Qotilni seva olasanmi...?!
Aslini olganda hayotni o'zi katta bir o'yin. Biz hammamiz unda o'yinchilarmiz.
Qora TulporβJung Erika. Makkor va beqaror. U harakatlarida kutilmagan bo'lishni yaxshi ko'radi.
Shu sababdan ham chalg'ituvchi so'zlar bilan Aureusni hayollarini og'dirmoqchi.
Taehyung undan eshitgan so'zlari ta'sirida haykaldek qotgancha turardi.
POV Taehyung
Bu bilan nima demoqchi bo'ldi?
Erika: men bilan ket. Shunda barcha savollaringga javob beraman.
Ayolning keyingi nishoni Aureus edi.
Qiz jovdiragan ko'zlarini unga tikar ekan, Erika deyarli maqsadiga yetganini angladi.
Taehyung: hech qachon! /xonada Taehyungning ovozi jarang sochdi.
Yigit shiddat bilan borib, qizni o'ng qo'lidan tutib, majburan bag'riga bosdi. Aureus tipirchilab, chiqishga urinarkan, metin qafasdan chiqa olmasdi go'yo.
POV Taehyung
Ular bilan keta olmaysan...mumkin emas. Bu xavfli. Bila turib seni ketkazib yubora olmayman.
Erika o'ylagandiki, qiz ketishni istasa, yigit biror nima qilolmaydi. Lekin hozirgi vaziyat, u tassavur qilgandan farq qilardi.
Hafsalasi pir bo'lgancha ularga tikildi.
Ammo qisqa soniyalar ichidan bir daydi o'q qizning bo'yin sohasiga kelib tegdi.
Yo'q... Bu o'lim olib keladigan o'q emasdi, bu uxlatuvchi o'q.
Soniya o'tmay keyingi o'q yigitning chap yelchasiga tegdi. Ular vaziyatni tushunishlaridan oldin, hushlarini yo'qotgancha yerga qulashdi.
Eshik ochilib, undan baland bo'yli zulmat rangidagi plash kiygan odam kirib keldi.
Erika o'zi kutmagan va tahmin ham qilmagan odamni ko'rdi u yerda.
U chetga chiqib tazim qildi. Nigohidagi yashirin hayrat bilan unga boqdi.
POV Erika
Hatto bu shox bo'lgan taqdirda ham, o'yinchining o'zi kelishini kutmagandim.
King Amaruni taniganidan beri u haqida biladigan yagona ma'lumotim bu u qoidalarni buzmasligi edi. Ko'rishimcha u haqida hech narsa bilmas ekanman...
Amaru og'iz qadamlar bilan yerdagi ikki tana qarshiga keldi.
Kuchli harakat bilan dastavval qizni yigitdan ajratib oldi. Keyin biroz tinchlangandek ehtiyotkorlik bilan Aureusni qo'llariga ko'tardi.
Erika: uni nima qilay/boshini ko'tarmasdan so'radi.
(Ko'ngliz joyiga tushdimiπ )
βββββββββββββββββββββββββ
Shu tunda ammo boshqa yerda kimlardir hayot-mamot uchun kurashishardi.
Liliya uch kamerali xonaga qamalgandek ularni hujumini kutib jim turardi.
Qora Farzin-Si Woo.U o'zini tahlikali va halokatli his qiladi, chunki har qanday yurish qasddan qilingan urinish bo'lishi mumkin.
Si Woo: Alvido/hunuk jilmayish bilan gavdasi ortidagi uzun o'roqni chiqardi va hujumni boshlab berdi.
Ulkan o'roqni kuch bilan Liliyaning oyoqlariga yo'naltirdi.
Bu orada qiz abjirlik bilan sakrab qolishga ulgurdi. Keyingi zarba bo'yniga bo'ldi. Liliya o'zini ortga olib, sovuq temir zarbidan saqlanib qoldi.
Qora fil-Seo Yun. Sukutli va hushyor. Harakat qilishdan oldin chuqur o'ylanadi, raqib donalarini sinchkovlik bilan kuzatib boradi.
Qiz o'zini ortga olganda muvozanatni yo'qotishini kutib, o'sha tomonga...bel umurtqasining 3-sini mo'ljallab, qo'lidagi temir to'qmog'ini uloqtirdi.
Bir soniya va Liliya boshqa oyoqda tura olmaydigan holatga kelardi. Ammo so'nggi sonigada kimdir uni to'sib, to'qmoqni ushlab qoldi.
Yosho: ko'rishmaganimizga ancha bo'libdi yigitlar~
Si Woo: endi o'yin qiziydi/telbalardek irshaydi.
POV Seo Yun
Bu uzoqqa cho'ziladi agar...
Soe Yun zumga nigohini bir chetda kuzatib turgan yigitga qaratdi.
Oq Farzin βChve Yosho. g'alabaga tashna. U ko'p vazifani bir vaqtda bajaradigan, xuddi rahbar kabi, va o'z harakatlaridan zavq oladi. Har bir yurishda g'alaba yo'lini ko'radi va o'z vazifasiga kuchli ishonch bilan qaraydi.
Yosho:mendan qarzdorsan yoqimtoyπ
Yosho: bu ikkisini o'zim amallayman.
Yosho ishonch bilan bir vaqtning o'zida Farzin va Filga qarshi kurasha boshladi.
Qiz boya olomagan kichik ammo mustahkam to'pponchalarini olib, Ye Jun tomon o'qtaldi.
Qora Rux-Ye Jun. Kurashuvchan va sabrli.
Qora ruh o'z pozitsiyasini himoya qiladi va hujum qilishga qaror qilganda, qattiq zarba berishni xohlaydi.
U har bir raqibni ehtiyotkorlik bilan kuzatadi va o'z vaqtida hujumga o'tadi.
Turgan joyidan qo'zg'algan yigit Liliya tomon yurdi. Yo'l-yalkay lablariga qistirib turgan sigarani ham yerga tashlab yubordi.
Liliya mo'ljallab uning yelkasini poyladi. O'q temir to'pponcha burnidan chiqishidan avval Ye Jun ikki tig'li pichog'ini qizni qorin bo'shlig'iga qadashga ulgurdi.
O'zini tutishga qancha urinmasin, labi qirg'og'idan toshgan qon, qizni yaralanganini yaqqol isbotlab turardi.
Ye Jun ikkinchi qo'li bilan boshqa huddi shundan pichoqni olib zarba uchun yuqoriga ko'tardi.
POV Liliya
O'layotgan odamni ko'ziga butun o'tgan hayoti, yaqinlari va sevganlari ko'rinadi deyishardi. Menda esa hech narsa...shunchaki bo'shliq.
Qiz o'limni bo'yniga olib, ko'zlarini yumdi. Biroq tanasining yuqoridan pastga qulaganini va yengil mato ustiga qulaganini sezdi.
Liliyaning qorin bo'shlig'ida yana bir teshik hosil bo'lishidan oldin, Yosho hujumni qabul qilib, uni binodan pastga irg'itib yuborishga ulgurdi.
Qiz eski kiyimlar saqlanadiga quti ustiga tushdi.
Ye Jun maqsadini o'zgartirmagancha yana Liliyaning ortidan bormoqchi bo'ldi.
Toki Yosho uning oyog'i ostiga Qora fil-Seo Yunni hushsiz tanasini tashlamaguncha.
Yosho:qayergaπ axir bazm endi boshlandikuπ
βββββββββββββββββββββββββ
Liliya qon oqimini to'xtatishga urunib, artofidagi kiyimlardan birini jarohat ustiga bosdi.
Poyma-poy holsiz qadamlar bilan yurib borarkan, aqalli kichik shifoxonaga yetib borishga urunardi. Tasidagi og'riqlar yetmagandek, qiz isitmalab, ko'cha devoriga suyanib qoldi.
Shu ko'cha orqali uyiga qaytayotgan yigit uni payqab qoldi. Yugurgilab keldiyu, qizni savollarga ko'mib tashladi.
Yoongi: hoy ahvolingiz yaxshimi? Hoy eshityapsizmi?
Yigit tezda politsiyaga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi. Lekin...
POV Yoongi
Pichoqlangan. Ko'rinishidan kimdandir qochayapti. Politsiya esa...Ulardan foyda yo'q.
Liliyani suyab, uyiga olib bordi. Ko'p vaqt o'tmay ularga yetib kelishdi. Yoongi eshikni ochib, qizni uyga olib kirdi.
Hushini yo'qotib ulgurgan qizni qiynalmay ko'tarib o'z xonasidagi yotoqqa joyladi.
POV Yoongi
Harbiy akadimiyada birinchi yordam kursini tugatganimdan endi afsuslanmayman.
Qizning ustidagi qora koftaning pastki tugmalarini bo'shatib, mato bilan yopilgan jarohat o'rnini ochdi. Chuqur jarohatni avval tozalab, tikdi.
Liliya ora orada igna sanchilganida kuchsiz ingrab qo'yardi holos. Yoongi bint bilan yarani bog'lab qo'ydi.
U yengil nafas olib, ko'zlarini qizga qaratdi.
POV Yoongi
Bu yoshida nimaga bu ishlarga aralashib yuribdi ekan?
Endi uning e'tiborini qizni bo'ynidagi tumor tortdi. Kichik qulf shaklida edi. Yigit tanish tuyuldiyu, lekin eslolmadi.
Charchagani sabab, yotoqni boshqa tomoniga o'zini tashlab, uyquga ketdi.
βββββββββββββββββββββββββ
Amaru Aureusni qora qarorgohga olib bordi.
Erkak qo'ligadi kichik jussani ko'tarib shahdamlik bilan ildamlagancha bino ichkarisiga kirib borarkan. Bino xizmatchilari turna qator tizilgancha, uni kutib olishdi.
Qora qarorgoh butunlay o'yinchiga tegishli bo'lgan maskan hisoblanib, aynan shu yerdan turib, u butun o'yinni boshqaradi.
Amaru odatiga ko'ra o'zi uchun ajratilgan lift tomon bordi va eng yuqori qavat tugmasini bosdi. Eshik yuqorisidagi kichik ekranchada qavatlarning nomlari vaqti-vaqti bilan o'zgarib turdi. Oxirida esa "King Amaru " nomi ekranga chiqdi.
Erkak liftdan chiqib, offis uslubida jihozlangan xonadan o'tib, yon tomondagi dam olish xonasiga kirdi. O'sha yerdagi eng qulay o'ringa qizni joylab, xona normal issiqlikda bo'lsada ustidagi plashini yechib, qizni oyoqlaniga yopib qo'ydi.
POV Amaru
Meni xazinam, g'azmanga hush kelibsan~
Qizni yuziga tushgan sochlarini qulog'i ortiga surdi.
βββββββββββββββββββββββββ