SHE IS EVIL AND I AM HERS 🖤
Kirish uchun rixsat olgan Taehyung xonaga kirdi. O'zi bilan olib kelgan gulini qo'li bilan ortiga yashirib olgandi. Gapni qanday boshlashni bilmas, ko'zlari hali ham yerda edi. Harakatlari esa asabiylashayotganini oshkor qilardi.
O'z kursisida hujjatlar bilan band bo'lgan Aureus bir muddatdan keyin, qorachiqlari nishonini o'zgartirdi. Nihoyat xonada nozik soda zarangladi.
Beozor ammo o'ziga hos tovuq ohang erkakni o'ziga keltirdi go'yo. Shoshib boshini ko'tararkan, tushunarsiz noqulaylikdan ortidagi gulni uzatdi.
Masofani qisqartirish uchun tashlangan qadamlar, katta stol qarshisida tugadi. Erkak kaftlarining siqimlashidan ozod bo'lgan gullar, kichik kaftlarga tushdi. Qiz gullarni qo'lida ushlab, ularga qaraganida, uning barmoqlari gullarning barglarini muloyimlik bilan silaydi.
U ham bir oz hayajonlangan, lekin buni ko'rsatishni hoxlamasdi.
(faqat boshqa kiyimda ok?!😉)
POV Aureus
Oppoq moychechaklardan tayyorlangan guldasta....chiroyli
So'ng unga qaradi. Taehyung hozir oyisidan bajargan yaxshi ishi uchun maqtov kutayogan boladay Aureusga tikilib turardi.
Aureus: raxmat/qiz samimiy jilmayib qo'ydi.
Bu gal Taehyungning yuzi ham nim pushti rangga kirdi. Gullarni guldonga joylandi.
Xonadagi yorug'lik gullarning ranglarini yanada jonli qilib ko'rsatadi, havo esa yengil atir hidi bilan to'ldirilgan.
Aureus o'z kursisiga o'tirdi.
Taehyung uni qarshisiga joylashdi.
Aureus: xo'sh ishga qaytsak/qizning yuzidan sal avvalgi samimiyat yo'qoldi. U yana sovuqqon tillarang ko'zlari bilan yigitni nishonga oldi.
Aureus: Seul mafiasining tarkibi yangilangan.....yog'e anchagina qisqartirilgan demoqchi edim/lablari chegarasi yoyildi.
Taehyungning qulog'iga kirayotgan so'zlarni miyyasi tahlil qilardi. Barmoqlari bilan esa o'zini tinchlantirish uchun kursining yon tomonini ezib qo'yardi.
Aureus: shu sabab qoidalar ham o'zgartirildi. Endi bu tashkilot a'zosi bo'lmoqchi bo'lgan har kim tovon to'lashiga to'g'ri keladi.
Taehyung: qay tarzda?/ohista so'radi
Aureus: sizning moda yo'nalishidagi kompaniyangiz bor deb eshitdim.
Aureus: Menga undan sarmoya ajratasiz....
Taehyung boshida juda hayron bo'ldi.
POV Taehyung
Sarmoya? Demak shu ekanda... nima bo'lsa ham, tirik qolish va qayta Seulda o'zimni tiklab olishim uchun ham bu zarur. Bunday o'ylab qaraganda, u kuchli va qat'iyatli, ammo juda yosh. Boyagi yuz tuzulishi....menimcha u men o'ylagandan ancha sodda.
Uning ko'zlari meni o'qiyotgandek. Lekin bu qat'iyatli qarashlar ostida yashirin bir noziklik bor. Men uni ilintira olsam, bu o'yinda g'alaba qozonishim mumkinmi...?
Taehyung: yaxshi siz aytkandek bo'la qolsin.
U o'z hayollarini o'zi maqulladi. Kelasi kun uchun reja tuzar ekan, hali kim bilan o'yin o'ynamoqchi ekanini hayoliga ham keltirmasdi.
Yoongi: hoy sen *..meni qo'limni yech****🗣/bor ovozi bilan baqirdi.
Yigit og'ziga kelgan yomon so'zlar bilan baland ovozda buyruq berar ekan, yuziga tushgan tarsaki zarbidan jimib qoldi. Hali soniya o'tmay, jag'ida siqilishni his qildi. Keyin Yoongi unga g'azab ila boqib turgan ko'zlarga to'qnashdi.
Qizga qarab turib ichi zil ketdi. Ha uni ko'zlari daxshatli darajada chiroyli va tubi yo'q jarlikka o'xshaydi. O'sha jarlikda esa istalgan odamni qovurib tashlaydigan alanga yonardi.
Qiz Yoongining jag'ini shiddat bilan siqib oldi.
Liliya: bu meni birinchi va oxirgi ogohlantirishim...MENGA HECH QACHON OVOZINGNI KO'TARMA
Yigitning yuziga navbatdagi tarsaki tushdi. Liliya ovoz to'nini pasaytirib yana hotirjam aytdi.
Liliya: Men senga aytgandim. O'ldir degandim. Ammo berilgan imkoniyatdan foydalana olmading. Endi sen meni o'yinchog'imsan.
Yoongi: meni kimgadir tegishli deb o'ylaysanmi? /boshini masqarabonus qimirlatdi.
Liliya: kimgadir emas. Menga!!!
Yoongi: hh seningcha men bunga yo'l qo'yamanmi?/yigit Liliyaga allaqachon g'olib nigohi bilan iljaydi.