Tarix. Maxsus yangi tuzilgan testlar 2-son
1. a) Kechib o’tish oldidan "Qur’a tashlandi" iborasi aytilgan va b) Axilles go’dakligida cho’miltirib olingan daryolarni aniqlang.
A) a) Tibr, b) Stiks
B) a) Rubikon, b) Oks
C) a) Rubikon, b) Stiks
D) a) Politimet, b) Dunay
2. Oktavian Avgust va Mark Antoniy flotlari o’rtasida Yunoniston qirg’oqlarida dengiz jangi yuz berganidan necha yil o’tgach imperator Trayan taxtga o’tirgan?
A) 67 yil o’tgach
B) 129 yil o’tgach
C) 69 yil o’tgach
D) 127 yil o’tgach
3. Quyidagi suratda afsonaviy qahramon Gerakl qaysi davlat hukmdorining yovvoyi otlarini bo’ysundirishi aks etgan?
A) Lidiya
B) Sparta
C) Mikena
D) Frakiya
4. VI asr o’rtalarida Turk xoqonligining Eftaliylarga solayotgan xavfidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni egallab oladilar?
A) Toxarishton va Chag’oniyonni
B) Toxariston va Badaxshonni
C) Chag’oniyon va Ustrushonani
D) Naxshab va Badaxshonni
5. Quyidagi asarlarning mualliflarini to’g’ri belgilang.
1) “Geodeziya”;
2) “Arastuning “Metafizika”asariga sharh”;
3) “Kitob at-Tavhid”;
4) “Al-Hidoya”.
a) Burhonuddin Marg’inoniy;
b) Abu Mansur al-Moturidiy;
c) Abu Rayhon Beruniy;
d) Abu Nasr Farobiy.
A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-a
D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
6. Quyidagi voqealar va ularning sanasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) Ibrohim Bo’ritegin Amudaryo bo’yidagi - Xuttalon, Vaxsh, Chag’oniyon viloyatlarini qo’lga kiritdi;
2) Somoniylar hukmronligi barham topdi;
3) Qoraxitoylar Xo’jand shahri yaqinida Mahmud eloqxonga qaqshatqich zarba berdilar;
4) Qoraxoniylar davlati tugatildi.
a) 1137-yil; b) 1141-yil; c) 1038-yil; d) 999-yil.
A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
7. Quyidagi ta’rif qaysi o’rta asr davlati hayoti haqida?
“Jamiyatda qullarga munosabat o’ziga xos bo’lib, xorijdan keltirilgan qullar xo’jaliklar-da oila a’zolaridek yashaganlar. Bu qullarning farzandlari esa erkin kishilarga aylangan”.
A) Mayya
B) Mali
C) Songai
D) Gana
8. O’rta asrlarning ikkinchi davrida Germaniyadagi qishloq xo’jaligining taraqqiyoti qanday jarayon bilan bog’liq edi?
A) shaharlarning vujudga kelishi, yuksalishi bilan
B) yirik yer egaligi xo’jaliklarining shakllanishi bilan
C) german imperatorlarining dehqonlarga keng imtiyozlar yaratib berganligi bilan
D) Italiyaga qarshi urushlar jarayonida qo’shinni qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlash zaruriyati bilan
9. Fransiyada XII-XII asrlarda amalga oshirila boshlangan qanday tadbir dehqonlarning yerga munosabatini ijobiy tomonga o’zgartirgan?
A) dehqonlar qaramligi bekor qilinishi
B) soliqlarning bir qismi pul bilan to’lana boshlashi
C) feodallarning o’z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlashi
D) qirol yerlarining dehqonlarga ma’lum shartlar evaziga xususiy mulk qilib berila boshlanishi
10. Xiva xonligida amalga oshirilgan quyidagi
bunyodkorlik ishlarini sanasiga ko’ra,
xronologik jihatdan to’g’ri tartibda belgilang.
1) Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi; 2) Olloqulixon madrasasi barpo etildi;
3) Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi; 4) Dishanqal’a devorini barpo etish ishlari tugallandi.
A) 1, 3, 4, 2
B) 1, 3, 2, 4
C) 3, 1, 2, 4
D) 2, 1, 4, 3
11. 1556-1585-yillarda Zarafshon daryosida qaysi suv ayirg’ichlari qurilganligini to’g’ri belgilang.
A) Sangzor, Tuyatortar, Xoja Ka’ab, Karmana
B) Mehtar Qosim, Jondor, Karmana, Choharminor
C) Hovuzixon, MehtarQosim, Sangzor, Chorjo’y
D) Afshona, Tuyatortar, X oja Ka’ab, Jondor
12.Buxoro davlati nechanchi asrdan boshlab jamoat ishlariga safarbar etilganlar qurol-yarog’ va oziq-ovqatlarini o’zlari bilan olib kelishlari lozim bo’lgan?
A) XVI asrdan boshlab
B)XVII asrdan boshlab
C) XVIII asrdan boshlab
D) XIX asrdan boshlab
13. Afg’oniston amiri Do’stmuhammadxon vafot etgan yilda …
A) Qo’qon xonligida Xudoyorxon saroyi qurilishi boshlandi.
B) Buxoro amirligida Rossiyaning doimiy vakili lavozimi ta’sis etildi.
C) Yaponiya Ryukyu orolini bosib oldi.
D) Buyuk Britaniyada haftasiga 54 soatlik ish vaqti joriy etildi.
14. Fransiya qiroli qaysi dramaturgning asari haqida g’azab bilan: “Buni sahnada qo’yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!” deb xitob qilgan edi?
A) F. Shiller
B) P. Bomarshe
C) I. Gyote
D) O. Balzak
15. Turkiston general-gubernatorligining qaysi viloyati tarkibiga Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Olatovsk okrugi yerlari ham kiritilgan?
A) Sirdaryo viloyati
B) Yettisuv viloyati
C) Turkiston viloyati
D) Kaspiyorti viloyati
16. Turkiston o’lkasida viloyat sudlari tugatilib, ularning o’rniga okrug sudlari va Toshkent sud palatasi tuzilgan davrda Rossiya imperatori kim edi?
A) Aleksandr II
B) Nikolay I
C) Aleksandr III
D) Nikolay II
17. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at qaysi shaharlar minatyurachilari ijodida namoyon bo’ldi?
A) Buxoro, Xiva, Qo’qon
B) Buxoro, Samarqand, Toshkent
C) Samarqand, Qo’qon, Buxoro
D) Xiva, Toshkent, Samarqand
18. XIX asrning 80-yillaridan XX asr boshlarigacha Germaniyaning Buyuk Britaniyaga eksporti necha foizga ko’paygan?
A) 25 foizga
B) 34 foizga
C) 41 foizga
D) 44 foizga
19. V. Vyatkin Ulug’bek rasadxonasining qoldiqlarini topishga muvaffaq bo’lgan yilda ...
A) Avstriya-Vengriyada saylov islohoti o’tkazilib, 24 yoshli erkaklar saylash va saylanish huquqiga ega bo’ldilar.
B) HMKning Surat shahridagi qurultoyida B.G. Tilak boshchiligidagi radikal oqim partiya tarkibidan chiqarildi.
C) Rossiyada Davlat dumasiga saylov to’g’risida qonun qabul qilindi.
D) Italiya va Fransiya o’rtasida bitim imzolanib, tomonlar o’zaro qat’iy betaraflik majburiyatini oldilar.
20. Xorazmda qachon mahalliy taqvim ixtiro qilingan?
A) mil. avv. I asrda
B) mil.avv. II asrda
C) milodiy I asrda
D) milodiy II asrda
21. XX asrning 30-yillarida Hasan ko’li atrofida yuz bergan jang qaysi davlat qo’shinlari o’rtasida yuz bergan?
A) AQSH va Yaponiya
B) Yaponiya va Mo’g’uliston
C) Xitoy va Mo’g’uliston
D) Yaponiya va Sovet Ittifoqi
22. Lozanna konferensiyasida Turkiya mustaqilligi tan olingan (a) va Turkiya respublika deb e’lon qilingan (b) sanalarni aniqlang.
A) a) 1923-yil iyul, b) 1923-yil oktabr
B) a) 1921-yil avgust, b) 1923-yil noyabr
C) a) 1923-yil aprel, b) 1923-yil sentabr
D) a) 1922-yil dekabr, b) 1924-yil yanvar
23. Quyidagi keltirilgan rasmda yulduzcha bilan ko’rsatilgan hududda Arab xalifaligi davriga oid qaysi shahar joylashgan edi?
A) Quddus
B) Kufa
C) Madina
D) Damashq
24. 1939-yilda SSSR nima sababdan Milatlar Ligasi a’zoligidan chiqarilgan edi?
A) Germaniya bilan Sharqiy Yevropani bo’lib olish haqida maxfiy bitim tuzganligi uchun
B) Finlandiyaga bostirib kirganligi uchun
C) Boltiqbo’yi davlatlarini kuch bilan Ittifoqqa qo’shib olgani uchun
D) Polshaga bostirib kirganligi uchun
25. Butunturkiston o’lka musulmonlari tomonidan tashkil etilgan Turkiston muxtoriyatida tashqi ishlarni kim boshqargan?
A) M. Tinishboyev
B) M. Cho’qayev
C) U. Xo’jayev
D) S. Gersfeld
26. Qachon bo’lib o’tgan qo’rboshilar qurultoyda Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgan?
A) 1918-yil iyun
B) 1918-yil oktabr
C) 1919-yil mart
D) 1919-yil oktabr
27. “Lola inqilobi” oqibatida hokimiyatdan ketgan davlat arbobini aniqlang.
A) Q. Berdimuhammedov
B) S. Niyazov
C) N. Nazarboyev
D) A. Akayev
28. Quyidagi xorijiy oliygohlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan yurtimizda keyinroq tashkil etilgan edi?
A) Vestminster universiteti
B) Turin politexnika universiteti
C) Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
D) Moskva davlat universiteti
29. Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o’rniga mos keluvchi ma’lumotlarni qo’ying.
1) Burhonuddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi;
2) “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilindi;
3) “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tashkil etildi;
4) 2004-yil
5) 2005-yil
6) Pokiston yadro qurollari sinovini o’tkazdi;
7) A. Merkel GFR kansleri etib saylandi
8) Toshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi.
9) O‘zbekiston ShHTga a’zolikka qabul qilindi.
A) a-1, b-4, c-6, d-8
B) a-2, b-5, c-6, d-9
C) a-3, b-4, c-7, d-8
D) a-3, b-5, c-7, d-8
30. O‘zbekiston Oliy Kengashi qachon “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunni qabul qilgan?
A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1992-yil 2-iyun
C) 1992-yil 4-yanvar
D) 1993-yil 7-may
Testlarning muallifi: Yangiyo'l shahri, "IBN SINO" ATM tarix fani o'qituvchisi Asliddin Abdanov
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va "Imkon ta’lim" jamoasi hamkorligida tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim