November 3

O'ldirish istagi❤️‍🔥

Muallif:Liliya

3-qism

🧑🏻‍🦳-se...n?

👸🏻-saloooooom sevgilim~

Bir zumga Ryuu hozir tush ko'rayapman deb o'yladi. Uning so'zlarini deyarli fahmlamasdi. Ko'zlarini yerga qaratib uch marta qattiq yumib ochdi.

Yigitning harakatlarini boshidan beri yuzidagi tabassum bilan kuzatib turgan Yui, unga yaqin bordi. Qo'llarini orqa tomonga birlashtirdi va tanasini belidan bukib yigit tomon egildi.

Yigit yana qizga qaradi. Ryuuning ko'zlari, unga juda yaqin turgan ikkita katta-katta alvon rangli ko'zlarga tushdi. Kutilmagan holat sababli yigitni nafas olishi sezirarli darajada tezlashdi.

Pov🧑🏻‍🦳
Ha bu o'sha. Men adashmadim. Bu Yui.

👸🏻-sizni juda sog'ingandim~/qiz bir qo'lini sonining old yuzasiga qo'ydi, ikkinchisini yigitning yuziga cho'zdi. Bir vaqtning o'zida tizza qismini buklab, mittigina qizil tufli kiygan oyoqlariga tayangancha o'tirdi. Yui o'tirishi bilan Ryuuning zanjirlari uzunligi qisqardi va uning tizzasida yuqori gavdasi ko'tarildi.

Qiz yigitning oldida juda kichik ekanligi aniq. U Ryuuning yuzini mayinlik bilan silay boshladi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay kaftini uning bo'ynida ko'chirdi.

Pov🧑🏻‍🦳
Nima qilmoqchi o'zi?

🧑🏻‍🦳-nega se.aaaaahhh.

Yui Ryuuning bo'yninng pastki qismidan ko'krak sohasining to'sh suyagigacha bo'lgan masofasini tirnoqlari yordamida o'yib chuqur iz qoldirdi.

Keyin uning oq ko'ylagini tugmalarini astalik bilan yecha boshladi. Tanasining old qismi ochilgan yigitga biroz termuldiyu, biroz avvalgidek mayinlik bilan siypaladi.

Hozirgi telbanamo harakatgan keyin, yana bu g'alati muloyimlik yigitni yanada havotirga solib qo'ygandi. Kichik barmoqlarning yumshoq harakatlari esa uni junjikishiga sabab bo'lardi.

Yui yarim soatdan so'ng huddi sal oldingi kabi usulda tananing old tomonini tilib tashladi. Qizning shishadan qilingan mustahkam tirnoqlari tufayli, oddiy tirnoq tilganda beradigan azob deyarli 4 barobar ortgandi.

Yuining shisha tirnoqlari

🧑🏻‍🦳-aaaahhh...baaa.as..q..ii.. lll

Berilgan zarbalardan sachragan qon ularning ikkovining ham yuzi va kiyimlarini bulg'adi. Bundan tashqari og'riqdan qutulishga urunib tipirchilayvergan Ryuuning kishandagi bilaklari ham qizarib ketgandi.

Oradan 3 soat o'tdi. Yigitning chinqirishlari va og'riqdan burishgan chehrasiga teskari ravishda Yui hali ham tabassum qilardi. Bajargan ishidan ko'ngli to'lgachgina o'rnidan turdi. Ryuuning o'z qoni sachragan yuzidan o'pib qo'ydi va xonadan ovossiz chiqib ketdi.

Holdan toygan Ryuu yer qon ekaniga ham e'tibor bermay o'zini yerga tashladi. Bu orada esa zanjirlar uzunlashib qolganini sezmay, badbo'y xonada uyquga ketdi

O'zining yerto'lasidan qonga belangan usti-bosh bilan chiqqan qiz, to'g'ri hammom tomon harakatlandi.

Hammom

Hammom shu qadar noodayit ediki, bu ko'rgan boshqa bir inson bu yerni hammom emas, shishali muzey deb o'ylashi turgan gap. Devorlari oppoq. Hammomning yer qismi rangli quyilgan shisha bilan qoplangan va bu shisha kishiga dengiz to'lqinlarini eslatib yuborardi. Chap tarafda shishali eshik yordamida ochiladigan yuvinish uchun xona(dush) va eshik roparasida oq hammom joylashgandi.

Umumam olganda uyning har bir xonasi shu ahvolda. Xonalar hayratlanarli darajada nozir did bilan bezatilgan edi.

Yui o'zini qondan tozalab bo'lgach, o'z xonasiga bordi. Xonaga kirish uchun eshikni ochdiyu, unga kirmadi. Qayta yopib, boshqa xonaga o'tdi.

Kichik bir xona. Unda deyarli jihozlar yo'q edi. Faqat o'rindiq va kitob javoni.

O'rindiqning o'tirish mumkin bo'lgan qismiga yumshoq qora material ishlatilgan. Boshqa qismlari esa huddi ochilayotgan gul barglari ko'rinishidagi shishadan yashalgandi.

O'rindiq

Kitob javoni esa devorga bo'rtib kirgandi. Javon yonida ham qulay joy bor. Uning devori uchli kristallari bilan billur g'orini eslatib yuborardi.

Kitob javoni

Dastlab, kitob javonidan bir kitobni oldi. Yui o'rindiqqa qulay joylashib o'tirdiyu, kitob o'qishga kirishdi.

Bir satr o'qidi. Hayolida esa biroz avval Ryuu bilan bo'lgan voqealar g'ujg'on aynalardi. O'zini bosib keyingi satrga nigohini ko'chirdi. O'qirdi...
...ammo hech nimani tushunmayapti. Ko'z oldiga uning qonga botgan tanasi kelardi. Nafasi tezlashardi. Quloqlarida Ryuuning qichqiriqlari aks etdi. Kitob varoqlarini ochayotganda barmoqlari hiyol qaltirayotgandi ham. Oxiri kitobni kuch bilan yopib, xonaning qaysidir burchagiga otib yubordi.

Qaddini ko'tardi. Boshini egib kaftiga qaradi. Uning qo'llari endi zilzila bo'layotgan kabi qaltirardi.

Tez-tez hansiray boshlaganidan, ko'krak qafasi bilinarli darajada harakatga kelgandi. O'zida bo'layotgan g'alati holat sababini bilgan holda kaftlarini yuziga bosish barobarida, jilmaya boshladi. Yo'q bu samimiy kulgu emas.
Lablarning yoyilish chegarsi juda keng. U zavqdan kulyapti. Uning yuzi aniq iblisnikiga o'xshab qolgandi...

4 soniyadan keyin uning kulgu ovozi eshitila boshladi.

Baland kulganiga qaramasdan, o'ziga aytayotgan jumlalari nihoyatda past chiqardi.

👸🏻-ha😀, ha😄, Haaa😆 men adashmabman. Bu u edi... men qidirgan odam bu Ryuu ekan..😈

3-qism tugadi❗️