Qotilni seva olasanmi...?!
Yigit ko'z qorachig'ini yuqoridan pastga qarab harakatlantirgancha jim turardi. O'ylayapti....
Aslida yigitni yomon niyati yo'q. U qizni uyiga olib keldi, davoladi... shunchaki bu qizni tirikligi kelajakda Yoongiga qo'l kelishini taxmin qildi. Agar hamma ish yaxshi ketsa, Liliya sudda Frey to'dasiga qarshi guvohlik berishini reja qildi.
Ammo uning umidlarini yaxshilik istab qilingan deyish...odamga malol keladigandek.
POV Yoongi
O'yla nima desam bo'ladi?
Liliya: ho'shsh /yana ham qat'iyroq gap bilan bosimni oshirdi qiz.
Liliya manipulatsiyani mahorat bilan ishlatarkan, bu yo'l bilan Yoongini siquvga olib, haqiqatni bilib olish payida edi.
POV Yoongi
Balki haqiqatni aytarman... yo'q bo'lmaydi....
Odamlar siquvga olinganda ikki xil yo'l tutishadi. Yo yolg'on yoki haqiqat. Ikki vaziyat ham siquvni bostirib kelayotgan bosimini yengillatadi. Va inson baribir o'z tabiatini oshkor qilib qo'yadi.
Liliyaga ham shu kerak. Yolg'onmi yoki haqiqat bu muhim emas. Muhimi Yoongi bilan tanishish. Ya'ni uning fe'l-atvorini, ishini, maqsadlarini, Liliya uchun kelajakda foydali yoki zararli bo'lishi mumkinligini o'rganish.
Liliya: π€¨/keyingi harakat qoshlarni tepaga ko'targancha so'roqli ishora bo'ldi.
Qoshlar orasida bir chiziq paydo bo'ldi. Chakkasidan sovuq ter oqib, o'zini shisha ichiga tushib qolgan sichqondek his qilardi.
POV Liliya
Juda cho'zdida...Yolg'on to'qish shunchalik qiyinmi? Bo'laqol endi...ππ€¦π»ββ
Axiyri Yoongining og'zidan 3 jumla o'q singari otilib chiqdi.
Shu xonaning yagona derazasi orqali tomda joylashgancha butun bir suhbatni boshidan beri eshitib kelayotgan yigit, oq kipriqlari orasidagi masofani kichraytirdi. Sigara qistirilgan lablari bilan jilmaydi...
βββββββββββββββββββββββββ
Qalin o'rmon bo'ylab, tezligi sabab deyarli uchib sport mashinasi kelardi.
Ruldagi yigit sabrsizlikdan tinmay mashinaga oldinga intilishni buyurgandek gazni bosar. Ichidagi siqilib uni yemirayotgan havotir tufayli tomirlari bo'rtib chiqqan qo'li orqali rulga yetarlicha bosim berardi.
Yarim tunda ulkan ko'l bo'ylab qayiq(kichkina yaxta, yog'och qayiq emas) suzishni boshladi. Ko'lni yarmini kesib o'tgach birdan to'xtadi.
Uchta barzangi qo'shlashib kattagina seyfni suvga uloqtirishdi.
So'ng kayuta tepasida turgan qizga tazim qilgancha joylariga qaytishdi.
Ko'l tubiga tushayotgan seyf ichidagi yigit, mitti yoriq orqali kirgan namlik sabab hushiga keldi. Atrofi zulmat va yana namlik tobora ortib borardi. Joy tor va harakatlanish qiyin edi.
POV Taehyung
Jin ursin* bu nimasi bo'ldi.
Tinmay seyf devorlarini tinmay urib,
Tirik qolish umidi so'ndirmaslikka urunardi.
Taehyung: kerak emas, bunday tugashi kerak emas. Haqqim yo'q! Hali onamni yoniga borishim, oilamga tirik ekanimni aytishim kerak.... Singlimni qanday ulg'ayganini ko'rmoqchiman. Bunday o'lib keta olmayman! U...chi u....
Lira: "armon" deb nomlangan manologing tugadimiπ
Oq Fil βDon Lira xotirjam va farosatli. To'g'ri va adolatli yo'l izlab, uzoq masofalarda ko'zlangan maqsadga erishishga intiladi. Harakatlarini sinchkovlik bilan rejalashtiradi, sabr va donolik bilan yondashadi.
Yigit qulog'idagi endigina sezgan mini quloqchinni ushlab hayrat bilan dedi.
Shu tariqa Lira Taehyungni qutqardi. Va ular reja tuzishdi. Rejaga ko'ra Lira Amaruning qarorgohini topishi, Aureusni u yerda olib chiqishi va Taehyung bu yerni topish uchun qurilma o'rnatishi kerak edi. Yigit esa shubha uyg'otmasdan ularni olib ketish uchun kelishi lozim edi.
Lira yarim ishni deyarli bajardi. Ammo ular Amaruning sinchkovligiga kam baho berishgandi.
Hozirgacha yigit yo'lni o'sha qurilma orqali topib kelayotgandi...toki qurilma Amaruning qo'llarida majaqlashib ketmagunicha....
Yo'lini quyuq o'rmon o'rtasida yo'qotgan yigit, sabrsizlik alamidan butun o'rmon qushlarini bezovta qilgancha barqirdi.
βββββββββββββββββββββββββ
Ulkan bino ostidagi zah qamoqxona bo'lib, u katerli xonalardan iborat edi. Devorlar po'latdan, eshiklar panjarali...
Xonada birgina zanjirlar orqali devorga mahkamlangan to'shak bor edi holos. Shunisi qiziqki, xonalarda tom yo'q. Devorlar va eshik shunchalik balandki tirmashib chiqishni iloji yo'q.
Shu xonalardan birida Lira qo'llarini tizzasiga o'rab, boshini tizzasiga qo'yib, yupqa kapishonli ust kiyiminiga burkangancha o'tirardi. Xonalar sovuq, qiz esa muzlab qolmaslikka harakat qilardi.
Lira: uyda tinchgina video o'yinimni o'ynab o'tirsam bo'lmasmidiya~π«/g'inshini
Qamoqxona yo'lagi bo'ylab, qadam tovushlari yangradi va birozga tindi.
Sokin yelpinish bilan Liraning ustida qalin choylab tushdi. Boshini ko'tarmay jim turgan qiz, bu ishni kim qilganini aniq bilardi.
Ozgina vaqt va Lira tilga kirdi.
Lira: sendan hech narsa so'ramagandim!
Panjarali qafas ortida turgan erkak, shunchaki sukut saqlardi. Hozir u so'zlar bilan tortishishni emas, ko'proq o'zi juda sog'ingan qiyofani ko'rish muhimroq.
POV
Unday qilma. Boshingni ko'tar... Axir sog'inganman. Bir bora ko'ray. Boshqa narsa so'ramayman. Loyiq emasligimni bilaman.... Kechirmaysan buni ham bilaman. Ammo...nima qilay seni sevaman.
So'zlar aytilmadi va gunohkor kechirilmadi. Bu so'zlar atalgan inson kechirmadi. Yana sukunat... Umidlar uzulib, erkak qanday kelgan bo'lsa shunday ketdi. Lira allaqachon ko'zlaridan ko'zoynagigacha tomchilagan ko'z yoshlari bilan qoldi....yana.
βββββββββββββββββββββββββ
Biror bir so'z aytmagan erkak vazmin harakat qilgancha uni qayta o'z xonasiga olib kurdi. Manzilga yetishgach qizni yerga sekinlik bilan qo'ydi.
Amaru: shunchaki gaplashamiz /ikki qo'lini yuqoriga ko'tarib ma'lum qildi.
Ayni damda yetarlicha jazavasi tutayotgan qizga bular qiziq emasdi. Asl bolalarcha fe'l atvorini namoyish qilayotgsn Aureus, qarshisida kim turganini ham unutgandi.
Aureus: istamayman! Xohlamayman! Lira qani?! Uni beringπ€ uyga ketaman
Amaru ko'zlari ko'rib turgan salkam bog'cha yoshidagi qizcha kabi harakat qilayotgan Aureusga hafsalasiz qaradi. Haa hozir unga gap gapirishdan ko'ra devor bilan suhbatlashish yaxshiroq. Har holda devor eshitib jim turishini mumkin. Bu esa....
Amaru yo'g'on qo'lini qizning hibcha beliga o'rnatdiyu, bir deganda uni o'ziga mahkamladi.
Boyadan beri og'zi yumilmagan Aureus talqon yutgandek bo'ldi.
Amaru: demak gaplashishni istamaysan hmm kel unda boshqa narsalar bilan shug'ullanamizπ