Qotilni seva olasanmi...?!
Ko'cha o'rtasi har kungidan gavjun. Bolalar quyoshning ilk nurlari ostida maktab tomon oshiqishar, o'smirlar esa ishga va o'qishga ketisharkan, o'sha ko'cha chekkasidagi kichik qahvaxona tonggi qahva hidi ufurib turardi.
Tashqi devorlari butunlay oynadan iborat va tashqi qismi gul tuvaklari bilan to'lgan mo'jazgina qahvaxona unchalik mashhur bo'lmasada, o'zga yarasha mijozlarga ega edi.
Qahvaxona kichkina bo'lganligi sabab, unda bor yog'i birgina ishchi bor. U ham bo'lsa baland bo'yli hushbichim yigit. Bundan tashqari hushmomila ham. Shu atrofdagi ba'zi o'quvchi qizlar uni ko'rish uchungina shu yerga kelishardi.
-Sho oppa~ bizga 2 finjon qahva va qaymoqli shirinlikππ/doimiy ravishda kelib turadigan qiz ovozberdi
Bunga javoban jilmayib qo'ygan yigit bar oldiga borib qahva damlashga kirishdi.
Ish qizigan bir paytda eshikning kichik oltinrang qo'ng'irog'i oddatdagidek yangradi. Bu ovoz yangi mijoz kelgani haqida ishora. Sho ish bilan mashg'ul bo'lsada, endigina kelgan mijozni be'tibor qoldirmaslik maqsadida o'girilish bilan bir maromda dedi.
Sho: Satu qahvaxonasiga hush kelib...
Shoning ovozi birla chehrasidagi kulgu ham so'ndi.
Eshikdan kirib kelgan erkak oq sochli ammo yosh yigit bo'lib, umuman sovuqlikni ifoda etmayotgandi. Quloqlarida tillarang uzun sirg'a bo'lib o'ziga juda yarashgandi. Ko'zlari esa to'q qizil rangli.
Sho qalin qoshlari jiddiylikni ifoda etgancha, so'zsiz bar yonidagi zinadan tepa qavatga chiqib ketdi.
Uning munosabatiga allaqachon ko'nikib qolgani sababli, o'zi bilgan yo'l orqali pardalar bilan yopilgan devor qarshisidagi maxsus kabinaga kirib ketdi.
Pardalar ortida to'q qirmizi xona, ikkita qora kreslo va retro usuldagi stol, stol ustida esa shaxmat taxtasi bor. Shaxmat donalari azaldagidek bir tekisda taxlangan emasdi. O'yin boshlangan...ammo tugallanmagan.
Sho o'sha norozi g'azab aralash qiyofa ikki finjon qahva olib kirdi.
Kresloga o'z uyidek joylashib olgan yigit, qirg'iy nigohlarini unga qaratdida mazahomuz jilmaydi.
-men ham seni ko'rganimdan xursandmanπ
Kulrang paltosining yoqasini bir yo'li to'g'irlagancha davom etdi.
-Mm meni ahvolimni bilmoqchimisan?!π€ͺ...men ham yaxshimanππ
Sho tosh qotgan yuzi bilan xonani sassiz tark etdi.
Yolg'iz qolgan erkak stol ustidagi finjonni qora charm qo'lqop taqilgan qo'liga olgancha, aslzodalardek odob ila lablariga olib bordi.
Xona pardalari shamol yelib o'tgan kabi bir yengil silkindiyu, qahva ichayotgan erkakni qulog'idan mm uzoqlida devor ustiga oshxona pichog'i shiddat bilan sanchildi.
Liliya: bu yerda nimangni yo'qotding Yosho..π£
Erkak hech narsa bo'lmagandek qahvani ichishda davom etdi. Hatto atayin qahva ta'midan lazzatlangan ekanini ko'rsatib ko'zlarini yumdi va iljaydi.
Pichoq sopidan qo'lini bo'shatgan qiz, qarama-qarshi tomondagi charm kresloga hafsala bilan o'tirdi.
Liliya: sabrini sinama oxiri yaxshilik bilan tugamaydiπ π£
Iljaygan qiyofani kanda qilmasdan, so'z boshladi Yosh.
Yosho: navbatdagi yuzishni tugatganing bilan tabriklayman yoqimtoy~
Xonadagi sovuq atmosferaga mos ravishdagi ko'zlar bilan Liliya unga qarab turardi.
Liliya: oladiganingni ol va ket/Liliya ko'zlari bilan unga maxfiy xonani ishora qildi.
Lekin qizil ko'zlar o'z nishonini o'zgartirmadi.
Yosho: bu yerga seni sog'inganim uchum keldim desamchiππ
Soniya ichida ikkinchi qulog'i ostidan uchib kelgan pichoqni his qildi.
Yosho: Ha aytgancha o'yinchini aytishicha anavi pandavaqini sovg'a sifatida olishing mumkin....
Gap orasida kesatishni ham unutmadi erkak.
Yosho: ...axir barbir sen odam o'ldira olmaysan/sokin, uncha baland bo'lmagan kulgu bilan turib, shunchaki ketdi.
βββββββββββββββββββββββββ
O'sha bino. Bulutlardan baland. mahobatli va qabriston kabi o'liklikning asl namunasi.
O'sha inson...Hali ham uzoqlarga tikilgancha o'ylayapti.
βββββββββββββββββββββββββ
Kun davomida uyda vaqt o'tkazgan juftlik, kechga yaqin yonma-yon o'tirgancha kino tomosha qilishardi.
Ya'ni ha Aureus tomosha qilayotgandi, ammo Taehyungning ko'zlari bundan mustasno, ular o'zi uchun qiziqarliroq manzara topgan nazarimda, soatlar o'tsada, kiprik qoqmay, qizni kuzatardi. Kino boshidan oxirigacha uning har bir mimikalariga e'tibor qaratib turardi.
Birdan atrof zulmatga cho'mdi. Chiroq va lampa yorug'liklarisiz qilgan xonani endi oy kuchsiz nurlari bilan yorita boshladi.
Televizor deraza toknasining ostiga qo'yilgani uchun, tashqaridan oy shulasi kirib, oyning o'zi ham yaqqol ko'rinish berdi.
Endilikda ko'zlarini oyga ko'chirgan Aureusni o'chib qolgan chiroqlar hech havotirga solmasdi.
POV Aureus
Oy... u juda chiroyli. Otam aytardi... bizdan uzoq bo'lgan yaqinlarimni oy orqali aksini ko'rishimiz mumkin ekan. Otamni o'limidan so'ng har kech oyga tikilardim, balki ko'rinib qolar deb...
Yigit esa oy nuri yarim yuzini yoritib turgan, zangori ko'zlari yana yorqinroq jilovnayotgan qizdan hohlasa ham ko'zlarini uzolmayapti. Aslida chiroq o'chish sabablarini tekshirishi kerak. Ammo go'yo zanjirlangandek joyidan qilt eta olmasdi.
POV Taehyung
Uning oy ostidagi qiyofasi....Chindan jozibali...π³
Xonaning qorong'u qismidan kelgan begona oyoq sadosi uning romantik o'ylarini haydabgina qolmay, avtomatik himoya rejimini ishga tushurdi.
Taehyung bir zumda qizning tanasini o'z tanasi ichiga yashirdi. Behosdan kelib qolishi mumkin bo'lgan daydi o'qdan himoya qilish maqsadida.
To'satdan bo'lgan holat tufayli, Aureus sarosimada yigitning quchog'idan chiqishga urunarkan, Taehyungga bu zarracha ta'sir qilmasdi.
POV Taehyung
Keyingi yurish men tomon bo'lishini tahmin qilmagandim....Lanati* Hisob-kitoblarim bo'yicha ular "Shox" ni izlashayotgandi.
Lekin....hech qanday o'q, hech qanday hujum yo'q. Buning o'rniga birozdan so'ng qayta chiroq yondi.
Xonada o'zgarish bor. Endi odamlar soni uchtaga ortdi.
Taehyung qizni quchib turarkan, ular o'tirgan divan ortiga ularni kuzatib turgan qahrli ko'zlar egasini payqadi. Payqadiyu, sabchib o'rnidan turdi va tezda qizni ortiga yashirdi.
POV Taehyung
Qora o'yinchi...?
Keyingi silkinishdan keyin Aureus qo'lidagi boshqa ulkan qo'l tomonidan siqilishini his etdi. Taehyungning yelkasi osha oyoq uchida turgancha oldinga qarar ekan hayratdan ko'zlari keng ochildi