January 13, 2025

SHE IS EVIL AND I AM HERS 🖤

2-qism
Muallif: Yui Akuma

Taehyung o'ziga tanish bo'lgan yo'l orqali Seul mafiyalarining markaziy binosi oldida to‘xtadi.

Bu bino tilla rangda jilolangan ulkan oynalari bilan quyosh nurida yaltirab turardi. Binoning atrofi og‘ir sukunatga burkangan hatto soqchilar qadamlarining tovushi ham eshitilmasdi.

U bilgan bino o'sha-o'sha devorlaridan mitti chiroq bezaklarigacha o'zgarmagan. Lekin yigit bu yerga birinchi marta kelgan his qildi. Binodan ufurib turgan aura, o'zgacha muhit va o'ta darajadagi intizom... bularning bari odamni beihtiyor bosim ostidagidek his qildiradi.

POV Taehyung
Huddi eshik peshtohiga "JAHANNAMGA HUSH KELIBSAN" deb yozib qo'yilgandek.

Taehyung mafialarning markaziy binosiga kirmoqchi bo'ldi. Lekin uni kiritishmadi. Hech qanday izoh yo'q. Soqchilardan gap olish o'limdanda qiyin. Axir hech kim o'lishni istamaydi. Soqchilar esa bunday mustasno. Ular bitta xato uchun o'limdan ancha daxshatli jazo olishlarini bilishadi.

Yigit bilgan ma'lumotlarga ko'ra hozir Seul mafialarining yo'lboshchisi o'zgargan. Taehyung o'z shaxsini pesh qilib, o'sha boshliq bilan uchrashishni talab qildim.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Binoda faqat Aureus bor edi. Liliya esa 3 kundan beri yo'q edi. Liliyani ora-orada shunday yo'q bo'lib qoladigan odati bor. Bu uning odatiy harakatlaridan biri edi, va Aureus unga o‘rganib qolgan edi. Shuning uchun Taehyungning talabi haqida eshitgach, u yordamchisiga uni kutib olishni buyurdi.

Taehyung kirishga ruxsat olgan binoga mag'rurlik bilan kirib keldi. U hozir yangi boshliq kim ekaniga juda juda qiziqardi.

Taehyung kirishga ruxsat olib, binoga mag‘rur qadam tashladi. Uning oyoq tovushlari ulkan marmar yo‘lakda aks-sado berib jarangladi. Bino ichida shinam, lekin ayni damda bu yerni muzli g'orga qiyoslash mumkin. Marmar devorlar va ustunlar har bir harakatni kuzatib turgandek vahima uyg'otar edi.

Boshliq xonasiga yetib kelgach, Taehyung bir zum to‘xtab, kiyimlari va ko‘rinishini qayta tartibga keltirdi. Yangi boshliq oldida yaxshi taassurot qoldirish kerak edi... axir. Xonaning ulkan eshigini taqillatdi.

Ichkaridan xotirjam va sovuq bir ovoz yangradi:
— Kiring.

Taehyung xonaga kirdi. Boshini ko'tarmay yangi boshliqqa tazim qildi.(bosh egdi shunga o'shash. Kareada shunaqa odatku)

Taehyung xonaga kirdi va boshini pastga egib, yangi boshliqqa ta’zim qildi. E’tiborini ko‘tarib qaraganida, uning ko‘zlari xonadagi eng muhim joyda – boshliq kursisida o‘tirgan yosh bir qizga qadaldi.

Aureus

Qizning sochlari oltindek tovlanib, xonadagi yorug‘likni o‘zgacha bezatib turardi. Uning ko‘zlari sariq, toza oynadek, xuddi butun dunyoni bilib turgandek ko‘rinar edi. Qizning yuzi esa birinchi qor kabi oppoq edi.

Taehyung bir zum qotib qoldi. Go‘yoki bu go‘zallik uni kuchsizlantirgandek edi. Ammo tezda o‘ziga kelib, o‘z odatiy mag‘rur pozitsiyasini tikladi.

Taehyung: kechirasan qizaloq lekin dadang qayerda😏? — dedi u mayin istehzoli ohangda va so‘roqsiz yonidagi kursiga bemalol o‘tirib oldi.

Taehyung

Aureus uning harakatlarini kuzatar ekan, yigitning uni boshliq ekaniga ishonmayotganini anglab yetishi qiyin emasdi.

Ko‘zlarini yumshoqgina qisdi va sovuqqina so‘radi:

Aureus:Sizga kim kerak edi?/va shu barobarida qoshlarini bir ko'tarib qo'ydi.

Taehyung: seul mafiasining yangi boshlig'i~

Aureus: u qarshingizda!

Taehyung: Nimalar deyapsan qizaloq? Otangni chaqir meni vaqtim kam🙄/ ensasi qotib.

Aureus qo'shlarini hiyol chimirdi. O'rnidan turib sekin yigitning qarshisiga chiqdi.

Aureusning yuzi sovuqlandi. Qoshlarini sal ko‘tarib, o‘rnidan turdi. Ish stolini aylanib o'tdi. Uning qadam tovushlari marmar polni teshib o‘tadigandek edi. U Taehyung tomon bir qadam yaqinlashdi va sal past ovozda dedi:

Aureus:Men Seul mafiyasining yangi boshlig‘i Aureusman. Buni isbotlashim shart emas, chunki shu yerda o‘tirganimning o‘zi isbot.

Chindan hatto mafianing qizi bo'lganda ham bu binoda yana yetmagandek shu kursida o'tirmasdi. Yigit qilgan gipotezasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi desak ham bo'ladi.

Taehyung endi bu qizning gaplarini jiddiy ekanini tushunib bo'ldi. Barbir ishongisi kelmay norozilik bildirdi.

Taehyung: bo'lishi mumkin emas! Seul Mafiasining boshlig'i ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. Sen shunchaki bu yerni egallab ola olmaysan. Seul mafialari senga
hech nima deyishmadimi?/sorosimaga tushganini darak beruvchi ovoz bilan

Aureus: ularni gapini jon deb eshitardimu lekin...

Aureus lab chetida kulgancha Taehyung o'tirgan stulning qo'l uchun mo'ljallangan qismini bir qo'lini tirab qo'ydi. Tanasi yengil egilib, ko'zlar aloqasini uzmay yaqinlashdi.

Sirini jon jahdi bilan berkitayotgan yigit, qolidan kelgan yagona ishni bajardi. Ya'ni jimlik, sovuq ifodani imkon qadar mukammal saqlash. O'tayotgan soniyalar... unga tobora yaqinlashayotgan o'zga tana iliqlik... va tugab borayotgan havo...

Qiz uning qulog'iga egilib shivirladi.

Aureus: afsuski murdalar gapirishmaydi-da😈

Taehyungning ichida bir nima jimirlab ketti. Miyyasi Aureusning gaplarini inkor etardi. U nigohini Aureusning ko'zlariga ko'chirdi.

POV Taehyung
Bu ko'zlar aldamayapti... Nahot shu kichkina qiz butun boshli Seul mafiasini qo'lga olgan bo'lsa? Menchi..? Meni unga aytgan hozirgi behurmad so'zlarim uchun nima qilarkin?

Taehyung yutunib qo'ydi.

Taehyung: haligi..men..

Aureus: Kim Taehyung. Yoshi 26 da. Seulda tug'ilgan. Ota-onasi Pusanda yashaydi. Seul mafiasining a'zosi. Ammo 1 yil oldin Londonga ketgan. Mashxur model. Bunisi ancha kulgilikuya~ Odam o'ldirmaydigan mafia🤣 Ha yana bir ma'lumot...ayni damda hayoti qil ustida turibdi😈/Aureus ohirgi jumladan keyin keng tabassum qildi.

Taehyungning nafasi ichiga tushib ketdi. Ko'zlari bir nuqtaga qadalgandi.

Hozir yigit Aureusga munosib javob ham qaytara olmaydigan holatda edi. Agar gapirsa ovozi titrashi bilan qo'rqayotganini fosh qilib qo'yardi.

Aureus yigitning bu holatiga zavqlanib qarardi. Hozir uni yanada qo'rqitishni istardi.
Qiz Taehyung o'tirgan o'rindik ortiga o'tdi. Toshdek qotib qolgan yigitning qulog'iga qayta egilib, yigit kutmagan paytda yengil pufladi.

Taehyung qulog'iga urilgan issiq havo oqimi sabab kursidan keskin qalqib ketdi. Jovdiragan ko'zlari bilan Aureusni qidirib, ortiga qaradi. Uning tillarang ko'zlariga yana to'qnash kelar ekan, o'ziga savol berdi...

POV Taehyung
U kim o'zi....

Aureus soatiga bir nazar tashladiyu dedi.

Aureus: janob kim sizga buguncha ruxsat. Meni ishlarim bor edi. Menimcha siz bilan shartnoma tuza olamiz. Ortiqcha dil hiraliklarga hojat yo'q shundaymi?

Yigitning ko'z oldidagi biroz avval gavdalandan vahshiy nigohlar tezda o'zgardi. Endi bu ko'zlar qat'iyat va sokinlik bilan boqardi. Uning qarashlarida endi odatiy soxtalik niqobi aks etardi.

U sokin bir harakat bilan boshi bilan "ha" ishorasini qildi. Ruxsat olib, o‘rnidan turdi va ohista qadam tashlab, xonani tark etdi.

Mashinasiga o'tirar ekan, anchadan beri tutib turgan nafasini qo'yib yubordi. Tez-tez hansirab nafas olardi. Bir qo'li bilan mator kabi urayotgan yuragini changallagancha bir muddat shunday o'tirdi.

Aynan shu kuni uning ongiga Aureusning ta'sviri o'chmas bo'lib muhrlandi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Liliya bu paytda kichkina, shinam bir uyda uxlab yotardi. Uning nafasi ritmik va osoyishta edi, ammo bu tinchlikning o'zida halokatli shiddatni yashirib turardi. Liliya uchun mafialik nafaqat ish, balki uning ruhiy qoniqishi edi. Odam o‘ldirish uning uchun extiyojga aylangan edi — u qurbonlariga azoblab, kamsitib, o'ldirishi iltimos qilib so'ragada ham o'zi zerikmaguncha qurbonini azroilga ham bermasdi.

U har doim shubha uyg‘otmaslik uchun oddiy hayot tarzini saqlashga harakat qilardi. Uning kichkina uyi, oddiy kiyimlari va odatiy turmushi unga "qulay niqob" bo‘lib xizmat qilardi. Ammo bu niqobning ortida yirtqich yotganini kim ham bilardi.

Ertasi kuni tongda u uyidan chiqib, oziq-ovqat do‘koniga yo‘l oldi. Savatni keragidan ortiqcha to‘ldirmasdan, kerakli narsalarni olib, do‘kondan chiqdi. U qaytish yo‘lini tanlaganda, tor bir ko‘chadan yurishni afzal ko‘rdi. Ko‘chaning sukunati qulog‘ini qomatga keltirar, qalbida qandaydir yovvoyi xavfni his qildirardi.

Birdan uning bo‘yniga sovuq bir narsa tiralib qoldi. Bu bir parcha po‘lat edi — pichoq. Unga yaqin turgan begona kishi sekin, ammo keskin tahdidli ovozda shivirladi...

X: ovozingni chiqarsang, o'ldim deyaver❗️

2-qism tugadi❗️