𝗦𝗘𝗩𝗜𝗦𝗛 𝗧𝗔𝗤𝗜𝗤𝗟𝗔𝗡𝗔𝗗𝗜 [ 𝖾𝗉𝗂𝗌𝗈𝖽𝖾 - 3 ]
— balki bir birimizni himoya qilish uchun yaralgandirmiz, lekin bazida bizni himoya qilayotgan narsa biz uchun xavfli boʻlishi ham mumkin. Sen men uchun koʻz yoshlar yaratuvchisisan.
Kunlar koʻzimga rangsiz koʻrinib borardi, uyga kirsam chiqgim kelmas, chiqsam kirgim kelmay qolgandi, anchagina boyligi bor bu yigit nega aynan shu katalakdek uyni tanlagan, hayotdan bahramand olib yashashni istamaydimi nahotki.
Xonamdagi balkonga tomon chiqdim, egnimda uxlash uchun kiyim bor edi holos, boshqa barcha meni siqimlab turuvchi kiyimlardan ozod boʻlgandim. Kichik blakonimning bir burchagi doim sirli edi, toʻrtburchak ustini oq latta bilan oʻrab qoʻygandim, bu mening eng omadsiz tarafim edi, har gal unga qoʻl urganimda omadsizlikka duchor boʻlaman va tinimsiz yegʻlay boshlayman, dardlarim koʻpayganda koʻz yoshlar kelmaydigan vaqt boʻlsa aynan shu burchak koʻz yoshlar yaratuvchisiga aylanadi. Bugun ham huddi shunday, ichimdan qulayapman lekin hissizman, koʻz yoshlarimni yoʻqotib qoʻygandekman. Men yopingʻichni uning ustidan oldim-u yerga tashladim, qarshimdagi togʻlarga tikildim, harsang toshlar huddi haqiqiydek edi, rasmga uzoq tikildim 30daqiqa uni oʻrgandim, faqat qora rang ishlatilgan bu suratda oʻzimni koʻryapman. Baland qoyaganing uchida turgan qizning koʻylagini shamol uchiryapti, lekin uning boshi yoʻq edi, bu rasm chala qolgan. Bu mening otamni san'at asari edi. U butun umrini shu rasmlarga bagʻshlagan, aynan shunisi chala qolgandi, ota-onam tugʻma rassom edi, ular bir kunda aftahalokat sabab oʻlishgandi, oʻshanda men 3yosh edim.
Bu rasmni tugatishim kerak, lekin menda rasm chizish uchun mahorat yetishmasdi. Qizning boshini qancha chizishga urinmay, yo qiyshiq yo kichkina yoki katta boʻlib qoladi, men yoshligimni rassomchilik kurslarga borib sarfladim, lekin bari befoyda ketdi. Menga buning uchun tugʻma qobiliyat yoʻq edi, qizning oʻxshamagan bosh shakli oʻchirilverganidan qora iz hosil qilgandi. Ota-onamdan hech vaqo qolmagandi, hatto tugʻma qobiliyat ham, men hatto ularni qoldirgan soʻnggi suratini ham tugatolmaydigan darajada omadsiz farzanddek his qilardim oʻzimni.
– hayirli kech - yigirma daqiqalik hotirjam hayotimni buzib tashladi u. Oldimdagi balkondan ovoz keldi, astalik bilan u tomon qaradim, u qora shimda, ustidagi kiyimi ham qora edi va shimining ichiga tiqilgan, u balkon panjarasiga qoʻllari bilan suyanib turardi.
Javob berishni istamay kirib ketish uchun ortimga oʻgirilgandim.
– shoshma
– nima istaysan?!
– seni istayman, qachongacha qochib yurmoxchisan.
– safsata toʻqima, kimni sevishingni anglab ol avval. Ammo meni emas. Men seni sevolmayman.
– men sevishingni kutmayman. Sen uchun Amerikadan qaytdim.
– qaytib ket unda, ket bu yerdan.
– Soyun. - u hafsalasiz gapirdi.
– hayirli tun. - hech ikkilanmay uyga kirib ketdim.
Uning koʻzlari, ovozi men doim undan uzoqlashaman degan vaqtim yaqinlashishga, uni oʻylashga, idrok etishga majburlaydi. Mening nozik tarafim balki udir, hozir muhumi oʻz ustimda ishlashim kerak, oʻzim uchun kelajagim yaxshilanishi uchun. Ammo bemaʼni hayollar sabab doim chagʻiyveraman, uni oʻylagan vaqt karaht boʻlib qolaman, hayotimning maʼnosi faqat u deb oʻylayman. U huddi parazidlardek.
Yonimda qolishini, quchogʻiga kirib xotirjamlikni his qilishni juda qattiq istayman. Koʻksiga tushgan koʻz yoshlarim sabab meni yanada mahkam quchishini, meni himoya qilishini, uni sevish taqiqlanmasligini hohlayman, erkin quchishni, yuzidan ushlashni, qoʻlidan tutishni, koʻziga soatlab termulib oʻtirishni. U faqat meniki boʻlishini faqat men bilan boʻlishini juda hohlayman. Men uni sevaman, juda qattiq sevaman.
Bu zaharli sevgi edi, men zahar qoʻshgan sevgi, uning qalbidagi bogʻda yovoyyi gul boʻlib oʻsyapman!
Bugun birinchi ish kunim, oynaga qaraganimda oʻzimdan choʻchib ketdim, anchadan beri oʻzimga qarashga vaqt topa olmayotgandim. Tayyor boʻlgach chuqur nafas olib, oʻzimga tabassum qildim, hayotda oʻzimga faqatgina oʻzim doʻst edim.
– hayirli kun - ayni damda atrofimdagi barcha hodimlarga, tabassum va tazim qilib yuribman.
– xush kelibsiz Lee xonim - barcha meni iliqlik bilan kutib oldi, bu juda yaxshi, kayfiyatim ham koʻtarildi, atrofingdagi insonlar senga yaxshi va samimiy munosabatda boʻlsa, hayot muammolari tez unutilar ekan. Shu tarzda hamma yerni oʻrganib chiqdim, bu yer juda chiroyli edi. Ishimni ham boshlab olgandim.
– shoshma, u yerga hozir kirish mumkin emas - eshik tutqichiga yetib borib ammo uni usholmagan qoʻlim ortiga qaytdi.
– men shunchaki sochiqlarni qoʻyib chiqmoxchi edim.
– u xona mehmonxonaning katta hamkori uchun ajratilgan va hozir u shu yerda.
– kechirasiz - boshimni egib uzr soʻradim.
– hech qisi yoʻq, oʻrganib ketasan.
– rahmat.
Bu yerdagi ish aslo tugamasdi, xonalar koʻp va mijozlar tark etishi bilan pastel va sochiqlarni almashtirib xonani tozalash kerak. Boy erkaklar foxishalar bilan koʻp vaqt oʻtkazadigan mehmonxona desa ham boʻlar ekan bu yerni. Bazida ularning iflos ishlaridan keyin u yerni ham tozalashga majbur hodimlar.
Mijozlar chaqiruvi tinmaydi, barcha hodimlar xizmat koʻrsatish uchun chaqirilgan xonalarga ketishgan edi. Yana bir chaqiruv va men javob berish tugmasini bosdim.
– Xizmat boʻlimi sizni eshitadi - yoqimli ovozda murojat qildim.
– hayirli kech, men sizni bezovta qilmoqchi emas edim. Suv keltira olasizmi?
– besh daqiqada olib boraman.
– rahmat
Chaqiruv yakunlandi.
Umuman kutmagan insonim ayni damda koʻz oldimda turibdi. Uni koʻrib yegʻlaymi? Kulaymi? Lekin kulishga sabab keltiradigan inson emas.
– s..si...siz
– S..Soyun - qaniydi mendan boshqasi olib chiqganda edi suvni. Boshimni egib labimni tishladim.
– sen bu yerda nima qilyapsan? - koʻzlari hayronlikdan ochilgan, ovozida ham hayrat ufurib turardi.
– ishlayapman.
– meni sogʻindingmi? - uning ovozi mahzun eshitildi qulogʻimga.
– nega birdan buni soʻrayapsiz.
– chunki men seni sogʻindim. - u men tomon doim talpinadi, men har doim u uchun harakat qildim, Jungkookni unutishga va hayotimni shu insonga bagʻishlashga. Lekin hayolim doim boshqasida edi, Jungkookda edi. Men sevgan insonni unutdim.
– biz ajralganimizga 2yil boʻldi.
– azizim, suv kelibdimi - ichkaridan qiz bolaning ovozi eshitildi, bilmadim nega qalbim oʻrtanib ketdi. Unga ortiq gapirishni istamay qoʻliga suvni tutqazdim.
– yaxshi dam oling.
– Soyun, toʻxta.
Indamadim, yoʻlimni anglash bilan hayolimni chalgʻitdim.
Ish kuni ham tinchlik yoʻq, yer dumaloq degani shu boʻlsa kerak.
Kechga yaqin uyga keldim. Hayriyatki Jungkook hali ishdan kelmagan ekan. Oʻz uyimga ham yurak hovuchlab kiraman deb sira oʻylamasdim.
– ochilsangchi - qiz tirqishga kalit tiqarkan, kalit tishlari umuman qimirlamasdi.
– koʻchada qolamanmi deyman.
– men bilan qolasan - kutilmaganda eshitilgan ovoz qoʻrqqanimdan yelkalarim silkinishiga sabab boʻldi. Ortimga oʻgirilib unga ensa qotirgancha eshikni ochish uchun qilayotgan harakatimni davom ettirdim.
– Soyun, baribir ochilmaydi.
– koʻp gapiryapsan.
– Soyun - yana boshqa ovoz toʻlqinida mening ismim. Zinadan pastga qaradim yana u. Ichimgacha titrab ketdim.
– bu yerda nima qilyapsiz.
– meni eshit Soyun
– sizni 2yil avval eshitganman, oʻshani oʻzi butun umirga yetib ortadi.
– hoy kimsan - Jungkook borligi butunlay hayolimdan koʻtarilibdi, bir on unga koʻzim tushdi qoʻshlari yetarlicha chimirilgan.
– Soyun, hozir men bilan pastga tush boʻlmasa koʻtarib boʻlsa ham olib ketaman. - shu gaplar ortiqcha edi, Jungkook uning yoqasiga yopishdi.
– hoy asabiylashishimga sababchi boʻlyapsan - tishlari orasida vishillagancha.
– sen kimsan oʻzi, bizni oʻrtamizga aralashadigan darajada.
– men uni..
– Jungkook - Jungkookning gapi tugamasdan nozik ovozi bilan Yerim keldi. Jungkook darrov Taehyungni qoʻyib yubordi.
– nima boʻlyapti bu yerda
– sen bu yerda nima qilyapsan azizam - Jungkook seni sevaman deydi, lekin u juda qoʻrqoqlik qilyapti, bu gaplaridan u meni mazax qilgandek his qildim oʻzimni, qalbimda bir narsa oʻyilgandek boʻldi. Koʻzlarimga achishish bilan yosh quyildi, ammo ularni oqqizmaslik uchun koʻzimni tez-tez pirpirattim.
– seni oldingga kelayotgandim. Voy Taehyung oʻzingmisan - Yerim meni oldinda turgan sobiq sevgilimni koʻrib tabassum bilan hayratlandi.
– hayirli kech Yerim - Taehyungni koʻzlari gʻazab bilan Jungkookdan uzilmasdi.
Uchchalamiz ham jim turardik faqatgina Yerim gapirardi.
– ikki yildan keyin Soyunni sogʻinib qoldingmi. - Yerim istehzo bilan gapirdi.
– balki yana birga boʻlishni oʻylab koʻrarsiz, axir bir-biringizga juda mossiz.
– buni oʻzimiz hal qilamiz Yerim, sizlar yaxshisi sevgiling bilan uni uyiga kiringlar. Bizni gaplashadigan gapimiz bor.
– albatta - Yerim ensa qotirish bilan shunga xos ovozda gapirdi.
– hech qayoqqa kirmaymiz, axir biz doʻstlarmiz Soyun, bir-birimizdan yashiradigan sirlarimiz yoʻq. - Jungkook arang ushlab turgan ajdarxosini chiqarib yubormaslik uchun tabassum qildi.
– bu bizning shaxsiy masala. Doʻst boʻlasanmi undan yaqinmi, hayot ikkimizniki
– Tae eshikni ocholmayapman ochishga yordam bering - Soyun Taehyung ortiqcha gapirmasligi uchun gapni burdi. Eshik ochildi ikkisi bitta uyga kirib ketdi.
Jungkook esa shunchaki qolib ketdi, ular ikkisi yolgʻiz uy ichida nima qilishini oʻylab aqldan ozayozdi. Yerimni koʻrishni istamasdi ham. Uning yuziga yopilgan eshik ichidagi boʻshliqni chuqurroq qazidi, hasad, gʻazab barchasi unda jamlandi.
– Yerim nega qorongʻuda kelding.
– azizim nega kayfiyating yoʻq - u Jungkookni quchoqlab oldi, ammo Jungkook uni rad etdi.
– Yerim maqsadga oʻt, bugun juda charchaganman - asabiy ifoda aks urib turardi yuzida.
– Jk sevgilim, bilaman koʻp ishlagansan lekin seni sogʻindim.
– menimi hamyoningnimi - Jungkook stol ustidagi qizning bir necha kun avval qolib ketgan hamyoniga nazar tashlab dedi, Yerim asli shu uchun kelgandi.
– juda eʼtiborlisanda, menga aynan shu kerak edi - Yerim uni qoʻliga olib, Jungkookni yuzidaqisqa oʻpich qoldirdi. Jungkook uni his qilishi bilan koʻzlarini asabiy yumib oldi.
– kech boʻlmasidan keta qolay.
– yaxshi yetib ol.
Yerim xursand boʻlgancha chiqib ketdi, ammo uy ichida qolgan Jungkook aqldan ozgandi.
– men shunchaki oʻtirolmayman - Jungkookni tanasi gʻazabdan titrardi. Zarb bilan oʻrnidan turdi, uyidan chiqib qarshsidagi eshik tutqichidan tutib eshikni ochdi.
– QANI U , QAYERDASAN - Bor ovozi bilan oʻshqirdi.
– hoy telba bu yerda nima qilyapsan - Soyun kalta shoʻrtik va ingichka tasmali maykada edi. Jungkook uni bu holatda koʻrib yuragidan bir narsa uzilganday boʻldi.
– nega bunday ahvoldasan, nima qilding u bilan, qani u. - Jungkook barcha eshiklari ochib chiqdi, men uni toʻxtatishga urindim, lekin afsus bir umr hammadan yashirib kelgan xonam eshigi u uchun ochildi.