Qotilni seva olasanmi...?! 6-qism
Osmondagi bulutlarning ovzoyi buzulishi bilan, butun shahar yomg'ir ostida qoldi. Havo nam va sovuq. Tun kirishi bilan shahar aholisi o'zlarining issiqqina uylariga kirib o'z oilalari bag'riga, kimdir onasi, yana kimdir akasi, hech bo'lmaganda mushukchalarini yoniga qaytishdi.
Bir kishi borki, bularning baridan mustasno. U bedor yurgancha maqsadi sari olg'a intilardi.
Shaharning g'arbiy tomonidagi barcha tunggi klub yopilgandi. Lekin uning qarshisidagi ustaxona chiroqlari hali ham yoniq.
Frey to'dasi a'zolari uchun vaqtinchalik boshpanalardan biri bo'lgan bu ustaxona, hozir ham ularni yaxshi yashirmoqda. Ustaxona yog'och buyumlari tayyorlashga ixtisoslashgani uchun, deyarli hech kim tekshirish uchun tashrif buyurmasdi.
Bu esa taxta buyumlar orasiga qora dori berkitib sotishga ajoyib qulayliklarni yaratardi.
Kechki soat 2:24 larga yaqin hamma noz uyquga ketdi. Soat 3 da esa ustaxonaning yuqori oynasidan ichkariga tezlikda sharpa singari sezdirmasdan yigit kirib keldi.
Xurrak otib uxlayotgan erkaklar atrofidan o'tib borib, umumiy zaldan o'tib, burchakdagi kichik xona eshigini ochdi. Ichkarida yog'ochdan tayyorlangan tamaki uchun g'iloflardan bir qancha bor edi.
U bu yerda anchagina qora dori solingan qobchalarni topishni kutgandi.
Yigit shubhali nigohlar bilan xonani iskab chiqa boshladi. Baxtga qarshi boshqa hech vaqo topa olmadi.
Haflasa bilan asabiylashgancha yog'och g'iloflardan biriga qo'l cio'zgan edi hamki, bo'yin qismida joylashgan uyqu arteriyasi qismiga berilgan yengil zarbadan hushini yo'qotdi.
Tana o'z nazoratini yo'qotgancha yerga quladi.
Uni qulashini ikkita sovuq va hissiz ko'zlar kuzatib turardi.
βββββββββββββββββββββββββ
Aynan shu yomg'irli kundan o'rnam bag'ridagi uychada boshqa bir ikki kishi kichik suhbat qurishardi.
Taehyung vaziyatni o'z yolg'oni bilan qorishtirib aytib berdi qizga.
Uning qarshisidagi qiz esa zangori ko'zchalarini hayratdan katta ochgancha hamma gaplariga chippa-chin ishondi.
Aureus: demak bari o'sha yong'in sabab, siz o't o'chiruvchosiz va meni boshqa boradigan joyib bo'lmagani uchungina o'z uyingizga olib keldingizmi?π³
Taehyung hijolatomus uyalib bosh silkidi.
Dedi qiz yigit bilan bo'lgan barcha noqulay holatlarni eslamagancha....yoki so'rash uchun beti chidamadi. Hayotini qutqarib qolganini oldida shunday kichik noqulayliklarni unutishga qaror qildi.
Taehyung mayin va kichik tabassum qilib qo'ydi.
Keyin xonada telefonning vibratsiya ovozi eshitildi. Yigit istamaygina nigohini qizda ko'chirib, telefon ekraniga qaradi.
Ekaranda "nomalum raqam" so'zini ko'rgach, hafsala bilan uni olib boshqa xonaga chiqdi.
Undan oldin xushmomilalik bilan ogohlantirishni ham unutmadi.
Taehyung: Men hozir...ππ
Yigit ancha uzoqdagi ayvonga chiqib o'sha qaramga qayta qo'ng'iroq qilar ekan, endi uni butkul boshqa inson deb atash mumkin edi.
Boyagina jilmayindan beri kelmayotgan yuzida endi birorta ham chiziq yo'q. Porlayotgan ko'zlar o'rnida sovuq muzliklardagi o'liklik hukm surmoqda. Qoshlar biroz chimirilgan, ammo shuning o'zi bu kishining jiddiy ekanini aniq ifodalab turardi.
Yigit uzoqlarga qaragancha jim turardi toki go'shakni boshqa tomonidan ovoz kelmaguncha...
-bu yoningdagi kichik xonim tufaylimi...?
Aureus haqida shunchaki ishora bilan so'zlaganining o'ziga asablari qo'zib, yirtqichdek tishini-tishiga tiradi.
Taehyung: uni tilinga ham olma..π‘π£/vajohat bilan o'shqirdi.
-qo'rqadi deb o'ylaysanmi?π
Taehyung: seni ogohlantirdim....o'lganingdan keyin buni foydasi bo'lmasligi mumkinπΏ
Shiddat bilan suhbatni yakunlagan yigit, tinchlanish uchun chuqur chuqur nafas oldi.
So'ng ust boshini bir qayta tatibladida qizni yoniga " o'sha samimiy" qiyofa bilan qaytdi.