March 17, 2025

SHE IS EVIL AND I AM HERS πŸ–€

Muallif: Yui Akuma😈
5-qism

Oradan 4 kun o'tdi. Yoongiga bu vaqt oralig'ida na suv na ovqat berildi. 4 kun davomida stulga bog'langan holda o'tirdi. Sillasi quridi. Holdan toydi. Bu ham yetmagandek ombor juda sovuq edi.

5-kuni Liliya Yoongining oldiga keldi. Qiz yigitga qarar ekan, o'zi kutgan natijani oldi. Mamnun holda hushidan ketgan Yoongini uyg'otish uchun ustidan bir chelak suv quydi.

Yoongi: shib***

Yoongi Liliyaga qaradi. Shu paytgacha yaxshi uxlay ham olmagani sabab qovoqlari yumilib ketay derdi.

Yoongi: mendan nima istaysan/zo'rg'a

Liliya yigitning stulga bog'langan va egilgan qaddini tomosha qilib, atrofida aylandi.

Liliya: ovqatlanishni istaysanmi?

Yoongi: javobini bilsang so'rama.../og'zi suvsizlikdan qurib ketdi.

Liliya: unda buyruqlarimni bajar./aylanishni to'xtatib, yigitni qarshisiga chiqdi.

Yoongi uzoq o'ylab o'tirishni istamadi.
Hozir u och, chanqagan va charchagan. Agar biror nima yeb olmasa bu yerdan qochish tugul, o'rnidan ham turolmaydi.

Yoongi: nima qilishim kerak?

Bu birinchi qadam edi. Qiz asta-sekin uni bo'ysundira boshlaganini Yoongi umuman sezmasdi.

Liliya: unga ovqat va suv bering. Yangi kiyim ham. Keyin uni eski o'yinchog'imning xonasiga joylashtiring/Liliya hizmatchilariga buyruq berdi.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Taehyung shu 5 kun ichida Aureusga to'xtovsiz sovg'alar yuborib turdi. Hamma qizlarni avragan kabi, usullardan foydalandi. Har kuni uni kechki ovqatga taklif qilardi. Aureus rozi bo'lib u bilan ovqatlanardi. Orada dasturxon ustida kichik suhbat qurishardi va Taehyung uni uyiga kuzatib qo'yardi

Aureus

Shunday kunlarning birida Taehyung Aureusni uyiga tashlab, endi o'z uyiga ketayotgan yigit o'yga toldi.

POV Taehyung
Mana bugun ham oddatdagidek o'tdi.
U meni hech bir taklifimga e'tiroz bildirmayapti. Yoki u ham boshqalar kabi mendek kelishgan yigit oldida o'zini yo'qotib qo'ydimi? Heh boshida unga katta baho berib yuborganga o'xshaymanπŸ˜’πŸ™„

πŸ“²-qo'ng'iroq

Taehyung: alo

πŸ‘€: eshitaman

Taehyung: Men aytgan narsa tayyormi?😏

πŸ‘€-janob, balki kerakmasdir. U oson o'ljaga o'xshamaydi.

Taehyung: Sen menga ishon. Hali ko'rasan yaqinda "Seul mafiasining" yangi boshlig'i men bo'laman😈

Diktafon orqali bu suhbatni eshitib turgan qiz, uyida bamaylihotir shampan ichardi.

Aureus: Axaxa🀣😈

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Ertasi kuni

Yoongi unga berilgan xonada mazza qilib uxlab yotardi. U hech qachon vaqtli uyg'onmagan. Lekin bugun uni erta tongdan uy hizmatchilari uyg'otishdi.

Ko'rpasiga chunonan chirmashib olgan yigitga hozir atrofdagilar qiziq emasdi.

πŸ‘₯️-hoy, janob. Turing....

Yoongi: mmm nima kerak?/ ko'zlarini ochmagan holatda.

πŸ‘₯️-xonim sizni chaqiryaptilar

Yoongi "xonim" degan so'zdan keyin, yuziga tushgan ikki shapaloqni esladi.
(qattiq urib yuborgan shekilli-a🀣)

Keyin esa o'rnidan sakrab turdi. Hizmatchilarni chetlab o'tib so'radi.

Yoongi: qayerda?

πŸ‘₯️-orqa bog'da, tezroq borganingiz maqul.

Yoongi qo'liga oyog'ini olguday bo'lib o'sha tomon yugurdi. U hozirga qadar o'zida och qolish jazosini sinab ko'rdi. Endi buni qaytarilishini istamay bor tezlikda o'sha yerga yetib bordi.

Qarasa soya bog' ichida Liliya kitob o'qib o'tirardi. Yoongi qadamini sekinlashtirib, unga halaqit berib yubormaslik uchun sekin harakatlandi.

Liliya: kech qolding/sovuq ohangda

Yoongi joyida dong qotdi. Bu ohang uni ich-ichigacha muzlatib yubordi. Liliya kichik va chiroyli qiz. Shu bilan birga u Yoongini qo'rqita oladigan yagona qiz. Yoongi o'zi bilmagan holda o'zini oqlashga tushib ketdi.

Yoongi: men..men uxlab qoldim. Bu boshqa qaytarilmaydi..

Liliya: Buni menga qizig'i yo'q. Barbir jazolanasan.

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Bugungi kechki ovqat

Taehyung: bugun siz uchun maxsus shampanga buyurtma berganman.

Bir ofitsant Taehyungning ishorasi bilan bir shisha shampan ko'tarib keldi.
Shampan quyilgach, Taehyung Aureusni ichishini kutib turdi. Qiz hech bir ikkilanishlarsiz uni ichdi

Taehyung shu payt kech tabassum qildi. Qo'lidagi shampanni stol ustiga qo'yib, keyin yonidagi suvdan bir ho'pladi va gap boshladi.

Taehyung: o'lim oldi biror tilaging bormi qizaloq.

Aureus: nima...?

Taehyung: axaxa hali ham tushunmadingmiπŸ˜‚πŸ˜‚ ha mayli unda o'zim tushuntiraman. Sen zaharlanding...hozirgina/yigit ko'zlari bilan qizning qo'lidagi qadahga ishora qildi.

Ammo qiz unga reaksiya bildirmadi.

Taehyung: hoy nega jim turibsan? Hali hushingdan ketishinga tahminan 3 soniya bor. Shunday ekan o'lishga shoshilmaπŸ˜πŸ˜…πŸ€£

1

2

3

Taehyungning boshi stol ustiga shiliq etib tushdi.
Aureus yonida turgan sochiqni olib stol ustiga hafsalasiz uloqtirdi.

Birozdan so'ng Taehyungga qarab lab chetida mensimaygina kulib qo'ydi.