Samsung smartfonini majburan o‘chirish
Samsung Galaxy Android telefonini oddiy holatda o‘chirish talab etilganida, ekranni o‘chirish tugmasini bosish va ushlab turish, keyin esa kerakli menyu bandini tanlashning o‘zi yetarli. Biroq ekran sensori ishlamayotgan, ekrani singan, blokdan chiqarish imkonisiz yoki qotgan bo‘lsa, smartfonni o‘chirishdagi holat murakkablashadi, bu ayniqsa zamonaviy Samsung’larda batareyalarni oddiy olib bo‘lmasligini hisobga olganda dolzarb sanaladi. Ba’zilar bunday holatda to‘liq smartfonning quvvatdan qolishini kutishadi, lekin bu umuman olganda akkumulyator uchun foydali emas. Shunday bo‘lsada, keltirilgan ssenariylarda uni o‘chirishning usuli mavjud.
Ushbu qisqacha yo‘riqnomada – Samsung Galaxy smartfonini, undagi apparat tugmalaridan foydalanib majburan o‘chirish haqida batafsil. Usul ushbu markadagi smartfonlarning barcha zamonaviy modellarida, shu qatorda ekrani umuman ishlamaydigan bloklangan qurilmada yoki telefon qotgan holatlarda ish beradi.
Samsung Galaxy’ni tugmalari yordamida o‘chiramiz
Va’da berganimizdek, yo‘riqnoma juda qisqa bo‘ladi, majburan o‘chirish uch oddiy qadamlardan iborat:
1. Samsung Galaxy’ni zaryadlovchi qurilmaga ulang.
2. Yoqish va ovozni pasaytirish tugmalarini birgalikda bosing va ushlab turing. Agar ushbu holatda skrinshot yaratish amalga oshirilsa, e’tibor bermang, tugmalarni ushlab turishda davom eting.
3. Tugmalatni 8-10 soniyada qo‘yib yuboring, smartfon o‘chadi.
Ko‘rsatilgan kombinatsiyaning o‘zi (ushlab turgandan so‘ng) “batareyani uzish simulyatsiyasi”ni (ishlab chiqaruvchining rasman keltirishi bo‘yicha – Simulated Battery Disconnect) chaqiradi.
Foydali bo‘lishi mumkin bo‘lga ikki izohga to‘xtalib o‘tsak:
– Ba’zi eski modellar uchun yoqish tugmasini oddiy uzoq ushlab turish varianti yordam beradi.
– Samsung’ning rasmiy sayti ko‘rsatib o‘tilgan tugmalarni 10-20 soniya davomida ushlab turish lozimligini ta’kidlaydi. Biroq, bizning tajribamizga ko‘ra, taxminan 7-8 soniya yetarli.
Umid qilamizki, obunachilarimiz orasidan kimgadir ushbu material foydali bo‘ladi.