SHE IS EVIL AND I AM HERS 🖤
Liliya bo'ynidagi pichoqqa bir nigoh tashladi-da, ikkilanishlarsiz ortiga o'girildi.
Pichoq egasi qarshisidagi qizga qaradiyu, adashib boshqa qizni ushlab olganini fahmladi.
Erkak qarshisidagi qizni sinchiklab ko‘zdan kechira boshladi. U yuzida sezilarli o‘zgarish paydo bo‘ldi: u noto‘g‘ri odamni ushlaganini fahmladi. O‘zini bosolmagan holda so‘kindi.
Shahardagi taniqli yo'llanma qotil.
Liliya yuzida hech qanday hissiyot ifodalanmagan holda hali hamon miyyasiga kelgan barcha so'kinishni tiliga chiqarayotgan erkakka ma'nosiz qarab turardi. U Yoongining ichida g‘azab bilan alangalanayotgan so‘zlar to‘foni oldida sokin va beparvo turishni davom ettirdi.
Yigit qizga nigohini qaratdi. Endi e'tibor berib qaradi... u oldin Yoongi o'ldirgan odamlarni hech biriga o'xshamasdi. Ular doim Yoongidan qo'yib yuborishlarini so'rashardi, yig'lashardi, qichqirishardi, qaltirashardi, qochishga urunishardi va hatto ba'zilari hayoti evaziga pul ham taklif qilishardi. Ammo...bu qizning boshidan beri bir tuki ham qimirlamagandi.
Erkakni g'ashiga tegadigan holat. O'zi odatlangan hukmron atmosferani hosil qilish uchun keskin urunish. Qo'rqitish uchun qizni devorda shiddat bilan qadadi. O'zi esa unga juda yaqin kelib pichoqni botirdi. Lekin Liliya ruhsiz qo'g'irchoq kabi uning bu ishiga ham reaksiya bildirmadi. Faqat unga qarab turardi holos.
POV Yoongi
Oddiy qiz....Hh g'alati darajada chiroyli, oppoq yuz va qop-qora soch. Lekin ko'zlari...ohirgi marta bunday nigohni qachon ko'rganimni eslay olmayman. Talvasaga tushish asorati butonlay yo'q. O'ta sokin.... qizchani qo'yib yubora olmayman. Hozirni o'zida o'ldirsanmikan...? Ammo bu qiz nega mendan qo'rqmayapti...
POV Liliya
Qopol va juda e'tiborsiz. Hatto o'ljasini kim ekanini ajrata olmaydigan qotil🙄
Yoongi: nima mendan qo'rqmayapsanmi?😏/lab chetida kulib yuzini yanada qizga yaqinlashtirdi.
Liliya: sen qo'rqinchli emassan!
Yoongi qovog'ini osib, qizni devorga yanada yopishtirdi.
Yoongi: hoy qizcha men sendan ancha kattaman. Shunday ekan hurmad bilan muomila qil. Va yana hozir hayoting meni qo'limda ekanini ham unutma! /yigit har bir so'zini aniq takidlab o'tdi.
Bu juda tanish tahdidli ohangda qulog'i ostida hurmad so'rab aytilgan so'zlar... o'ta jirkanch xotiralar... Uni aslini yo'q qilgan o'tmishni ko'z oldida gavdalantirdi.
Erkak har bir so‘zni sekin, aniq ohangda ta’kidladi. Ammo bu ham Liliyani to‘lqinlantirmadi. Aksincha, qizning ko‘zlarida qiziqish chaqnadi. Erkakning qanchalik qopol, hurmattalab va g'ururli ekaniga guvoh bo'ldi. O'xshashlik yuqori. Aynan shu sabab Liliya endi unga qiziqa boshladi. Uni sindirishni istab qoldi. Mana shu unga pesh qilayotgan shaxsiyatini oyog'i ostiga olib majag'lab tashlashni xohlardi. Ichidagi ishtiyoqni sezar ekan, Liliya Yoongi o'ljasi qilib tanladi.
Va u bilan o'yin o'ynashni boshladi.
Liliya:...senga imkon beraman. Meni hozir o'ldir, yoki ortinga qaramay qoch...
Yoongining qoshlari chimirildi. U tushunmasdi nega bu qiz bunday deyayotganini?
Liliya: 1...2...3 afsus imkoniyatdan foydalana olmading. Endi bundan keyin bo'ladigan ishlarga meni emas o'zingni aybla...
Liliya tezda Yoongining bo'yniga zarba berdi. Kerakli nuqtaga berilgan bosim sabab yigit hushidan ketdi.
Taehyung yana mafialarning markaziy binosiga bordi. Uni bu safar hech kim to'xtatmadi. Sababi uni kelishi haqida qo'riqchilar va hizmatchilarning bari gohlantirilgandi. Taehyung o'sha xonaning eshigiga yaqinlashar ekan, yana yuragi tartibsiz ura boshladi.
O'ziga o'zi shu yerga kelgunicha "sovuqqon ko'rinish kerakligi" takidladi.
Nega o'zi bilan gul olib kelganini esa hatto o'zi bilmasdi(😂)
Taqillatishga yuragi betlamasdi.
Birdan ichkaridan sado keldi
Aureus: balki turavermay, ichkariga kirarsiz?
Hozirdan dovdirayotganidan uyalib ketgan yigit, boshini ekkancha xonaga kirdi.
Yoongi ko'zlarini ochganida o'zini qorong'u xonada ekanini payqadi. Tepasida esa birgina kichik chiroq yonib turadi. Tanasini qimirlatmoqchi bo'lganida, stulga bog'lab qo'yilganini sezdi....
U stulga bog'langan holda chamasi 2 soatlarcha o'tirdi. Keyin xona eshiklari ochildi. Tashqari o'ta yorug' bo'lganligi uchun yigit ko'zlarini yumib oldi. Keyin yana atrofni zulmat qopladi.
Sokin qadamlar bilan Yoongining yoniga kichik bir jussa keldi.