PASSIONFLOWER | ep_10
So‘nggi daqiqalardek tuyuladi hamma narsa… Ko‘zlarim sening har bir harakatingni yodda saqlashga urinadi, yuragim esa sening ovozingni so‘nggi marta eshitayotgandek ehtiyot bilan tinglaydi. So‘z aytishga og‘ir, ammo sukut ham hammasini aytib turibdi. Agar bu bizning oxirgi bahorimiz bo‘lsa, iltimos, uni eng chiroylisi qilaylik. Chunki ayriliqdan oldin eng ko‘p sevaman deyish kerak… lekin eng sekin, eng yurakdan.
Tim qora tusdan asta quyuq koʻk, keyin esa chuqur binafsha rang va soʻngida huddi dengizday koʻm-koʻk boʻlgan osmonning bir tarafidan borliqqa zarra nurlarini taratib, yana bir kunni boshlab berdi quyosh.
Yumshoq koʻkrak ustiga bosh qoʻyib pishillab uxlarkan, uning uxlasada manoli jamoliga termulib yotgan koʻkrak egasi, oʻzining katta kafti orasida qolgan kichik qoʻlni silab unga bor vujudiyu, hayollarini bagʻishlaganday tikilardi. Huddi soʻngi bor koʻrishayotganday.
Shabboda shu kun juda yoqimli, huddi jannatga kirishi aniq boʻlgan shahid inson, joni uzilishidan avval, koʻz oldidan oʻtadigan jannat tabiatidek goʻyo. Huddi insonlar bu hayotda yoʻqdek. Faqat ular, nafas olayotgan, mehr ulashayotgan va qudratli sevgi tuygʻusi faqat ulardadek.
Jungkook tumba ustida turgan soatga qararkan, ish vaqti boshlanishiga bir soat qolgandi. Asta Soyunni yostiqga yotkazib, oʻzi oʻrnidan qoʻzgʻalarkan, Soyunning qoʻli uni tutip qoldi, bu tasodifiy va Soyun toʻliq uygʻonmagan.
– Jungkook - ovozida uyqu yangrardi.
– ha - u oʻzining chiroyli ovozida javob qaytardi.
Jungkook uchun bu gap, huddi yosh bir bolaning onasi bolaga hoʻrozqand yeyishiga ruxsat berganini eshitganda qanday hayajon va xursandchilik bersa, Jungkookga ham shu uch ogʻiz jumla butun boshli baxt va kunining goʻzal boshlanishiga yagona sabab boʻladi.
– men ham seni sevaman, hattoki juda ham koʻp. - Jungkook Soyunni qoʻlini silab qoʻydi.
– masalan - koʻzlarini chala ochib uyqu ogʻushida gapirardi.
– sevgim Parijdagi efil minorasini quyosh chiqganda oʻsadigan temirlaridek mustahkam va har kuni ortib boruvchi, Everest choʻqqisiga chiqish qiyin toʻgʻrimi.
– mening sevgimni choʻqqisiga chiqish ham huddi shunchalik, hatto yarimiga yetib bormay halok boʻlasan. – Jungkook shu qadar bosiq va yoqimli edi, tabassumi kichik va oʻtkir maʼnoni anglatuvchan, lablari tabassum qilganda juda chiroyli shaklga kelar... Buni koʻrish baxt.
– doim yonimda boʻling. - Soyun erini tizzasiga bosh qoʻydi, Jungkookni yuragi shu on larzaga keldi, huddi soʻngi tongdek.
– har doim, hatto qarib yuzimiz ajinga toʻlsa ham.
– siz juda kelishgansiz. - u hali ham uyquda.
– aldama. - Jungkookni tabassumi kengayib, Soyunning sochlaridan silashni boshladi.
– rost aytyapman. Men sizni juda koʻp rashk qilaman.
– havotir olma, koʻzlarim faqat seni koʻradi.
– sizga ishonaman. Mendan boshqasiga qaramang, hatto urishib qolsak ham.
– hop, endi men ketishim kerak gulim, oʻzingni asra, biz uchun. Ogʻir ishlarni qilma, shikafga boʻying yetmasa stol qoʻyip ham chiqma.
.
.
.
Ishdan toliqqan Jungkook, ish komputeri oldida burchaklari ingichka yogʻoch yuzi esa shishadan boʻlgan ramka ichidagi Soyunning guldek goʻzal tabassum qilib turgan suratiga qararkan, uning siymosida onasini koʻrgandek edi goʻyo.
Ramkani qoʻliga olib, sezilarli tabassum qildi.
Homiladorlik, barcha ayollarda har xil kechadi, lekin bitta hislatgina bir xil. Oʻjar va qaysarlik, kayfiyat doim oʻzgarishi, garmonlar almashinuvi sabab. Bunda jabrdida esa faqat bolaning otasi.....
– aniq bilaman, oʻsha ammasining qizi, erimga suykalyapti, u doim Jungkookni ortidan qolmasdi, hozir kelasan-ku, kuningizni koʻrsataman - shu vaqtgacha hayolining bir burchagiga ham kelmagan bemaʼni oʻylar endi uni qiynayapti. Qoʻlida telifonni kaftiga urib, uyning u yeridan, bu yeriga yurarkan, asabiylashganidan sochlari titilib ketdi hatto.
Shu bugundan Soyun juda kichik arzimas sabablar bilan Jungkookdan arazlab oladigan boʻlib qolgan.
Eshik tutqichi ochildi, ishdan charchab kelgan yigit hotinining bagʻriga kirishni istar, ammo bu oʻjar qiz doim kichik sabablar bilan yegʻloqi va juda arazchi edi.
– mening kichkintoyim, qani. - Jungkook huddi qizini izlayotgan otadek Soyunni qidirarkan, koʻzlari yegʻlaganidan qizarib, shishib qolgan ayolini koʻrib, qoʻlidagi kastyumini divanga tashladi.
– nima boʻldi? nega yegʻlading? yaxshimisan? qayeringdir ogʻriyaptimi?
Savollar koʻp, javob esa kulgili. Xavotirga oʻrin yoʻq.
– siz, Lina bilanmidingiz? - koʻz yoshlar ketma-ketligi yana davom etdi. Jungkook hayron, qaysi va qanaqa Lina.
Qoshlarini chimirib, xavotirli Soyunni yelkasiga qoʻllarini qoʻydi.
– ammangizni qizi, oʻzingizni bilmaganlikka olmang.
– uni nima aloqasi bor. - Jungkook hayron va biroz xavotirda edi, hayolidan min hil hodisalar oʻtdi, Lina kelib Soyunni aldab ketgan deb oʻyladi, ammasi balki Lina va Jungkokn haqida yolgʻon gapirgan deb oʻyladi. Lekin bularning bittasi ham toʻgʻri emas.
– oʻtgan oy, dala hovlida ortingizdan qolmay yurgandi, uyga kech kelyapsiz, uni kechki ovqatga olib bordingizmi yoki - yegʻlash barobarida biroz baland tovushda gapirardi u.
Shu on shifokorning maslahatlari Jungkookni yodiga tushdi, homiladorlikda oʻzgarishlar katta boʻlishi, ona huddi qornidagi boladek erkatoy va qaysar boʻlishi. Jungkook shularni eslarkan, mazahtomus jilmayib Soyunni quchib oldi.
– gulim, gul iforligim, unday emas, ishlarim choʻzilib ketdi, shunga kechka qoldim, buning uchun uzr - lablarini shishirib Soyunga boladek boqardi – Linani esa, men ham huddi sendek oxirgi marotaba oʻtgan oy dala hovlida koʻrganman.
– aldamayapsizmi? - koʻzlarini allaqachon toʻldirgan namlik bilan, Jungkookga maʼnoli tikilib qaradi.
– yaaaa Xudo haqqi,oʻzi bu bemaʼni gaplarni qayerdan olding?
– bilmayman, oʻsha kungi ishlar yodimga tushib qoldi. – Jungkookni quchogʻiga kirarkan, ichi biroz ogʻir pat bilan toʻldirilgan yostiqqa bosh qoʻyganday boʻldi.
– yoʻq, hamkasblar bilan ovqatlangandim. - iyagini qizning boshiga qoʻydi – yur uxlaymiz.
.
.
.
Keyingi kun, kechasi soat 22:08
Pov Soyun:
Jungkook anchadan beri menga befarq, hatto boʻsa ham olmayapti. Boshqasini topib oldimi? Mendan zerikdimi? Yoki endi meni sevmasaya.
Soyunning homiladorlik davridagi holati, Jungkookga ancha qiyin tushadigan boʻldi.
Soyun oshxonada idish yuvar chogʻi shu hayollarni oʻylarkan, ongiga kelgan fikrdan benuqson jilmaydi. Hoʻl qoʻllarini sochiqga artib, chiroqlarni oʻchirdi, zinadan tepaga koʻtarilib yotoqxonaga kirib qarasa Jungkook kiravat boshiga suyanib, oyoqlari ustiga yumshoq va tiniq koʻk rangli yostiqni qoʻygan, yostiq ustida esa oxirgi rusumli kompyuter, oldidagi tumba ustidan qahvani olib hoʻplarkan, bir on koʻzi Soyungga tushdi va yana ishida davom etdi. Soyun eriga hafsalasi pir boʻlib termulib soʻng hammomga kirib ketdi.
Pov Soyun:
Eʼtiborsiz boʻlishni senga koʻrsatib qoʻyaman hali.
Achchigʻi chiqqan Soyun, hammomga kirdiyu, Jungkook bilan eng yaxshi ilk tunida kiygan toʻrli va chuqur qizil rangli tungi koʻylakni kiyarkan shu barobarida sochlarini yoyib, labiga qip – qizil lab boʻyogʻi, va dimogʻni buzuvchi atir upasi. Tanasi mukammal edi, faqatgina ishib turgan qorni, uning goʻzalligini biroz yashirmoqda.
Soyun hammom eshigini ochib chiqarkan, chap qoʻlini boshi ortiga qoʻyib endi esnash uchun ogʻiz ochgan Jungkookni ogʻzi yopilib, uyqusi qochdi. Soyun shikafni ochib, pastki tortmaga kalta kiyimi bilan egilarkan, Jungkookni tanasidan sovuq ter chiqa boshladi, bir yutunib oʻrnidan turdi, koʻzi hotinidan boshqa hech kimni koʻrmasdi. Koʻylagining old tugmalarini boʻshatarkan, bir qoʻli Soyunning belidan asta pichirlash bilan oʻradi.
– nima qilyapsiz - qiz magʻrurona eridan siljimoxchi edi, lekin Jungkookning tishlari allaqachon uning boʻynini hoʻllagandi.
– Jungkook - Jungkook uni eshitmasdi, ehtiros uning quloqlarini kar koʻzlarini koʻr qildi. 5 oy deganda ayolining yalang tanasini koʻrdi axir.
Erkak tishlarini ayolining yelkasidan olarkan, Soyunni shishib turgan qorniga qoʻllarini qoʻyib siladi. Soyunni quloqlariga shu qadar yaqin ediki, har gapida lablari uni qulogʻiga tegib turardi.
– u uchun sabr qilayotgandim, lekin endi, sabr qilolmayman.
– unda oʻgʻlimiz koʻzini yumib turadi. - Soyun erini yelkasiga qoʻl qoʻyarkan, past boʻyini oyoqlari uchida turib balandlatar chogʻi Jungkookni lablariga labini bosdi.
Oʻshanda kechagi kun men uchun unutilmas edi, Jungkook bilan shu qadar yaqin edikki, tanalarimiz orasidan havo oʻtishiga ham joy qolmagan. Uni har nafasimda sevdim, har onda oʻsha kuni farzandimiz ilk marotaba otasini his qildi. Bu oxirgi marttaligini oldinroq bilganimda edi, balki bu soniyalarni koʻproq qadrlardim, soniyalarni daqiqalarga, daqiqalarni, soatlarga, soatlarni kun, hafta, oy, yillarga uzaytirishga bor kuchim bilan harakat qilardim, to oʻlim bilan ovora boʻlib, sevgimni oʻsha ondagina unutmagunga qadar shu harakatdan charchamasdim. Lekin, qadrlanmadim, ahlatdek uloqtirildim.
Bir necha vaqtlardan soʻng, erimni onasi qaytib keldi, u huddi meni onamga oʻxshardi, nega ular bunchalik oʻxshashligini bilmasdim. Jungkook onam oʻlgan deb bilardi, lekin u ayol tirik ekan, bir necha yildan beri, oʻsha odam bu dunyoda yoʻqligini bilardim, soʻng u dabdurustdan paydo boʻldi. Barcha oila xursand, hatto Jungkook amakisi bilan ham yarashdi. Biz shu onda bir muncha baxtli yashadik, Jungkookni onasi meni uncha yoqtirmasdi.tugʻishimga ham 2oy vaqt qoldi holos, ancha ogʻirlashib qoldim, qoʻl oyoqlarimda biroz shishish bor. Jungkook onasi bilan ovora, shu oy ichida anglab yettimki u onasini juda qattiq yaxshi koʻrar ekan, sogʻingan ekan. Men avval u uchun hammasidan ustun edim, endi esa bir pogʻona pasaydim chogʻi, men buni oʻylab biroz tabassum qilaman. Ha onasi boʻlishi qanday baxt. Balki meni ham onam boʻlganda edi, hammasi boshqacha boʻlardi, noshukurlik qilmayman, juda baxtiyorman. Xudo xohlasa oʻzim ham yaqinda ona boʻlaman, yana bir oʻvunchogʻim qoʻlimda boʻladi. Men uni aslo tashlab ketmayman. Huddi Jungkookni oyisi kabi....
Baland ovoz va men biroz seskanib ketdim, anchadan buyon bunday qoʻpol ovoz meni chorlamagandi.
Shishib qolgan qornimni ushlab zinalarni bittalab bosib tusharkanman, ismim bepisand ovozda qulogʻimga qayta-qayta eshitilardi.
– ketyapman - pastga biroz yaqinlashganimda, angladim qaynonam meni chaqirayotgan ekan.
– qulogʻing ogʻirmi deyman. - ayol menga juda qoʻpol, va doim men bilan yuzlashganida uni qovogʻidan qor yogʻardi.
– kechiring oyijon - u meni erimni, hayotim bir boʻlagini dunyoga keltirgan ona edi, meni qanchalik yomon koʻrmasin, kamsitmasin men unga doim hurmat bilan murojat qilaman.
– men seni oying emasman.
Hayron boʻlib uni koʻzlariga tikildim.
– xo-nim - u lablarini choʻchaytirib qastdan meni turtib gapirarkan, hayratdan jim edim.
– Kim xonim deb aytasan - biroz choʻchirdim, bu ayol meni yomon koʻradi, farzandimga biror hol boʻlmasa edi derdim.
– hop Kim xonim - qoʻrqib kettim, koʻzlarimga darrov yosh quyildi. Homiladorligim sabab juda taʼsirchan boʻlib qolgan edim. Uni koʻziga bir tikildim va orqaga qadam bosib ketmoqchi boʻlganimda meni toʻxtatdi.
– menga qara, seni koʻrsam, lanati onang yodimga tushyapti. Oʻgʻlimni oldida sen boʻlishingni umuman istamayman.
Onam! U onamni qayerdan biladi, men tobora taajjublanardim, menga aytayotgan gaplari qulflangan. Oʻzi nima istaydi bu ayol. Savollarim juda koʻp va javobini olishim kerak.
– Si...sizni tushunolmadim? - duduqlanar ekanman, jumlalarim titroqi edi.
U oʻng yelkamga qoʻlini qoʻyib meni biroz siltadi, men indamadim.
– agar, bu uydan oʻz oyogʻing bilan ketmasang. Ichingdagi haromini oʻldiraman - koʻylak yengidan chiqqan kichkina pichoq qornimga tiralarkan, jon holatda uni siltab itarib yubordim. Qornimni ikki qoʻlim bilan quchib, bolamni himoya qildim.
Gʻazablandim, endi hurmat qilish yoʻq, gap bolamga kelganda. Hoh erim, hoh onasi boʻlsin men oʻzimga javob berolmay qolaman, ayolni bor kuchim bilan itarib yuziga ham qattiq shapaloq tortdim.
– Meni bolam haromi emas, ogʻzingizga qarab gapiring.
– sen iflos, Xudo biladi oʻgʻlimga qayerdan ilakishib olgansan. Bu bolang ham hali Jungkookdanmi oʻzi.
– hoy ayol nimalar deyapsan, bolamga til tekkazma aks holda, mana shu pichoqni boʻgʻzingga tirayman - gʻazablandim, xoʻrligim keldi, hali bunchalik haqoratlanmagandim. Bu qanday iflos tuhmat edi.
Ayol iflos tabassum qilib, meni tinchlantirdi.
– menga qara, bu yerdan indamay ketasan, boʻlmasa bolang tugʻilsa ham uni oʻldiraman. Jungkookni tinch qoʻyasan, mobodo Jungkookga churq etadigan boʻlsang ham dilbandingdan ayiraman.
– nima uchun, men sizga nima qildim - men qoʻpol va choʻrtkesar ovozda oʻshqirdim.
– uyogʻi bilan ishing boʻlmasin, bilasan Jungkook meni sendan ham ustun koʻradi shunday ekan. Senga ikki kun vaqt, uyni boʻshat.
Ayol maʼnosiz va bemaʼni gaplari bilan meni oshxonada yolgʻiz tashlab oʻzi chiqib ketarkan, qornimda biroz sanchish paydo boʻldi, koʻzlarimni chirt yumdim, yoshlar dumalab tusharkan, yuragim bir on toʻxtagandek edi.
Qachon, qanday ketishimni bilmayman, bolam uchun ketishga majburman, ertaga Jungkook ishdaligiga koʻnab ketishga qaror qilgandim, shu bugun emas.
Men qanday mehribon va oʻta kelishgan erimni tashlab keta olaman, u mening borligʻim, hayotim mazmuni, men uni shu qadar qattiq sevaverdim, hatto u meni onasining boʻhtonlariga ishonib ursa ham, yuragim uni deb uraverdi. Yotoqxonamiz oynasidan uning kelishini kutmoqdaman. Uni quchoqlab uxlagim kelyapti, hidiga toʻyib mast boʻlishni istardim.
Eshik ochilarkan, eshik ortidan Jungkook kirdi, oyoqda turolmaydigan darajada mast edi u. Bugun hamkorlari bilan bitim tuzganiga 5 yil boʻlgan kun edi. Menimcha u buni yaxshi nishonlagan. Jungkook tomon oshiqib endi yotoqxona eshigidan chiqmoqchi bolganimda, yengiltak qizning nazokatli kulgusi qulogʻimga chalindi. Begona kulgu va begona ovoz. Eshik tutqichini ushlagan qoʻllarimni qaytarib, qadamlarimni ortga qaytardim. Xonamizning yarimini devor oʻrniga egallagan shisha oynadan qarar ekanman. Erimning ammasini qizi unga osilib turardi, egnidagi kiyim huddi yoʻqdek. Ikkisi ham oʻzini tanimaydigan darajada sarhusht.
Lekin Lina biroz boʻlsada oʻzida, u men ularni kuzatib turganimni bildi, menga qarab nopok tabassum qilarkan, u Jungkookni hovlimiz hovuzi oldidagi oʻrindiqlardan birga olib borib oʻtkazdi. Oʻzi esa Jungkookni qarshisida kiyimlarini ehtirosli harakatlar va ovozlar bilan yecharkan, Jungkookni istagi tobora oshib borayotganini sezardim, men ularga qarshilik qilolmayman, chunki menda ketish uchun sabab bor. Lekin rashkim shu qadar oʻt olyaptiki, Linani sochidan sudrab boshini devorga ikki-uch marotaba zarb bilan urishni istardim, lekin qoʻlimda kelmaydi, istasam ham qilolmayman. U oʻzini Jungkookni oyoqlari orasiga tashladi, faqat ichki kiyimda. Jungkook uning belidan silarkan, koʻz yoshlarim toʻxtamasdi. Lina Jungkookni oyoqlari bila oʻrab oldi, boʻsani chuqurlashtirdi. Jungkookni bir qoʻlini olib oʻzining koʻkragiga qoʻyib silatardi, huddi u aloqaga muhtojdek. Ular ehtirosli ovozlar chiqarisharkan, gʻam va alamimni sezgan farzandim, noqulay gʻimirlashni boshladi.
– AHHH SOYUNN - ismim butun uyni lahzaga keltiruvchi ovozda baland eshitildi. Tezlikda yopib qoʻygan pardani ochib ularga qarashga ahd qildim, Jungkook mastligidan qarshisidagi qizni men deb oʻylayapti.
– mhmmm, Jungkook, siz menga kirishingiz uchun nafaqat Soyun balki it ham boʻlama. Mmmmmm. - u erimni ustida oʻzi harakatlanardi
Soyun jimgina yig‘layotgandi. Ko‘zlaridan asta sirg‘alib tushayotgan yoshlar yuzining beg‘ubor oppoq terisida shaffof iz qoldirar, biroq u buni artishga ham urunmasdi. Qaltirayotgan lablari titrab-titrab harakatlanar, go‘yoki ichidagi so‘zlar chiqmoqchi bo‘ladi-yu, yuragining og‘rig‘i ularni yo‘ldan qaytarardi. Uning kipriklari yosh bilan ho‘l bo‘lib yaltirab turgan edi, har bir tomchi — ichidagi og‘riqdan tug‘ilgan go‘yo.
Yelkalari sekin-sekin titrardi, ammo u ovozsiz yig‘lardi — bu sukutdagi faryod edi. Qon yuragiga urilgandek og‘ir va iztirobli ko‘zlari bilan qaradi... va aynan shu nigohda minglab so‘zlar yashiringandi. Dunyodan nolimasdi, lekin yuragi sinayotganini har kim sezardi. U go‘yoki hech kimga kerakmasdek his qilar, ammo o‘sha paytda butun olam uni quchoqlab yupatishni istardi.
.
.
.
Yarim tun, Jungkook allaqachon uxlagan edi. Men oʻzimga kerakli narsalarimni oldim. Va menga bir olam baxt ammo biroz boʻlsada gʻam bergan bu xonadondan ketmaslikni istardim. Lekin majburman. Pastga tushdim, erim divanda mitti mushukdek uhlardi. Uni oldiga yaqinlashdim. Yuziga biroz egilib, vujudimdagi bor sogʻinch va mehr bilan uni oʻpib qoʻydim.....
Alvido mening butun umrga tatigulik baxtim, alvido mening kelishgan va mehribon erim. Sizni tashlab ketish juda oʻgir edi, lekin men bunga majburman, farzandimiz uchun. Meni ortiq koʻrmaysiz, men sizga eng chiroyli baxtni tilayman. Ketganimga yegʻlamang, siqilmang ham. Bilaman meni juda qattiq sevasiz ha bunga oxirgi kunlarda shubham boʻlsada, baribir meni sevishingizni bilaman. Jungkook, Jungkookim sizni shu qadar qattiq sevdimki, buni tassavur qilish qiyin. Esingizda boʻlsa aytgandingiz, meni sevgim Everest choʻqqisidek uchiga yetguncha halok boʻlasan deb. Meniki esa tinch okeanning soʻnggi manzilidek, sevgim tubiga shoʻngʻiguningizcha vafot etasiz va butun umr oʻsha tubsizlikda qolasiz.
Men sizni shunday sevaman sevgilim.....Alvido