⛓️BUZILGAN QONUN⛓️
Qit'ada ikki davlat bo'lgan ekan. Oq Leonel va Qora Argor davlatlari. Bu ikki davlat hukmronlik uchun qattiq kurashishardi. Va ularni bir-biriga bog'lab turadigan yagona narsa bu ENTERNAL kolleji hisoblanardi.
Shu kollejda bu ikki davlat talabalari o'qishgan. Qoidalarga o'ta jiddiy qaralgan. Qora Argor va Oq Leonel talablari kichikligidan o'zaro adovatda va bir birlarini ko'rgani ko'zlari yo'q edi.
Bu asosan ular kollej ichkarisida talablar janglarini uyushtirishkariga ham olib kelardi. Va bu kollejda birinchi kurslar orasida eng taniqli ikki inson doimiy janglar olib borishardi.
Bu Oq Leoneldan Juletta oilasi vakili Juletta Aureus va Qora Argonrdan Romeo oilasining to'ng'ich o'g'li Romeo Taehyung....
Mana bugun ham bu ikkisi kollej binosining orqa qismiga o'z kursdoshlari bilan yig'ilishgan.
Oq Leonelning 1-kurslari sardori sifadiga Juletta Aureus ularga bosh bo'lib olib keldi. Qora Argor sardori Romeo Taehyung ham o'z kursdoshlarini olib keldi.
Taehyung: o'zlaridan ketganlarga o'z o'rnini ko'rsatib qo'yish payti keldi...🗣
Aureus: Oq Leonel sizlarni yanchib tashlaydi.
Jang doimgidek talablarning urushib keyin tushga yaqin tarqalishi bilan tugadi.
Romeo Taehyung kollejning ichidagi ko'l yonida o'tirib hayol sura boshladi.
POV Taehyung
Aureus... U bilan boshlang'ich sinfdan beri urushaman. Doim.. avval boshlang'ich sinf, keyin o'rta maktab va mana endi kollej. Lekin har safar bizda durrang bo'ladi. U bilan bor kuchim bilan urusha olmayman...chunki uni sevaman
Taehyung ikki kafti bilan yopti.
POV Taehyung
Ammo hali ham o'ziga aytolmadim🤦😫
Taehyung kollejning Oq Leonelga tegishli bo'lgan qismiga o'tdi. Har kuni kelaverganidan yod olib olgan yo'li bilan atilgul bog'iga keldi. Aureusni xonasi ko'rinib turadiga daraxtga tirmashib chiqdi-yu ko'zlari to'rt bo'lib uni kuta boshladi. Balki ko'rinib qolar degan ilinjda..
Bu paytda Aureus qilichbozlik to'garagidan yolg'iz qaytayotgandi. Yotoqxonaga ozgina qolganda uni yo'lini uchta Qora Argorning talabasi to'sdi.
Ular boshlariga g'alati niqob taqib olishgandi. Ammo formalarining qora ranggidan bilib olish qiyin emasdi.
Jin: hoy Jimin nega bunaqa salafandan niqob yasading. Hech nimani ko'rmayapman.
Jin bir qadam tashlab Jimin bilan to'qnashib ketdi.
POV Aureus
Axir bu Qora Argordan Jin va Jiminku😑
Yigitlar boshidagi salafanlarni yechib tashlashdi.
Jin: saloom qayerga shoshayapsan
Aureus: Argorliklarga bu yerda nima bor.😠
Jimin: bugungi jangni davomi ettiramiz.
Aureus ikkita yigitni oyog'idan bittadachaldiyu, ular birvarakayiga yiqilishdi.
Aureus: bir kishiga qarshi ikki kishimi...?
Aureus endi orqaga o'girilib ketmoqchi bo'lgan payt kimdur uni turtib yana joyiga qaytardi va dedi.
Jin va Jimin turib, Aureusni ikki qo'lini mahkam ushlab olishdi.
Yoongi: Kuzatuvchanliging pand berdi.
Yoongi ichki cho'ntagidan lezva pichog'ini chiqarib uni qizga to'g'irladi..
Bu voqealarni daraxtdan kuzatib turgan Taehyung yugurib ketdi.
Yoongi endi pichoqni qizga tiqaman deganda Taehyung o'zini tanasi bilan Aureusni to'sib qoldi.
Yoongi endi pichoqni qizga tiqaman deganda Taehyung o'zini tanasi bilan Aureusni to'sib qoldi.
Yoongining pichog'i Taehyungga kiraman deguncha Taehyung qizni ko'tarib bog' bo'ylab yugurib ketdi.
Jin: hay Taehyung nega Aureusni himoya qildi???
Yoongi: Axmoqlar u barcha shon-shuhratni o'ziga olmoqchi ortidan yuguringlar.
Taehyung va Aureus ancha uzoqqa ketib bo'lishgandi.
Taehyung oyoqlari tolib emdi to'xtagan ham etigi qoqilib Aureus bilan birga yiqildi.
Endi qizni yuziga qaragan ham ediki Aureusni yig'layotganini ko'rdi.
To'g'risida u qo'rqib ketdi. Bir bahiya qolsa o'lay dedi.
Aureus tezda o'zini orqaga oldiyu, ko'zyoshlarini arta boshladi.
Aureus: yaqinlashma🤚. Ustimdan kulishni boshqa yo'lini top.
Qiz turib yotoqxona tomon yugurib ketdi.
Yigit tanasi murdanikidek shiliq etib yerga tushdi.
Taehyung: u bularni men uyushtirganman deb o'yladi. Tamom...😵. Endi unga tuyg'ularimni aytsam ham hech qachon qabul qilmaydi...😣
Taehyung tunt qiyofada Qora Argor yotoqxonasiga kirib borarkan uni Yoongi, Jin va Jimin kutib olishdi.
Yoongi: gaplashadigan gap bo...
Taehyung Yoongini gapini oxirigacha eshitib ham o'tirmay yuziga musht tushirdi.
Jin ham yaxshigina tepki yeb, yerga quladi.
Jiminni esa yelkasidan oshirib yer bilan salomlashtirdi.
Jin: oxirigacha eshitsang bo'lardi...
Bulardan keyin hech nima bo'lmagandek xonasiga kirib ketdi
Kechasi uyqusi kelmayotgan Taehyung balkondan tashqarini kuzatar ekan, birdan quzog'i yonidan g'izillan o'q uchib o'tdi.
Shoshib qolganidan orqaga o'zini tashladi va yiqildi. Keyin o'sha o'qni olib qarar ekan unda xat bor ekanini ko'rdi.
Xatda;
Markaziy maydondagi fantan yoniga kel. HOZIROQ
Taehyung oyog'ini qo'liga olgancha fantan yoniga yugurdi.
Fantan oldida Aureus qo'liga ikkita qilich ushlagancha uni kutib turardi.
POV Taehyung
Qo'lidagi haqiqiy qilich emas to'g'rimi?!😳 Meni o'ldirmaydiku.... balki o'ldirar😵💫🤧
Aureus: Romeo Taehyung. Men seni duelga chqiraman. Halol jang qilamiz.
POV Taehyung
Urushmoqchimisan? Yanami😞
Taehyung yuzida huddi buni o'zi ham istayotgandek kulimsirash hosil qildi.
Taehyung: nima desang shu. Ko'ramiz kim yutarkin.
Taehyung va Aureus qilishlarni bir biriga urib to'xtovsiz urisha boshlashdi.
Taehyung: balki bas...(chars)...qilarsan..
Aureus: taslim bo'lmaymaaan (chars)
Sokin va sovuq yangragan ohang ikki talabani muzlatib qo'ydi.
Bu Lekoris Liliya. Shu kollejning Qora Argor talabalari qonun qoidalari himoyachisi.
Lekoris-eng yuqori talaba maqomi. Talablarni qoidalarga amal qilishini taminlaydi. Va buzg'unchilarni jazoaydi(Bu yoshlar yetakchiga o'xshagan odam😅)
Liliya: hamma uyquda. Sizlar esa komendantlik soatini buzdingiz. Oq Leoneldan Juletta Aureus o'z yotoqxonangizga qayting. Qora Argordan Romeo Taehyung siz men bilan yuring.
Shunday qilib Aureus ketdi. Taehyung Liliya bilan ketdi.
Liliya: siz jazolanasiz. Ertaga ko'l bo'yidagi o'tlarni yulasiz❗️
Taehyung: hoy har holda akangman..Sal bo'lsada hurmadimni qil☹️
Liliya: AXMOQ...siz doim bir palakat boshlab yurasiz😡
Taehyung: Lekoris bo'lganidan beri men bilgan singlim ancha sovuqqon bo'lib qoldi...
Liliya: Jim.. jimgina boring va uxlang😤
Yigit ikki qo'lini tepaga ko'tarib, jo'rttaga jilmaydim
Taehyung:hop mana...mana ketdim🙂↕️
POV Liliya
Exxx bu aqlsiz mavjudot🙄
Taehyung o'z hislarini aniq tan olishni rejalashtirgan yigit nima deyishi kerakligini qayta-qayta o'ziga takidlab Oq Leonel talablari yotoqxonasoga yashiribcha bordi.
Keyin amallab Aureusni xonasiga bordi.
Ammo xonaga kirar ekan eshikdan kirishi bilan yuziga kelib tushgan tarsakidan yangib qoldi.
Aureus: bu yerda senga nima bor.
Taehyung: aa...men...h...ya'ni......huh(chuqur nafas oldi)...men seni sevaman. Kel uchrashamiz
Kutilmagan gap tufayli qiz dong qotib qoldi.
POV Aureus
Uch..uchrashilik???😳
Yog'e o'zinga kel u yana ustimdan kulmoqchi...
Taehyung: A?....yo'q men aldamayapman. Kel uchrashamiz.
Taehyung: yo'q unaqamas. Men seni rostan sevaman. Anchadan beri.. lekin aytolmasdim. Buni o'rniga senga qarshi bir-nimalar qilardim. Rad etishingdan qo'rqardim.. yoningda bo'lmoqchiman. Doim...abadiy..
Yigit ichidagi gaplarni bor kuchini to'plab aytdi. Sal qolsa hushidan ketib qolardi bechora hayajondan.
Aureus sekin qizarib yuzini boshqa tomon burdi.
Aureus: Romeo Taehyung menga o'ylash uchun vaqt kerak.
[Qiz bolani nozi bor. Ichizda "Haaa" deyotgan bo'lsez ham chidab turing🤭]
Aslida yo'q javobini eshitish uchun o'zini ruxan tayyorlayotgan yigit uchun shu ham katta koniyatdek tuyuldi.
Aureus: hozir ket keyin gaplashamiz. /yuzi hali ham boshqa tomonga qarab tirardi.
Taehyung: Sen.. sen bu haqida o'ylab ko'rishga vada berasanaa~/yigitni ko'zlarida umid porladi.
Aureus endi javob bermoqchi hamono kalidor bo'ylab uni chaqirib kimdir keldi.
Namjoon:Aureus xonim..sizni qilichbozlik to'garagida chaqirishyapti.
Shoshib qolgan qiz yigitni deraza tomon yo'naltirib itara boshladi.
Aureus: ket....seni ko'rib qolishadi.
Deraza oldiga yetib kelishganda yigit o'girilib qayta qizga boqdi.
Taehyung: vada berasanaa~/takror so'radi.
Aureus: ha..ha bo'ldi ketaqol.
Keyin derazadan sakrab chiqib ketdi.
Taehyung bugun o'zida yo'q quvonch bilan yerga oyog'i tegmas darajada dayarli uchib yirardi. Qora Argordagi hamma doimo o'zidan "yaqinibga kelma" degan aura tarqatib yuradigan sovuq sardorning bu ko'rinishidan hayratga tushdi.
Jenni: seni bugun jin urdimi?/yoniga keldi.
(Jenni-qora Argordagi talaba qiz. Taehyungni kursdoshi va bolalikdagi do'sti.)
Taehyung: qanaqa jin. Qo'ysangchi shunchaki bugun ajoyib kun.
Jenni: hmm mayli...Kechga yotoqxonada bayram bo'ladi. Kech qolma. Har holda sardorimizsan🫵
POV jenni
Menga hech qachon e'tibor bermagansan. O'zimni yoningda shu wadar ko'rimsiz his qilamanki😢
Taehyung yo'l yo'lakay singlisini xonasiga bordi. Ammo xona bo'm bo'sh edi. Stol ustida esa to'la rasmlar...
Kimniki deng...?! Oq Lekorisdagi Aureusniki.
Yigit qoshlarini chimirgancha xonani titib chiqdi. Shu payt...
Liliya: xonamda nima qilyapsan aka deb ataladigan to'nka😡🗣
Yigit lab chetida kulimsiragancha rasmlarni olib singlisiga ko'rsatdi.
Tezda qizni ranggi o'chib ko'zlari katta ochildi.
Taehyung: buni qanday izohlaysan😏
Keyin boshini ko'tarib do'q qildi.
Liliya: agar biror tirik jon bu haqida bilib qolsa. Joningni olaman👿🔪
POV Taehyung
Hayron qolmadim. Liliya bilan didimiz bir😌🤷
Taehyung o'zidan bechorani yasab, bir kaftini peshonasiga qo'ydi.
Taehyung: bilmasaam~...meni bilasanku bilmasdan aytib qo'yish mumkin🤭😅
Liliya ikki qo'lini bir biriga o'radi.
Liliya: maqsadga o't. Nima istaysan poraxo'r😒
Tezda avvalgi holatiga kelgan yigit singlisiga ayyorona qarab gap boshladi.
Taehyung: Meni komendantlik soatidan va qo'shimcha mashg'ulotlardan istisno o'quvchilar ro'yxatiga kirit. Yana haftalik tozalashdan ham ozod qil.
O'zicha bir-nimalarni rejalashtirgancha kulib qo'ydi yigit.
Taehyung: va yana meni akajoo....
Taehyungning gapini bo'g'ziga qadalgan qilich to'xtatdi.
POV Taehyung
Nega bu akademiya qizlari doim qilichga yopishadi🤨🥲/deya Aureus bilan jangini eslab asabiy jilmaydi.
Sekin qo'lida qilich tutib g'azabdan qaynayotgan singlisiga qaradi.
Agar bas qilmasa ertangi kunni ko'rolmasligini anglab, sekin chiqish eshigi tomon qadam tashlay boshladi.
Liliya: ko'l bo'yidagi o'tlarni yul. Bu senga kechagi uchun jazo❗️
Endi gapirmoqchi ham edi, qulog'i oldiga uchib kelgan pichoq tufaydi juftakni rostladi.
Aniq qilib aytilgan buyuqqa norozi ravishda endi aytmoqchi bo'lgan gaplar esa Taehyungni og'zida qolib ketdi.
Cho'ntagiga qo'lini solgancha ko'l bo'yi kelarkan ko'zi o'tirgan Yoongiga tushdi. Yonida o't yulish uchun savati bor. Ha u doimiy jazo oladigan talaba. Bezoriligi sabab jazolar ketma-ketligida butun akademiyani u tazalab chiqadi desa ham mubolag'a bo'lmaydi. Hozir ham xo'mraygancha o't yulish o'rniga atrofni tomosha qilib o'tiribdi.
Taehyung: yoxuu sen hech ahloqiy jazolarga to'ymaysandaa~/uni ustidan kuldi
Yigit pinagini ham buzmay jim turardi. Baxtga qarshi yigitning qo'rquvini bilgan yigit gap qotdi.
Taehyung: Iya tekshirgani keldingmi singiljon
Yoongi tok urgandek o't yulishga tushib ketdi. Terminator kabi shunchalik tez o't yulganidan yonveriga qaramadi ham.
Chetgan uni kuzatib turgan Taehyung, qornini ushlab yotib olib kulishga tushdi.
Kulgu ovozidan o'ziga kelgan Yoongi nima bo'lganini tushgan o'qrayib o'rnidan turdiyu Taehyungni quvlab ketdi.
Arang turishga ulgurib, kulgancha qochdi.
Taehyung: barbir qo'rqassanaa🤣😆
Axiyri Yoongi Taehyungni tutib oldi. Keyin yoqasidan oldi.
Taehyung: Liliya desa sochingni uchigacha titraysanaa🤣🤣🤣/kulishdan o'zini tiyolmasdi.
Yoongi: Hayoting ortiqchalik qilyaptimi Romeo🤬🤬🤬
Taehyung odati bo'yicha yuragi egasini ko'rish uchun yashirincha uni yoniga yo'l oldi. Yotoqxona atrofidagi bog'ga uni chiqishini oyna orqali ishora qildi. Aureus yigitni ko'rib sezdirmay bog'ga chiqdi.
Duduqlanib qolgani uchun ichida o'zini bir bora qarg'adi.
Qiz ham biroz hijolat chekib turadi.
Taehyung: A..anavi o'ylab ko'r..dingmi/qo'lini bo'ynii orqasiga olib o'tdi.
Aureus: haa..haligi o'yladim...
(Ha yoshlar hijolat chekishyapti)
Taehyung: vaa/o'ting bilan boqdi
Aureus aytishga uyalib boshini "ha" deb silkidi.
Hayojon va quvonchdan ruxi tanasini tashlab ketishidan haqiksiragan yigit keng jilmaydi. Tezda qizni ikki qo'lini ushladi.
Taehyung: raxmat. Raxmat. Endi o'lsam ham armonim yo'q.🥹🥹🥹
Ular yashirincha uchrashishni boshlashdi. Va kollejdan keyin turmush qurushdi🎊