April 25, 2020

O'tgan zamonda could va was/were able to+infinitiv qurilmalarining farqi

▪️ Oʻtgan zamonda could+V1 shakli va was/were able to +V1 bir-biridan ancha farq qiladi.

1️⃣could+V1 shakli oʻtgan zamonda mavjud boʻlgan qobiliyatni bildiradi.
🔸My grandfather could speak five languages.
🔸Tom could run 100 meters in 13 seconds when he was 16.

2️⃣was/were able to + V1 muayyan vaziyatlarda uddasidan chiqmoq (managed to) degan ma'nolarda qoʻllaniladi. Gap mazmunidan o'tgan zamondagi aniq vaziyat anglashiladi.
🔸The fire spread fast but everybody was able to escape in time. (Olov tez tarqaldi lekin barcha vaqtida qochib chiqishga ulgurdi)
🔸The manager wasn't in but I was able to contact him in the shop. (Menejer o'zida emasdi, lekin men u bilan do'kon ichida gaplashish uddasidan chiqdim)

⚠️Yuqorida berilgan farq faqat gaplar boʻlishli boʻlgan holatlardagina amal qiladi. Vaziyat (gap) boʻlishsiz boʻlsa har ikkala holatda ham couldn't+V1 shakli qoʻllanilgani ma'qul.
🔸My grandfather couldn't speak any foreign languages.
🔸As the manager was out and I couldn't contact him on time.

▪️ Koʻpchilik sezish, bilish ma'nolarini beruvchi fe'llar ham muayyan vaziyat boʻlsada, oʻtgan zamonda could modal fe'li bilan qoʻllangani ma'qul. Bu fe'llar quyidagilardir:
▫️feel▫️hear▫️believe ▫️remember ▫️see▫️smell▫️decide ▫️understand

🔸I looked carefully and I could see a figure in the distance.
🔸He spoke very quickly but I could understand him.
🔸We could smell something burning when we came into the room.

could modal fe'lining kelajak uchun va boshqa ma'nolarda ishlatilishi

1️⃣ could modal fe'li hozirgi va kelasi zamon uchun ham qoʻllana oladi. Bunday vaziyatlarda could +V1 biror ish-harakat sodir boʻlishi ehtimolligi yoki mumkinligini bildiradi.
🔸The price of petrol could rise next month. (Benzin narxi keyingi oy oshishi mumkin.)

2️⃣Bundan tashqari kelajakda could +V1 taklif kiritish uchun ham qoʻllanadi.
🔸A: What shall we do this evening?
B: We could go to the cinema. (Kinoga borishimiz mumkin.)

3️⃣could modal fe'li haqiqatdan yiroq, mubolag'a qilingan gaplarda qoʻllanishi ham uchrab turadi.
🔸I am very tired. I could sleep for a week!

4️⃣Oʻtgan zamonda biror ish qilish imkoni boʻlib, amalga oshmagan boʻlsa qilsa boʻlardi, mumkin edi degan ma'nolarda could +have +past participle shakli qoʻllaniladi.
🔸We didn't go out last night. We could have gone to the cinema. (Kecha biz koʻchaga chiqmadik, biz kinoga borishimiz mumkin edi)
🔸You could have helped me at the exam, I was sitting next to you. (Sen menga imtihonda yordam berishing mumkin edi, yoningda oʻtirgan edim)
🔸If he had brought the dictionary, I could have translated the text. (Agar u lug'atni olib kelganingda, men tekstni tarjima qilgan boʻlardim)
Yuqoridagi misollardan bilsa boʻladiki, oʻtgan zamonda bu ishlar amalga oshmagan.

4️⃣Oʻtgan zamonda har qanday holatda ham sodir boʻlishi mumkin boʻlmagan ish-harakatlar uchun baribir qila olmasdi, mumkin emas edi, iloji yoʻq edi degan ma'nolarda couldn't have+past participle shakli qoʻllaniladi.
🔸The football match was cancelled last week, Tom couldn't have played anyway because he was ill. (Futbol oʻyini oʻtgan hafta bekor qilindi, Tom baribir oʻynay olmas edi, chunki u kasal edi.)
🔸You couldn't have stayed at my house when you were in New York because I was away at that time. (Siz Nyu-Yorkka kelganingizda mening uyimda qololmas edingiz, chunki men oʻsha paytda uzoqda edim.)
⚠️Yuqoridagi misollardan bilsa boʻladiki, bu ish-harakatlar imkon boʻlganda ham amalga oshmagan boʻlardi.

t.me/masofatalim

Muallif: Khamdambek Atajanov

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.

https://t.me/masofatalim