Ona tili (tahlil)

t.me/masofatalim

TAHLIL
Mustaqil lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan so’zlar deganda olmoshlar, bog’lama vazifasidagi bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so’zlari, to’liqsiz fe’llar, yordamchi so’zlar (ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar), oraliq so’zlar (undov, taqlid, modallar) tushuniladi.

Shularni yodda tutgan holda so’ralgan so’zlarni sanab chiqamiz:
Bilurmisan, ayt menga, knyaz,
Movut ko’zli anov xonim kim?
Turur ispan elchisi birlan?
Oneginga qarar u birdan.
Demak, ushbu parchada olmoshlar (menga, anov, kim, u) va bitta ko’makchi (birlan) qo’llangan ekan.
P.S. Bilurmisan so’zi tarkibidagi -mi yuklamasi qo’shimcha ekanligi (so’z emasligi) bois qatorga kiritilmadi.
To’g’ri javob – D.

t.me/masofatalim

TAHLIL
Metonimik ko’chish
– bir so’zni aytib, unga bog’liq boshqa narsani nazarda tutish. Masalan, “Oyog’ing necha?” deganda oyoqni emas, oyoqqa bog’liq boshqa narsani – “razmer”ni tushunamiz. Shunga o’xshash holatlar A, B va D variantlarda mavjud.
A) Balki, tush ko‘rganday qolursiz hayron, Eshitib Toshkentning sabr-u toqatin.
“Toshkentning sabr-toqati” deganda “Toshkent aholisining sabr-toqati” tushunilmoqda. Joy va undagi odamlar – bog’liq tushunchalar.
B) O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo’lgani shudir.
“Navoiyni o’qish” deganda “Navoiyning asarlarini o’qish” tushunilmoqda. Muallif va uning asarlari – bir-biriga aloqador tushunchalar.
D) Dasturxonga qarang!
“Dasturxon” deganda “ovqat, yeguliklar” tushunilmoqda. Dasturxon va ovqat makon-zamonda o’zaro bog’liq tushunchalardir.

E’tibor bering: bizdan metonimiyani emas, aksincha, metonimiya yo’q bo’lgan gapni topish so’ralgan. C variantda metonimik ko’chish yo’q.
C) Undan-ku, bir tirnoq — men qoldim. Yaxshimi-yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yuribman.
“Tirnoq” deganda “farzand” nazarda tutilgan. Tirnoq va farzand ham bir-biriga bog’liq, biroq butun-qism bog’liqligi (tirnoq farzandning bir qismi) fanda sinekdoxa deb o’rganiladi.
To’g’ri javob – C.

t.me/masofatalim

TAHLIL

1) qaysi/nisi (bu so'zda "qaysi" so'ziga ikkita egalik shakli (-i va -si) qo'shilgan, bir "n" tovushi ortgan; "singlisi" so'zida ham ikki egalik qo'shilishiga duch kelganmiz) ;

2) se/ning (bir "n" tushgan);

3) sherig/ing ("k" tovushi "g"ga almashgan);

4) o'shan/ga (bir "n" ortgan);

5) tanlo/v... ("a" tovushi "o"ga aylangan);

6) se/ni (bir "n" tushgan);

7) dey/ish... (bir "y" ortgan).

To'g'ri javob - D: 7 ta.

Testlar va ularning tahlillari muallifi Mansur Siddiqov.

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim