May 4, 2020

Should va ought to modal fe'llarining asosli taxmin, ehtimollik va boshqa ma'nolarda qo'llanishi

1️⃣ should va ought to modal fe'llari maslahat qilish ma'nosidan tashqari hozirgi va kelajak zamonda asosli taxmin (assumption) qilish uchun ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda biz kutilgan narsa sodir boʻlishini taxmin qilinadi, oʻzbek tiliga -sa kerak -shi kerak deb tarjima qilinadi.
🔸She has been studying very hard, so she should pass her examination. (U juda qattiq tayyorgarlik koʻrayapti, shuning uchun imtihondan oʻtsa kerak.)
🔸The sun's been shining all day, so the sea should be quite warm now. (Quyosh kuni bilan charaqlab turdi, shuning uchun dengiz ancha iliq boʻlishi kerak.)

2️⃣ If qatnashgan gaplarda should modal fe'li gapda ifodalangan ish-harakat sodir boʻlish ehtimoli kamligini bildirish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek tilida bunday if li gap "Mabodo…" deb boshlangani ma'qul.
Ikkita gapni qiyoslaymiz:
🔸If you see Tom this evening, can you tell him to phone me? (Agar Tomni koʻrib qolsang… ehtimollik oʻrtacha)
🔸If you should see Tom this evening, can you tell him to phone me? (Mabodo Tomni koʻrib qolsang….. ehtimollik kam)

⚠️Bunday gaplarda If boʻglovchisi gapda tushib qolishi ham mumkin, bunday vaziyatlarda should modal fe'li egadan oldinga chiqadi va inversiya sodir boʻladi.
🔸Should it rain, bring the washing into the house. (If it should rain..)
🔸Should you see Tom this evening, can you tell him to phone me? (If you should see...)

3️⃣ should modal fe'li ba'zi taklif, buyruq, istakni bildiruvchi fe'llardan keyingi gapda qoʻllanishi mumkin. Bu fe'llar quyidagilar:
▫️ suggest - taklif qilmoq ▫️ propose - taklif qilmoq ▫️ recommend - tavsiya qilmoq ▫️ insist - qat’iy turib olmoq ▫️ demand - talab qilmoq ▫️ order - buyurmoq
🔸They insisted that we should have dinner with them. (Ular biz ular bilan tushlik qilishni juda qat'iy iltimos qilishdi)
🔸He suggested that I should buy a house. (U menga uy sotib olishimni taklif qildi.)
🔸She demanded that I should apologise.

4️⃣ should modal fe'li ba'zi sifatlardan keyin kelgan gaplarda ham qoʻllanadi. Bu sifatlar quyidagilar:
▫️ important ▫️ essential ▫️ strange ▫️ odd ▫️ surprised ▫️ funny ▫️ typical ▫️ natural ▫️ interesting ▫️ surprising
🔸It's strange that he should be late. He is usually on time. (Uning kech qolishi g'alati. U odatda vaqtida keladi)
🔸I was surprised that he should say such a thing.
🔸It's important that he should be on time.

💡American English (AmE) da yuqoridagi holatda should modal fe’li tushib qoʻlib, fe’lning tuslanmagan birinchi shakli (infinitiv) qoʻllaniladi.
🔸He suggested that I buy a house.
🔸It's important that he be on time.

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim