April 3, 2025

SHE IS EVIL AND I AM HERS 🖤

Muallif: Yui Akuma😈
7-qism

Yoongi kechgacha hovuzdan chiqmadi. Hovuz begona o'tlar, loy va eng yomoni qichitqi o'tlar bilan to'lib ketgandi.

Yoongi hammasiga chidadi. Yoqimsiz hid va asalaridek badanini har soniya jizillatayotgan qichitqi o'y zahriga chidadi. Chunki bilardiki, agar bu yerdan vaqtdan oldin chiqsa "o'sha kiyimni" kiyishiga to'g'ri keladi.

Yana 4 soatdan keyin vazifasini tugatgan yigit, sudralib qig'oqqa chiqdi. Azbaroyi charchaganidan yerga yuztuban yotib oldi. Tanasida bir tomchi kuch qolmagandi.

POV Yoongi
O'lay dedim, Lanati*** oyoqlarimni deyarli his qilmayapman...

Shu zayilga yotar ekan, sochlarida yengil teginishni sezdi. Ha kimdir uni boshini silayotgandi.

Yoongi butunlay "yolg'izlik" so'zi ostida katta bo'lgan erkak. Unda hech qachon mehr ko'rsatuvchi hech kim bo'lmagan.
Yillar davomida tuymagan tuyg'usini endi his qila boshladi.

POV Yoongi
G'alati his...ammo yoqimli

Boshini ko'tara olmadi. Undan tarqalayotgan aura juda tanish. Ammo yigit uni kim ekani bilan qiziqmadi. Shunchaki ko'zlarini yumib, qalbiga hotirjamlik kirib kelayotganidan rohatlandi...go'yo uzoq yil kutgan baxtiga erishgandek.

Bizordan so'ng, u tuygan barcha narsa havo kabi g'oyib bo'ldi. Huddi singib ketgandek.

Mana endi yigitning miyyasida bu kim ekani haqidagi fikrlar charx ura boshladi. Ozgina avval his qilgan tuyg'usini qayta his qila olmaslik qo'rquvi uni larzaga soldi. Shunda tanasida g'oyibona kuch paydo bo'ldiyu, o'rnidan turib uy tomon yugurdi.

Uyga kirishi bilan biror narsasini yo'qotib qo'ygan odam kabi boyagi insonni qidirardi. Barcha hizmatchilarga e'tibor bilan tikilib chiqdi. Yoooo'q bu "o'sha inson" emas. Uyni ikki martta aylanib chiqdi. Topolmadi...

Umidi so'ndirgisi kelmasada, sekin o'z xonasi tomon ketdi. Zinalardan chiqar ekan, yo'lda Liliyaga duch keldi. Boshini egib tazim qildi.

Yoongi: buyurgan v..vazifangizni bajarib bo'ldim.

Liliya yigitni eshitib bo'lgach, yo'lini davom etib ketdi.

Liliya uni yonidan o'tayotganda, yigitning yuragi allanechuk tezlashdi. Yoongi ham buni payqamay qolmadi. Liliya ketgunga qadar jim turgan yigit, qiz ketgach ortiga qarab Liliya ketgan tomonga uzoq tikilib qoldi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

1 haftadan keyin

Mana bir haftadirki Taehyung Aureusni uyida hizmatchilik qildi. U uy tozalash, kiyimlarni tahlash, yoki kir yuvishga o'xshagan narsalarni, tabiiyki bilmasdi. Shu sabab hammasini o'rganishiga to'g'ri keldi. Yoki boshqacha qilib aytganda "majbur qilindi".

Aureus kechga yaqin uyga qaytdi. Oshxonada esa Taehyung ovqat pishirayotgan edi. (Eslatma Taehyung ovqat pishirishni avvaldan bilgan)

Qiz xonaga kirib kelishi bilan Taehyung odatdagidek unga salom berdi.

Taehyung: salom xonim/tazim qildi.

Taehyung boshini ko'tarib yana qizga qaradi.

POV Taehyung
Nega u bunchalik chiroyli... ba'zida uni haqiqiy inson emas deb o'ylab qolaman. Ha bu axmoqona gap bo'lardi🤦‍♀️
Shu 1 hafta ichida u meni juda ko'p martta jazoladi. Hhh tushunmayapman.... men undan buning uchun nafratlanmayapman. Ochig'i xohlasam ham nafratlanolmadim.

Aureus: nima pishirding.../Taehyungni hayollaridan chalg'itdi.

Taehyung: A?...haa...o'tiring men hozir ovqatni dasturxonga tortaman./yana bir bor boshini egib ovqat suzishni boshladi.

Rasmni itdek qirib topdim
(Pintersim meni rosa qarg'adi😂🍷

Taehyung ovqatni olib keldi.

Taehyungni yana vahima bosa boshladi. U doim shunaqa, Aureusni yoniga yaqinlashishi bilan hayajonlana boshlaydi. Qo'llari va ovozi qaytiraydi. Yurag va nafas tempi tezlashadi. Hatto miyyasi ham bu payt narmal ishlamaydi.(bechara bola detskiy travma opti sizni deb🤣) Aureus bilan qariyb bir hafta davomida birga yashagan bo'lsada, bu hol har doim qaytarilardi.

Aureus: o'zing ham o'tir/befarqlik bilan so'radi

Taehyung: N..nima?

POV
Meni ham shu yerda ovqatlanishimni istaysanmi?....SEN BILANMI😳😵‍💫?

Aureus: eshitmadingmi?/endi yigitga nigohini ko'chirdi.

Taehyung: yo'q...ya'ni...haaa eshitdim. Ammo bu nega kerak?

Yigit ich ichidan Aureus unga "chunki buni men xohlayman" degan javobni berishini istardi.

Lekin u eshitgan javob Taehyungning umidlarini yanchib tashladi.

Aureus: Kim biladi balki ovqatga zahar qo'shilgandir. Avval o'zing yeb ko'rasan.

Yigitning kayfiyati tezda tushib ketdi.
Itoatkorlik bilan o'ziga ham ovqat olib kelib jimgina yeya boshladi. Hozir Taehyungning qoshlari chimirilgan va u jahl bilan ovqat yeyayotgandi.

POV Aureus
Xaxaxaxa nima bu yosh bolami🤣🤣🤣
Shu gapim uchun qovoq-tumshuq qilib oldimi hozir🤣🤣🤣 Bu yigitni bo'yin egmas playboy deb o'ylandim. Aslida esa u haqiqiy go'dakka o'xshaydi. Buni qoshiqlarni likobga urib jahl qilishinichi🤣

Aureus taomlanish barobarida shularni hayollaridan o'tkazdi.

Aureus birdan o'rnidan turib, yigit o'tirgan stulning orqa qismiga o'tdi. Buni juda ohisda va ovozsiz qilgani uchun Taehyung buni sezmadi.

O'z hayollari bilan jahl qilib o'tirgan yigit, ikki yelkasiga qo'yilgan kichik va nozik qo'llardan seskanib ketdi. Shoshib qarshisidagi qizning stuliga qaradi. Stul bo'm-bo'sh edi.

Aureus ikki kaftini yigitning yelkalariga qo'ygan payt, Taehyung allaqochon gazetadagi suratga o'xshab qotib qolgandi.

Aureus bir qo'lini ustiga boshini qo'ydi. Shu holatda qizning nafasi yigitning bo'yniga tegib turardi. Taehyung hayajondan bir qo'li bilan dasturxonning bir qismini siqimlab oldi. Ikkinchi qo'li bilan esa qoshiqni qattiq ushlab turardi.

Aureus: xo'sh ovqatda zahar bor ekanmi?/qulog'iga yaqinroq kelib pichirladi.

POV Taehyung
Zahar....bilmadim. Lekin men allaqochon o'lyapman😵‍💫😵‍💫😵‍💫

Aureusga telefon qo'ng'irog'i bo'lib qolgani sabab, u tezda uydan chiqib ketdi.

Taehyung esa o'sha stulda taxminan yana yarim soat miq etmay o'tirdi. Keyin sekin turib idishlarni yig'ishtirdi. Oshxona rakvinasi(o'zbekchasini bilmiman🤧) oldiga kelganida yana boyagi voqea esiga tushib ketdi. Nafasi qisib, tik oyoqda turolmadi. Shuning uchun polga o'tirgan holda ikki qo'lini boshiga tiradi.

Taehyung: meni nimalar qilyapsan o'zi qizaloq..../past ovozda o'ziga-o'zi pichrladi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Liliya oradan 2 hafta o'tib Seul mafiasining yangi binosiga o'z mashinasini qaydab keldi.

Liliya ichkariga kirar ekan, kim uni ko'rsa deyarli yetti bukilib tazim qilardi. Ammo bularning bar hurmat tufayli emas, qo'rquv tufayli edi...

Xona

Aureus: anchadan beri ko'rinmaganding... /o'z kursida qahva ichib o'tirgan Aureus Liliyaga qaradi.

Liliya: senga ham salom👋/odatdagidan ko'ra boshqacharoq tutardi o'zini

Aureus: nega kayfiyating yomon? Oldin yangi qurboningni o'ldirgach yaxshi kayfiyatda qaytarding...?

Liliya:..../ Liliya kursiga o'tirib og'ir xo'rsindi

Aureus: nimadir bo'ldimi?/mana endi bor e'tiborini unga qaratdi

Liliya: bu gal qurbonimni o'ldirmadim...😐/derazaga qarab javob berdi

Aureus: hop lek....Aaaa? /Aureus eshitgan gapi tufayli og'zidagi qahvani tuflab yubordi.

Aureus:HOZIR NIMA DEDING🗣/hayratdan o'rnidan tezda turdi va baqirib yubordi.

Liliya: hoy..hoy..hoy....sekinroq👐

Aureus: Liliya o'z qurbonini o'ldirmadimi? Yog'e qo'ysangizchi undan ko'ra menga delfindan qanot o'sib chiqibdi deng, shunda balki ko'proq ishonarman./Aureus qo'llarini beliga qo'yib, har xil kulgili harakatlar qilgan holda o'ziga-o'zi gapira boshladi.

Aureus boshlar oldida doim o'zini tutishni biladigan qiz. Ammo bu uni terminater degani emas. U ham odam. Aslida u hushchahchah. Aureus faqar Liliya oldidagina o'zining asil o'zligini namoyon qilardi.

Liliya: ....🤦‍♀️😅

Birozdan so'ng Aureus tinchlandi va sekin Liliyaning qarshisidagi stolga joylashdi.

Aureus: ho'shshsh😏

Liliya: nima😒

Aureus: Sen..sen sevib qoldingmi?😏🤔😅

Liliya: toming kettimi🤨😑

Aureus: unda bu nimasi, sen qurbonningni o'ldirmaganing...?

Liliya: hozircha...😏

Aureus: unda nima uchun?

Liliya: u...huddi...huddi otamni eslatadi./yuz tuzulishi mayuslashdi. Ammo ko'zlarida g'azab charh urardi.

Aureus: axir otangni yaxshi ko'rarding... balki shuning uchun ham uni sev....

Liliya: YO'Q ASLO. Otam va onamni mendan vos kechishganidan keyin men bu tuyg'usini unutganman😡 bunday bo'lishi mumkin emas./ovozi qat'iy va bu suhbatni tugatish uchun ogohlantirish kabi yangradi.

Aureus: hmmm mayli mayli..

Aureus: lekin keyinroq bu haqida bafurja gaplashib olamiz..tushundingmi?😏🫵

Liliya: huhhh😮‍💨 yaxshi

Aureus: ha aytgancha meni nega shoshilinch chaqirtirding?

Liliya: haligi...Aureus../ikkilanib aytdi

Aureus: nima?/qoshlarini chimirdi

Liliya: ....yaqinda bir habar oldim..unda aytilishicha otang tirik ekan. Va...

Aureus: va...?

Liliya: u hozir yangi oila qurgan ekan. Uni surushtirganimda hozirgi ayoli bilan turmush qurganiga 14 yil bo'lgan. Bu seni onang o'lgan yildan 1 yil oldingi vaqt.

Aureusni yuzida hech narsa aks etmay qo'ydi. Bir nuqtaga tikilgancha jim turardi. U otasi onasini o'ldirganini bilardi. Ammo undan bu kabi hiyonatni kutmagandi.

POV Aureus
Shuncha yildan beri o'zimga o'zim uni har xil bahonalar bilan oqlab keldim. Balki onamni sevmagandir,
balki bunday qilmagandir💔 barchasi tasodif bo'lib chiqishi ham mumkin-ku🥀
Balki hozir pushaymondir💥....
Ammo yo'q u hozir hatto bizni eslamay mazza qilib yashayapti😡😡😡
Hali ko'ramiz DADAJON👿

Liliya: Aureus?/ havotir bilan so'radi

Aureus: hozir dam olishim kerak. Keyinroq uni masalasini hal qilaman.../yig'lagidi kelardi. Yig'lab yubormaslik uchun hamma so'zlarini bir nafasda tez aytdi

U xonadan tezda chiqib ketdi. Va to'g'ri uyiga bordi

QISM TUGADI!

Firk va reaksiya kutib qolaman😘!