January 10, 2025

She is evil and I am hers 🖤

Tokyo.

Kuchli yomg'ir yerdagi sukunatni buzib, asfaltga tinimsiz yoqqan tomchilarning ovozi shaharni o'zgacha kayfiyatga o'radi. Qorong'u osmon ostida baland binolar orasidan bir mashina katta tezlikda o'tib, ma'lum binoning yonida keskin tormoz berdi. Mashinadan shoshilib tushgan yigit yomg'ir ostida qochib borarkan, kiyimlari namlanib, yuziga mayda tomchilar sepildi.
Tezlik bilan bino ichiga kirib, shoshgancha lift tugmachasini bosdi. Zil-zambil og'irlik ostida ko'tarilayotgandek tuyulgan lift yuqori qavatga yetgach, yigit eshik oldiga keldi. Qisqa nafasini rostladi, so'ng kiyimlarini tekislab, qo'rquv va daxshat aralash his-tuyg'ular bilan eshikni ochdi.

Ichkariga kirishi bilan darhol bosh egdi. Xonada ikki yosh qiz o'ziga xos og'ir aura bilan o'tirishardi. Qorong'u sochli qizning yuzida birorta ham his-tuyg'u sezilmasdi, ko'zlari o'tkir va sovuq edi. Sariq sochli qiz esa xuddi toshdan yasalgan haykalga o‘xshardi — yuzidagi tiniq chiroy va hissizlik uni yanada jozibador qilardi. Bu ikki qizning g'aroyib go'zalligi va sovuqqonligi har qanday odamni mag'lub qilishi mumkin edi.

Aureus: Kechikding... — uning ovozi xuddi muzdek tig‘day o'tkir va sovuq edi.

Aureus

Yigit darhol qaltiragancha hisobot bera boshladi:

Yigit: Bu yerdagi ishlar tugatildi. Qurollar va narkotik dorilar o‘z egalariga yetkazildi.

Aureusning nigohi yigitning so‘zlarini teshib o‘tayotgandek edi.

Aureus: Va...

Yigit ovozini bir oz baland qilib davom etdi:
Yigit: Hamma guvohlar yo‘q qilindi, xonim.

Aureus: Demak, uyga qaytsak bo‘ladi.

Aureus tinch va xotirjam bir harakat bilan o‘rnidan turdi. Lekin bu osoyishtalik uzoqqa cho'zilmadi.

Shu payt ikkinchi qiz o‘zining teridan yasalgan qora qoplamali qutisidan to‘pponcha chiqarib, bir lahzada yigitga qarata o‘t ochdi. O‘q ovozi xonani titratdi.

Aureus keskin ortga o‘girildi. Asabiy ohangda ko‘zlarini yumdi va chuqur nafas oldi.

Aureus: Liliya!

Liliya

Aureus:tirik qo‘ysang ham bo‘lardi. U ishonchli edi. — ovozida salbiy hissiyotlardan ko‘ra hafsalasizlik ko‘proq sezildi.

Liliya unga sovuq qarash bilan yaqinlashdi. Bir qo‘lini Aureusning yelkasiga qo‘yar ekan, xuddi qurolsizlantiruvchi ohangda pichirladi:

Liliya: Bu dunyoda sendan boshqa hech kimga ishonmayman. Ayniqsa, kuchsizlarga...

Aureus: Axir bugun yetarlicha odam o‘ldirdik. Tez orada ularni ko‘mishga joy qolmaydi... — deya asabiy ohangda gapirar ekan, yuzida yengil istehzo paydo bo‘ldi.

Lekin Liliya allaqachon xonadan chiqib ketgandi.


Luks samolyot kabinasi

Samolyot osmonga ko‘tarilgach, Liliya odatdagidek derazaga termulib, o‘yga cho‘mgancha o'tirardi. U yerda ko‘zga tashlangan manzara unchalik muhim emas edi — yomg‘ir ostidagi Tokio mayda yulduz chiroqlariday ko'rinardi.

Aureus: Ikki yil deganda uyga qaytyapmiz...

Liliya nigohini o‘zgartirmasdan asta javob qildi:
Liliya: Uy? Lekin bizni u yerda hech kim kutmayapti. Seulni "uy" emas, biz tarbiya topgan jahannam deb bilaman.

Aureus lablarida achchiq kulgi paydo bo‘ldi.
Aureus: Chindan ham u yerda "uy" deb sog‘inishga arzigulik hech narsa yo‘q. Hatto xotiralar ham...

Liliya Aureusning gaplarini tinglaganicha, boshini orqaga tashlab, o‘ziga xos yovvoyi kulimsirash bilan ko‘zlarini yumdi.

POV Liliya
"Bu jahannamni bizga ravo ko‘rganlarning birortasini tirik qoldirmayman!"

Aureus dugonasining nigohidagi alangani sezdi. Bu o't unga tanish edi, u bu ko‘zlardan bunday niyatni ko‘p bora o‘qigan.

Aureus: Yana qotillikmi... — deya g‘amgin bir ohangda so‘zladi.

Liliya yuzini Aureusga qaratib, qizg‘in jilmaydi:
Liliya: Bilasan-ku, bu men uchun zavq!

Aureus: Telbasan!

Liliya: bilaman — deya siniq ohangda jilmayarkan, Aureusning yuzida so‘zsiz qoniqish ifodasi paydo bo‘ldi.

Ikki dugona o‘zlarining o‘zgacha, ammo yovuz rejalari tomon odimlayotgandi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Seulga qaytgach Aureus va Liliya shunchaki bir soat ichida shaharning eng qimmat hududlaridan ikkita ulkan qasr sotib olishdi. Bu qasrlarning ichki bezagi shunchalik mukammal ediki, ular uchun dam olish haqiqatan ham zavq bo‘lishi aniq edi.

Ammo Aureus va Liliyaning xotirjamligi uzoq davom etmadi.

Ertasi kuni Aureus o‘ziga biroz dam berish niyatida shaharning eng mashhur do‘konlariga bordi. U o‘zining o‘tkir didi bilan hashamatli kiyimlar, zargarlik buyumlari va qimmatbaho aksessuarlarni deyarli butun do‘kon bo‘ylab sotib oldi. Har bir narsa uning mukammal qiyofasini to‘ldirish uchun edi.

Do‘konlardan chiqarkan, Aureus mashinasiga ko‘zi tushdi va darhol nimadir noto‘g‘ri ekanini payqadi.

POV Aureus:
"Mashinaning joylashuvi o‘zgargandek. Hmm... yaqin atrofda mehmonlar bor shekilli."

Mashina yaqinida yurgan xizmatkorlariga u do‘kondan sotib olgan buyumlarni mashinaga joylashni buyurdi. Shundan so‘ng Aureus uzoqlashdi va ichida g‘alati his bilan masofadan turib kuzatdi. Shu payt mashina dahshatli portlash bilan havoga ko‘tarildi.

Uning shubhalari to‘g‘ri chiqdi, bu Seul mafialarining bir ogohlantirishi edi. Ammo Aureus uchun bu ogohlantirish emas, urushga chorlov edi.

Aureus zudlik bilan Liliyaga qo‘ng‘iroq qildi.

Aureus: Alo, Liliya!

Liliya: Bugun dam olmoqchi eding-ku? Bu qanday qo‘ng‘iroq? — uning ovozida odatdagi sovuqqonlik sezildi.

Aureus: Dam olishni qo‘ya tur. Seulda kimnidir joyini ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak.

Liliya: Nima bo‘ldi?

Aureus: Mashinamga bomba o‘rnatishibdi. — u ovozida g‘azabni yashira olmadi.

Liliya: Kim qildi buni? — uning ovozida ilk bor sezilarli keskinlik paydo bo‘ldi.

Aureus: Ertaga Seul mafialari uyushmasiga boramiz.

Liliya: Yo‘q, bugunoq boramiz... BUGUNOQ!

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Liliya va Aureus darhol harakatga tushdi. Ular shafqatsiz va ehtiros bilan shahardagi mafialar uyushmalarini birin-ketin yo‘q qila boshlashdi. Bo‘ysunmaganlar qattiq jazolandi, qarshilik qilganlarning barchasi yo‘q qilindi.

Ularning shafqatsiz harakatlari 3 hafta ichida butun Seulni o‘z qo‘llariga olishga imkon berdi. Shahardagi barcha mafialar endi faqat ularning nomiga itoat etardi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Shu voqealardan keyin Seul mafialar jamiyatining uzoq vaqtdan beri ko‘rinmagan a’zosi va mashhur model Kim Taehyung shaharga qaytdi. U Seuldagi barcha o‘zgarishlardan xabar topganida hayratga tushdi.

Seulga kelgan zahoti u to‘g‘ri mafialar jamiyatining bosh binosiga yo‘l oldi. Bu ikki yangi liderning kimligini bilishga qiziqayotgandi.

1-qism tugadi❗️

Fikrlar kutib qolaman😘
Sizlar bilan Yui Akuma bo'ldi