC.
🔸Carpenters make things of wood.
🔸When ladies enter the room, gentlemen stand up and greet them.

3️⃣ Ingliz tilida fikrga qoʻshilish, va'da berish, tavsiya qilish uchun bir qancha fe’llar ishlatiladi. Bunday fe’llar “performative verbs” deb ataladi va nutqda juda keng qoʻllaniladi. Misol sifatida “to agree/think/ suggest/ recommend/ insist/ promise/ apologise/ refuse” fe’llarini keltirish mumkin. Mazkur fe’llar ham odatda hozirgi oddiy zamonda qoʻllaniladi.
🔸I promise I won’t be late.
🔸What do you suggest I do?
🔸He insists that we should come with him.

4️⃣ Hozirgi oddiy zamon fe’li quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:
▫️ always ▫️ usually ▫️ often ▫️ sometimes ▫️ rarely ▫️ never ▫️ hardly ever ▫️ frequently ▫️ occasionally ▫️ seldom ▫️ all the time ▫️ every+day/morning/night/Monday/week/month/other day/year
🔸Jim always gets up at 6 oʻclock.
🔸He never lies to his parents.
🔸We frequently see that man on the beach.

t.me/masofatalim

💡 Ingliz tilida “Why don’t you…?” birikmasi tavsiya qilish, maslahat berish uchun qoʻllaniladi.
🔸 Why don’t you get a new job instead of lying all day?

💡 Eslatma “never” payt ravishi qoʻllanilganda yordamchi fe’llardan 'don’t/doesn’t' qoʻllanilmaydi.
🔸He never lies to his parents. (U ota-onasiga hech qachon yolg’on gapirmaydi…toʻg’ri gap qurilmasi)
🔸He doesn’t never lie to his parents. (notoʻg’ri gap qurilmasi)

▪️ Yuqoridagi holat 'no/nobody/no-one/nothing/nowhere/neither/seldom/rarely/hardly ever' kabi inkor ma’nodagi soʻzlarga ham taalluqlidir.
▪️Nobody believes a liar when he tells the truth. (Nobody doesn’t believe… emas)

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim