Bilvosita so'roq gaplar (Indirect questions)
▪️ Ingliz tilida ba'zan ikkita soʻroq gap birlashib, ketma-ket qoʻllanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibiga (ega+ yordamchi fe'l) oʻtadi.
1. Do you know? ▫️ ➕ ▫️ 2. Where is the station? (ikkita soʻroq gap)
🔸Do you know where the station is? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan)
1. Could you tell me? ▫️ ➕ ▫️ 2. When will Ann arrive?(ikkita soʻroq gap)
🔸Could you tell me when Ann will arrive? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan)
⚠️do/does/did yordamchi fe'llari qatnashgan soʻroq gaplarda bunday vaziyatlarda ehtiyot boling. Ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibiga oʻtganda uning tarkibidan mazkur yordamchi fe'llar tushib qoladi.
1. Do you know? ▫️ ➕ ▫️ 2. When does the film begin? (ikkita so'roq gap)
🔸Do you know when the film begins? (bitta soʻroq gap, does yordamchi fe'li tushib qoldirilgan)
▪️ Yuqoridagi misollarda ikkinchi so'roq gaplar maxsus so'roq gaplar edi. Agar ikkinchi soʻroq gap umumiy soʻroq gap boʻlsa, bunday vaziyatda if/whether soʻzlari yordamga keladi.
1. Do you know? ▫️ ➕ ▫️2. Did he see you? (ikkita umumiy soʻroq gap)
🔸Do you know if/whether he saw you? (bitta soʻroq gap)
✅Oʻzbek tiliga tarjima qilinganda ikkinchi gap boʻlib qatnashgan soʻroq gaplar murakkab toʻldiruvchi sifatida tarjima qilinadi.
🔸Do you know where the station is? (Siz bekat qayerdaligini bilmaysizmi?)
🔸Do you know if he saw you? (U seni koʻrgan yoki koʻrmaganini bilasanmi?)
▪️ Soʻroq gaplar buyruq yoki boshqa darak gaplardan keyin ham qoʻllanishi mumkin. Bu holatda ham soʻroq gap darak gap tartibida yoziladi.
1. Tell me. (buyruq gap) ▫️ ➕ ▫️ 2. Why did she leave early? (maxsus soʻroq gap)
🔸Tell me why she left early.
1. We don't know. (darak gap) ▫️ ➕ ▫️ 2. When will she come? (maxsus soʻroq gap)
🔸We don't know when she will come.
1. I am not sure. (darak gap) ▫️ ➕ ▫️ 2. Will she be here tomorrow? (umumiy soʻroq gap)
🔸I am not sure if/whether she will be here tomorrow.
Muallif: Khamdambek Atajanov
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Masofaviy ta’lim" Telegram kanali.