Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (2-qism)
✳️ Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:
▫️ to forget - esdan chiqarmoq, yoddan koʻtarilmoq degan ma'nolarda to infinitive bilan qoʻllaniladi. Ish-harakat bajarilmay qoladi.
🔸I forgot to lock the door, it was left open. (Eshikni kalitga yopish yodimdan koʻtarilibdi, u ochiq qoldi.)
▫️ to forget - unutmoq, esdan chiqarmoq degan ma'nolarda avval sodir boʻlgan ish-harakatni eslay olmaslikni bildiradi va gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸I forgot lending you any money. (Sizga qarzga pul berganimni eslay olmayapman)
▫️ to stop - toʻxtamoq (biror ish qilish maqsadida) ma'nosida to infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔸He stopped to smoke. (U chekish uchun toʻxtadi.)
🔸After 2 hours we stopped to have a snack. (Ikki soatdan keyin biz tamaddi qilib olish uchun toʻxtadik.)
▫️ to stop - toʻxtatmoq, tugatmoq (biror ish-qilishni) degan ma'nolarida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸He stopped smoking. (U chekishni toʻxtatdi/tashladi)
🔸When she came in, we stopped talking. (U kirganida, biz gaplashishni toʻxtatdik)
▫️ to need - kerak, lozim boʻlmoq ma'nolarida gapning egasi shaxs (ish-harakat bajaruvchisi) boʻlganda aniq nisbatda to + infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔸I need to get up early tomorrow. (Men ertaga erta turishim lozim)
▫️to need - kerak, lozim boʻlmoq majhul nisbat ma'nosida gerund bilan qoʻllaniladi.
🔸My car needs cleaning. (Mashinam tozalanishi kerak.)
🔸My grandmother is old. She needs looking after.
💡Yuqoridagi ma'noda to want/require fe'llari ham gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸My car wants cleaning.
▫️ to go on - biror ish qilishda davom etish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸We must change our ways. We can't go on living like this any more.
▫️ to go on - biror ish qilishdan ikkinchi ishga oʻtish ma'nosida to + infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔸Jack was busy writing letters. Then he went on to do his homework.
▫️ to mean - biror ish qilishni anglatadi, bildiradi degan ma'noda gerundiy bilan qo'llaniladi.
🔸 In those days, being a student meant spending long hours in the library. (O'sha paytlarda talaba bo'lish kutubxonada uzoq vaqtlab o'tirishni bildirar edi)
▫️ to mean - niyatda bo'lmoq degan ma'noda to + infinitive bilan qo'llaniladi.
🔸Sorry, I didn't mean to hurt your feelings. (Kechirasiz, Sizni ko'nglingizga tegish niyatim yo'q edi)
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram: https://t.me/masofatalim
Yotube: https://www.youtube.com/channel/UCTPveR7-fECFXkDQrfooymA
Facebook: https://fb.com/masofatalim
Instagram: https://www.instagram.com/masofatalim