Future continuous tense va uning qo'llanish holatlari
▪️ Future continuous tense - kelajakda muayyan bir vaqtda davom etib turadigan ish-harakat uchun qoʻllaniladi. Ish-harakat kelajakda boshlangan va hali tugallanmagan boʻlishi lozim. Odatda aniq vaqt koʻrsatilgan kelajak zamon payt ravishlari bilan qoʻllaniladi.
▪️ Mazkur zamonda egadan keyin will be yordamchi fe'llari+fe'lning -ing shakli qo'llaniladi.
▪️ Positive form:
🔸I will be working.
🔸He/she/it will be working.
🔸We/you/they will be working.
▪️ Negative form:
🔸I will not be working.
🔸He/she/it will not be working.
🔸We/you/they will not be working.
▪️ Question form:
🔸Will I be working?
🔸Will he/she/it be working?
🔸Will we/you/they be working?
▪️ Qoʻllanish holatlari:
1️⃣ Kelajakda aniq bir vaqtda davom etib turgan ish-harakatni bildiradi.
🔸At this time next week I will be swimming in the Black Sea. (Keyingi hafta mana shu paytda men Qora dengizda cho'milayotgan bo'laman)
🔸What will you be doing at this time tomorrow? (Ertaga mana shu paytda nima qilayotgan bo'lasan?)
🔸He will be sleeping at 8 oʻclock this evening.
2️⃣ Kelajakdagi shaxsiy rejalarni bildirish yoki birovning rejalari haqida soʻrash uchun ham qoʻllanilishi mumkin.
🔸I'll be going to the city centre later. Can I get you anything? (Men birozdan keyin shahar markaziga oʻtaman. Sizga biror narsa olib kelaymi?)
🔸Will you be passing the post-office when you go out? - Yes, why?
⚠️ Mazkur zamonda eng ko'p xatolik 'be' yordamchi fe'lini tushurib qoldirishdir.
🔸 I will swimming in the sea at this time next week. (noto'g'ri)
🔸 I will be swimming in the sea at this time next week. (to'g'ri)
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.