October 14

Qotilni seva olasanmi...!?

9-qism

O'yin bu o'yin...ammo u doim ham biz o'ylaganchalik xavfsiz bo'lavermaydi❗️

Sovuq va nam havo bilan to'lgan ko'cha. Boshidagi tinchlangan og'riq va bo'ynidagi jizzilayotgan nim ko'kimtir iz berayotgan g'ashlik bilan ketayotgan yigitni, hozir bu narsalar tashvishga solmasdi.

Yoongi chap qo'lida kalit shaklidagi kulonga ega tumorni o'ynatgancha oldinga qadam bosarkan, uning keyingi manzili "qidiruv bo'limi" edi.

Shahar politsiyasi soyasida ochilgan qidiruv komissiyasi bo'limi uncha uzoq bo'lmasada, unga kirish qiyin. Sababi butun shahar aholisi mafia to'dalari, o'g'ri va jinoyatchilar sabab yo'qolgan yaqinlari va mol-mulklarini topib berishlari uchun bu yerga to'xtovsiz kelishadi.

Yoongi binoga yaqin kelishi bilan, uzundan-uzoq navbatga ko'zi tushdi. Dangasalik bilan xo'rsingancha, cho'ntagidagi telefonini o'ng qo'liga oldi.

Yoongi: Alo So Kai...

Bir ozdan so'ng yigit armiyadosh do'stining yordami bilan tezda ichkariga kirdi.

Kai: bu yerlarga seni qanday shamollar uchirdi? /so'radi biroz hayronligini yashirmay

So Kai-tergovchi

Kai do'stini yaxshi bilardi. Armiyadan keyin ham ular hafta yoki oyda bir ko'rishib turishardi. Yoongi juda intizomli va g'amxo'r. Qachondir do'stlariga yordam kerak bo'lsa, u bosh tortmaydi. Kai shu hislatlari uchun ham uni aka sifatida hurmat qiladi.

Shu bilan birga qaysar ham. Hatto jinoiy ish boshqarma tomonidan yopilgandan keyin ham hujjatlarni tekshirishdan to'xtamaydi. Barcha tergov natijalari arxivda saqlanadi. Ammo Yoongi qidiruv binosiga kelgani Kaini deyarli hayratda qoldirdi.

Yoongi: a halig...

Kai: to'xta to'xta o'zim topaman hm... o'sha qari tulki har doimgidek jinoiy ish bo'yicha "order" bermagan...Sen esa bu safar chiday olmay qoidalarni buzyapsan.

Yoongi: yo'q! Bu shaxsiy masala bo'yicha keldim...Aslida menga bu tumorni egasini topib berishingni istayman.

Kaining tushunmay qosh chimirgancha tumorga diqqatini qaratdi.

POV Kai
Hmm oddiy metaldek ko'rinadi. Lekin bu sifatli po'lat. Shubhasiz qiymati yetarlicha. E'tibor berib qarasak, kalitning tishlarini aniq va o'tkir ekanini sezish mumkin. Bu turdagi tumorlar tishlar deyarli bo'lmaydi yoki shunchaki to'ntoq bo'ladi. Aytishim mumkinki bu kalit ochadiga qulf bor!

Miyyasi kelgan keyingi fikrdan g'alati kulimsiradi.

Kai: shaxsiy ish degin..😏

Yoongi: ha... nimadir bo'ldimi?🤨

Tirjaygancha davom etdi.

Kai: shunchaki o'ylab qoldim. Bu sevishganlar tumori bilan seni qayday shaxsiy ishing bo'lishi mumkin hmm?😏🧐😁

Yoongi o'ylagan narsa esa boshqa... U hech yolg'on ishlatmasdi. Va qaysidir ma'noda vijdoni qiynalishni boshladi. Agar hozir haqiqatni aytsa, keyinchalik do'stini ham bu noqonuniy ishlarga aralashtirgan bo'ladi...

U lab chetida yerga qarab kuldi.

Yoongi: ha topding. Bu sevgan qizimga tegishni. Anchadan beri uni topa olmayapman... /soxta mayuslikni yasadi Yoongi.

O'z topilmasidan keng tabassum qilgan yigit, quvonch bilan dedi.

Kai: oxxo bu ketishda seni bo'ydoq o'tib ketsang kerak deb o'ylardim. Buni qarangki sen o'ylaganimdan ancha pishiq chiqding🤭

Tumorni suratga olgach uni Yoongiga qaytardi.

Kai: Hovortir olma. Men uni bir deganda topaman😌/gap orasida maqtanishni ham unutmadi Kai.

Yoongi uni bolalarcha qiliqlarida jilmayib "senga ishondim, biror nima topishing bilan menga habar ber" degancha hayrlashib ketdi.

Kai o'z kabinetida o'tirgancha, osmon aniq ko'rinib turgan derazaga xo'rsinib qaragancha, keng tabassum qilib, ishni boshlash uchun ish stoliga yo'naldi.

Kai: Qani tergovchi So Kai peshonangda kelinoyingni qidirish ham bor ekan...!😅

Yoongini kulishi

.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Kechagi talvasali voqealardan keyin bu yerda qolish ahmoqlik ekanini fahmlagan Taehyung, qizni o'zi bilan olib shahar yo'l oldi.

Aureus kechagi voqealardan keyin umuman gapirmadi, voqealar tahlil qilish uchun juda mujmal. Chunki u tushunmasdi, nega o'sha kutubxonachi erkak bu yerga keldi va uni qutqargan o't o'chiruvchi yigitga taxdit qildi. Bularni hech birida mantiq yo'q...

Taehyung hali qiz uyg'onmasidan ehtiyotkorlik bilan uni mashiga joyladi va yo'lga chiqdi. Mashinank boshqarib ketar ekan, hayolida bir necha ming karra ko'p savollar aylanardi.

Taehyungni qarashi

Havotirli ko'zlar bilan ora-orada Aureusga ko'z tashlab qo'yardi. Huddi bir nigohning ikkinchida u g'oyib bo'ladigandek.

Tashvishlarsiz miriqib uxlayotgan qiz bunday keyin bo'ladigan voqealarni hatto tassavur ham qila olmasdi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Seuldan ancha olisda, umuman boshqa davlat, ya'ni Kaliforniya shitati. Shtat o'zining quruq havosi va jazirama quyoshi bilan dunyoga mashhur.

Hozir "Ov mavsumi" boshlangani uchun ovchilarga ov qilish huquqi beriladi. Shu yerda yashovchi zodagonlar ham shular qatorida hayvon terisidan tayyorlangan yangi mebel yoki shunchaki ko'ngilhushlik uchun ov qilishardi.

Tongdan ov uchun chiqqanlar orasida bir yigit bo'lib. U asli kareyalik va deyarli shu yerlarda katta bo'lgan multi millionerlardan biri Han Jisung edi. O'zi yosh bo'lsada, istedotli bo'lgan bu yigit, yoshligidan katta odamlardek fikrlar va barcha muammolarni pul bilan hal qila olardi.

U ov uchun qo'riqchilari bilan tog' bag'riga bormadi. Yerlaridagi ajratilgan po'lat panjarali maydonga ayiqni tutib kelishlarini buyurdi. Axir bu ancha qulay. Tog'ma-tog' terlab yugurib yurgandan ko'ra albatta...

Han Jisung

Qo'riqchilar avvaldan tayyorlangan ayiqni kontenerdan maydonga qo'yib yuborishdi. Katta kamida 1-1.5 tonnali qora ayiq ochiq maydonga chiqarkan, avvalanbor qahshatli o'kirdi. Keyin unchalik uzoq bo'lmagan tog' o'rmonlarini payqab o'sha tomon yugurdi ammo elektr yuritilgan po'lat panjara uni to'xtatdi. Tokning o'tkir to'lqini esa ayiqni tom ma'noda dod solishiga olib keldi. Hayvon onggi bo'lmasada, erkinlik uchun hayoti bilan kurashadi. Ayiq ham keyingi zarbalarni qattiqlashtirib yana harakatga kirishdi. Keyin esa bu maydon ayiq ovoziga to'ldi

Jisung erinibgina esnab, qarshisidagi manzarani qulay kursisida, tizzasidagi bir oyimcha bilan o'tirib kuzatardi. Ha u shavqatsiz, haqiqat shundaki ayiq o'rnida odam bo'lganda ham u bir tukini qimirlanmagan bo'lardi.

Aytib o'tish kerakki ba'zida pul inson hayotidan ko'ra ko'proq imtiyozlarga ega!-aynan shu jumlalarni hayotiy shiori qilib olgan Han Jisung, endilikdan ona vatanidan qolgan jarohatlarni yopish uchun katta o'yin boshlagandi.

Keyingi soniyalarda u turdi va qimmatbaho miltig'ini olib, ayiqni bu daxshatli hayotda yashashdan qutqardi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

2 kun avval o'ziga qadrli tumorlardan birini yo'qotganini sezgan qiz, o'sha kun voqealarini arxiv hujjatlari kabi miyyasida titib chiqdi.

Natija esa...yo'q.

Bu tumorlar unga juda qadrli. Ota-onasidan estalik, uning yagona merosi va qonli o'tmishining yodda saqlashini taminlovchi edi. Ularni hech qachon yechmasdi.

Nimadir bo'ldiyu, kecha u o'z qahvaxonasida hayolchan o'tirgan daqiqasida odatdagidek bo'yniga qo'lini olib borarkan, tumorlardan birini barmoqlari sezmadi.

Liliya bugungi kunini tumorini qidirish uchun sarflamoqchi edi. Toki uni telefonining ekranida "Yoqimsiz" nomli kontakt paydo bo'lmagunicha.

Qorachig'ini ko'z kosasi atrofida aylantirgach go'shakni ko'tardi.

Liliya: eshitaman!

Yosho: yoqimtoy~

Liliya: maqsadga o't!

Qizning ovozidan g'azab no'tasini eshitib olish qiyin emasdi. Hozir u uning asabni o'ynovchi so'z o'yinlarini eshitishga toqat qila olmadi.

Yosho ish haqida gapga o'tarkan, endi go'shakning u tomonidan qat'iy va jiddiy ovoz yangradi.

Yosho: keyingi yurish vaqti keldi. Katta extimol bilan hujum senga. Himoya menga.

O'zgarishsiz yuz ifodasi bilan sokin javob berdi qiz.

Liliya: yaxshi...

9-qism tugadi❗️