Kimyodagi asosiy stexiometrik (miqdoriy, o’lchashga oid) qonunlar
1. Tarkibning doimiylik qonuni
Tarkibning doimiylik qonuni molekulyar tuzilishli va kovalent bog’lanishli (deyarli barcha organik birikmalar, anorganik kislota va gazlar) uchundir. N. S. Kurnakov o’zgaruvchan tarkibli birikmalarni bertollidlar, o’zgarmas tarkibli birikmalarni daltonidlar deb atadi.
Daltonidlar (tarkibning doimiylik qonuniga bo'ysunadi) – faqat metallmaslardan (yuqori molekular birikmalar, polimerlardan tashqari) iborat birikma bo’lsa. Masalan, CH4, CO2, C6H12O6. Bular molekulyar tuzilishli bo’ladi.
Bertollidlar (tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunmaydi) – metall aralashsa, tarkibning doimiylik qonuni o’zgaradi. Masalan, TiO2, NaCl. Bular nomolekular (metall, ion, atom) tuzilishli bo’ladi. Yuqori molekular birikmalar hamda polimerlar ham bertollidlarga kiradi. Masalan, (– CH2 – CH2 –)n – polietilen, (C6H10O5)n – kraxmal.
2. Modda massasining saqlanish qonuni
Modda massasining saqlanish qonuni tabiatda yopiq sistemalarda massa va energiyaning saqlanish qonunidir. Katta miqdorda energiya ajralib chiqadigan reaksiyalar (masalan,
yadro reaksiyalari, radioaktiv moddalarning yemirilishi, atom hamda vodorod bombalarining portlashi) massaning saqlanish qonuniga emas, zaryad saqlanish qonuniga bo’ysunadi. Kimyoviy jarayonlar paytida energiya o’zgarishi tufayli massa ham o’zgaradi. Bu o’zgarishni Eynshteyn formulasi bilan ifodalash mumkin: E = mc^2. Kimyoviy jarayonlarda massa o’zgarishi 10−7% bo’lib, bu o’zgarish juda aniq tarozilarda ham sezilmaydi. Yadro reaksiyalarda juda ko’p energiya ajralishi tufayli massaning saqlanish qonuni buzilishi sezilarli bo’ladi.
3. Avogadro qonuni
Avogadro qonunidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Har qanday gazning 1 molida 6,02∙10^23 ta molekula mavjud.
2. Har qanday gazning 1 moli normal sharoitda (n.sh.da) T=273K (0℃), P=101,325 kPa (1 atm, 760 mm.Hg ust.) 22,4 l hajmni egallaydi.
Bir xil sharoitda teng mollarda olingan bir gaz massasining ikkinchi gaz massasiga nisbati birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi.
4. Hajmiy nisbatlar qonuni
Hajmiy nisbatlar qonunidan quyidagicha xulosa kelib chiqadi: reaksiyaga ishtirok etuvchi gazlarning hajmlari, mollari molekulalari soni nisbati ularning reaksiya tenglamasidagi stexiometrik koeffisiyentlari nisbatiga teng.
Muallif: Ravshan Meliqo'ziyev
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim