February 10

𝗦𝗘𝗩𝗜𝗦𝗛 𝗧𝗔𝗤𝗜𝗤𝗟𝗔𝗡𝗔𝗗𝗜 [ 𝖾𝗉𝗂𝗌𝗈𝖽𝖾 - 1]

1-qism

Kunlar bunchalar tez oʻtishini bilmay qolibman, umrimning yarimi u bilan oʻtdi, biz bir-birimizga juda qattiq bogʻlandik, masofadan sevish oʻzgacha ekan. Uni koʻrmaysan, his qilmaysan, darding boʻlsa bagʻriga kira olmaysan. Men uni sevdim juda qattiq bogʻlandim. Lekin men Soyun emas Yerim edim. Uning uchun men Yerim boʻldim hech qachon Soyun emas. Men doim soya edim.
Bugun u qaytadi, necha yillik iztirobim sababchisi qaytadi, lekin bagʻriga sogʻinib meni emas boshqasini bosadi. Men bu ishni boshlaganimda uni sevib qolmayman deb oʻzimga vaʼda bergandim, lekin qayerda. Men uni oʻzimdanda koʻp sevdim. Umrimni oxiriga qadar menda yod boʻladigan sevgiga aylandi u.

Yotgan joyimdan qimir etmay mendan pastroqda tinmay jiringlab yotgan telefonimni olishga erinib oyogʻim yordamida oʻzimga yaqinlashtirdim. Ekranga qaradim-u shu zahoti yuragim hapqirib ketdi.
– jin ursin, nega qoʻngʻiroq qilyapti bu. - telefonni oʻchirish uchun jurʼatim yetmasdi, istamasamda javob berdim.
– eshitaman
– salom Soyun
– salom Yerim - ovozimdan uni istamasligim aniq edi.
– bugun Jungkook qaytyapti oʻzing bilasan-a nima qilishni - uning ohangi yoqimsiz eshitilyapti.
– ha Yerim, bugunni oʻzida buni 18marta takidlayapsan.
– ehtiyot shart deymanda - qiz oxirgi soʻzini tugatish chogʻi choʻzib gapiridi.
– xavotir olma Yerim, men hech kimga churq etmayman. Endi goʻshakni qoʻyishim kerak.
– shoshma Soyun, u haqida hammasini aytib bera olasanmi - ovozida biroz tortinish bor edi.
– habar tashlab qoʻyaman - koʻz yoshlarimni kuchim boricha tiyishga urindim.
– rahmat Soyun - negadir endi keragim yoʻqek edi.
– senga ham, yaxshi dam ol Yerim.
Goʻshak tugadi, ovozim boricha baqirib yegʻlagim kelardi. Uni rashk qilyapman aqldan ozyapman men.
Ichimga sigʻmay oʻrnimdan turdim, hayotimni yorituvchi chirogʻim oʻchib qoldi, hayotda faqat bitta suyanchigʻim bor edi, lekin u ham endi yoʻq. Ichimga sigʻmay ketyapman, ichim yonib ketyapti.

– Nega, nima uchun bunday boʻldi, nega sevib qoldim uni - xonamni egallagan suratlarga qarab achchiq koʻz yosh toʻka boshladim.
– bunday boʻlishi mumkin emas, Jungkook, bunday boʻlmaydi, men seni sevmayman eshityapsanmi - Suratlar qarshisiga turdim ular menga faqat tabassum qilib turishibdi, uni asta silay boshladim.
– SEVMAYMAN SENI, CHIQ HAYOLIMDAN LANATI - suratlarni qoʻlim bilan changallab yertib yerga uloqtirdim. Oʻzim esa ahmoqlardek oʻtirib uni ustida koʻz yosh toʻkdim.

Huddi menga hiyonat qilinayotgandek edi, oʻzimga sigʻmay yegʻlarkanman oyoqlarim ostida buklangan suratdan birini qoʻlimga olib u bilan yuzlashdim.

– har doim aqlimga tayanib ish tutganman, bu safar ham shunday qilaman Jungkook, seni yuragim tubiga koʻmaman.
Uni suratini koʻrib shu ahvolga kelyapman, uni boshqasi bilan hayol qilsam shu holatga tushyapman, koʻz oldimda boʻlsa nima qilar ekanman-a.

Dengiz boʻyida yagona yaqin doʻstim gitaramni olib oʻzim istagan notada, qoidalarsiz musiqa chalgim keladi, zerikkanimda shu ishni bajaraman, lekin ayni damda zerikmadim, dunyo koʻzimga tor koʻrinib ketyapti. Huddi dengizning oxirini izlayotgandek tikilardim uzoqlarga. Chalkash hayollarimni telefon ovozi battar chalkashtirdi.
– ha Yerim.
– Soyun azizam qalaysan - qoʻngʻiroq ortidan baland musiqa ovozi va u bilan joʻr boʻlib yoshlarning baqir chaqirigʻi ham eshitilardi.
– yaxshiman, oʻzingchi. Tinchlikmi Yerim.
– Soyun qaligʻgʻim kelgani sharofati bilan bayram uyishtirgandim sen ham kel.
– Yerim nega taklif qilayotganingni bilib turibman, iltimos ochiqcha gapiraver.
– Zukko qizsanda Soyun - magʻrur kulgu ovozi quloqlarim ortida jarangladi.
Men shunchaki uni maqsadi bilish uchun jim turaverdim.
– Soyun, u qanday shirinliklar yoqtiradi.
– shokoladli - chuqur xoʻrsindim.
– rahmat senga - ayni damda Yerimdan nafratlanib ketyapman.
– arzimaydi Yerim.
– bugun seni kutib qolaman. Faqat
– tushundim, seni dugonalaring keladi men esa yaxshi kiyinib borishim kerak. Lekin unday qilmayman kechir Yerim
– kelaver Soyun, bir safar hech narsa qilmaydi - nahotki u meni tuygʻularimni oʻylab koʻrmagan, axir u ham qiz bola-ku

– kechir meni ishlarim bor Yerim, borolmayman. - iloji boricha qoʻngʻiroqni yakunlashga harakat qilyapman.
– Soyun bir marta rozi boʻl, uni toʻliq oʻrganib olishim uchun kelaqol iltimos qilaman. - chuqur hoʻrsindim, rozi boʻlishdan boshqa ilojim yoʻq edi.
– hop.
– rahmat senga
– arzimaydi - unda ayb yoʻq lekin juda qoʻrslashib ketyapman, meni sevgimni tortib olyapti u, men uni sevishimni bilmaydi toʻgʻri, lekin nega bilmayman aybdor udek.

Kechki vaqt ham keldi, biroz bashangroq kiyindim, ozgʻin oyoqlarim koʻrinib turardi, sochimni ortga tarab, kiyimimga mos sumka tutdim, oʻsha yerga borishga tayyorlanganimdan beri yuragim juda tez uryapti, notinch edim. Koʻz yoshlarim boʻgʻzimga tiqilib qolgan. Nailoj borishim kerak.

Kechki vaqt.
Barcha eski doʻstlar yegʻilishdi, barcha Jungkook va uni oldidagi qizga havas bilan qarardi, ikkisi ham juda goʻzal insonlar. Yerim juda nozik qiz, koʻylagi ham oʻziga yarashgan juda chiroyli edi. Men huddi qora botirdekman, Yerimni oldida bir oʻzimni aybdordek tutyapman bir etiborsizman, oʻzimni hatto oʻzim anglolmayapman. Nihoyat, men uni qarshisidaman, koʻzim faqat uni koʻryapti, yuragim faqat uni taniyapti juda qattiq va tartibsiz yurak sistemasi.
– Oh Soyun, keldingmi - Yerim uni oldidan men tomon bir qadam tashladi, diqqatim buzildi, koʻzlarim yaltirab turardi, sogʻinchim koʻp, sogʻinchim cheksiz, shart uni bagʻriga oʻzimni otib toʻygunga qadar uni quchsam, mana nihoyat oldimdasan desam, seni sogʻindim desam qani edi.
– Hayirli kech Soyun
– hayirli kech, Koreyaga hush kelibsan - arang tabassum qildim.
– Jungkook Soyunni eslaysanmi
– ha huddi oʻzimni tanigandek taniyman uni azizam - Jungkook keng tabassum bilan koʻz qisib qoʻydi.
– sizlari bezovta qilmay - boʻgʻzimga tiqilib qoldi jumlalarim.

Oʻzimni yana burchakka otdim, havo juda yaxshi edi, hashamatli uyning hovlisiga ham mehmonlarga joy qilishgandi, oʻsha yerlardan birga boridimda suv olib toʻxtatmasdan ichdim balki ichimdagi olov oʻchar deya, lekin foydasiz, qarshimdagi hovuzga oʻzimni otsammikan, barchasi ahmaqona hayollar. Men turgan joydan uch qadam uzoqda edi hovuz, men uning shamolidan bahra olish uchun yurdim, hovuz tomon yaqin borganimni bilaman oyogʻim bir narsaga ilakishib toʻxtatolmagan qadamim sabab yerga qulayotgandim, hayolimda shuncha odam ichida sharmanda boʻlmaslik edi faqat. Lekin belimda qattiqlikni qiz qildim. Koʻzlarimni chirt yumib olgandim, qoʻllarim ham meni tutgan insonni boʻynida qoldi. Men yeqilmadim va ustimdan kulishamdi. Ich ichimdan shunga xursand edim.
– ulgurdim - tez tez nafas olib turgan yigit yonib turgan koʻzlari bilan menga qarab turardi.
– r...rahmat - yigit meni oʻzimni oʻnglashimga yordam berdi. Uni yuzga aniqlik bilan qaradim. U Yerimning bir oy avval munosabatni toʻxtatgan yigiti edi.
– sen - tabiiyki undan uzoqlashdim.
– senga ham salom Soyun - barcha yana oʻz suhbatiga qaytdi va endi ularning koʻzlari bizda emasdi.
– bu yerda nima qilyapsan? - tushunqiramay qaradim unga
– Yerim qanday yigitni deb mendan voz kechganini koʻrish uchun keldim - toʻgʻrisi unga achinaman.
– Jack qoʻysangchi, unut endi uni va bu yerdan ket. - u yuzimga mahzun koʻz bilan tikildi.
– hoy hissiz qiz, sen sevgi nimaligini bilasanmi oʻzi - u jerkib gapirdi.
– seni tushunib turibman,lekin uni tanlovi sen boʻlmading-ku, suymaganga suykalib nima qilasan, oʻz yoʻlingni top, Yerimdan-da chiroyli qizlar qalashib yotibdi.
– yoʻq, qalashib yotmayapti. Undan ham chiroyli qiz faqat bitta, u ham qarshimda turibdi. - kutilmagan jumlada biroz oʻzimni gʻalati his qildim.
– Jack sen bu yerda nima qilyapsan - oʻrtamizda begona ovoz, diqqatimni jamlab qarasam Yerim ekan, qoʻrqqanidan yuzlari burishib gʻazab aralash tez gapirdi.
– men bu yerga sevgan qizim bilan keldim, uni yolgʻiz qoʻygim kelmadi - demak Jackson yolgʻiz emas degan fikrga keldim hamki uni qoʻlini belimda his qildim. Koʻzlarim moshdek ochilib ketdi unga darrov qaradim.
– toʻgʻrimi sevgilim. - hayollarim umuman chalkashib ketdi.
– ni...nima - Yerim shok holatida ikkimizga qarab turardi.

– Yerim, qayerga ketib qolding - Jungkook uni ortidan keldi, negadir uni koʻrib huddi men yigitimga hiyonat qilayotgandek edim. Hayollarim shuni oʻzida jamlagan lekin unday emas.
– Soyun, bu yigitingmi. - Jungkook Jacksonga nazar tashladi keyin esa menga. Nima deyishimni bilolmay qoldim, Jackson belimni siqib quloqlarim tomon yaqin keldi.
– ha deysan boʻlmasa dugonangni sharmanda qilaman. - ichim titrab ketdi, menga bu ishlarga aralashib nima ediya. Jackson yana hech narsa boʻlmagandek mendan uzoqlashib tabassum qildi.
– sevgilim biroz uyatchang kechirasiz. Ha men uni yigitiman.
Jungkook negadir biroz oʻzgargandek koʻrindi koʻzimga, lekin bu shunchaki hayollarimdagi roli edi uni.
– ismim Jackson, Wang Jackson. - u Jungkook tomon qoʻl choʻzdi.
– meniki Jeon Jungkook - u ham tabassum bilan Jacksonni qoʻlini qisib qoʻydi.
– bizdan ajoyib juftliklar chiqarkan,balki biron kuni dam olgani ketarmiz. - keraksiz gaplar.
– Jackson, ketmoqchi edikku azizim - bu ahmoqni olib ketmasam hali ancha vaysaydi.
– Soyun shoshma, sendan iltimosimiz bor edi.
– Jackson sen tashqarida meni kutib tur sevgilim - oʻzimni uni qoʻlidan ozod qilarkanman arang tabassum qilardim.
– yaxshi tezroq chiqgin - u Yerimdan koʻz uzmasdi.
– nima deysan Yerim
– Soyun, qarshingdagi uyga Jungkook joylashdi buni aytish uchun vaqt topolmadim. - nima, quloqlarim toʻgʻri eshityaptimi, Jungkook mening qoʻshnim boʻladimi. Men undan uzoqlashmoxchiman lekin nega yaqin kelyapti u.
– Koreyada meni manzilimdan boshqa manzillar va uylar koʻp, meni u kelgandan keyin tinch qoʻyasizlar deb kelishgandik esingda yoʻqmi. - unda ovozimni pastroq aytdim.
– esimda lekin nima qilay, Amerikadan turib aynan shu tarafdan uy olibdi, u ham fol ochmaydi axir. - u odatiy gapirdi.
– uff, menga qizigʻi yoʻq, eng muhumi meni bezovta qilmasangiz bas.

– unday boʻlmaydi xavotir olma, sen bilan ishimiz tugadi. Iloji boʻlsa endi Jungkook bilan gaplashma Soyun.
– yaxshi qol - unga hurmat bilan tabassum qildim, albatta ishi tugadi olti yillik umrimni mendan tortib oldi axir, ortimga qaramay ketdim, koʻz yoshlarimni koʻrmasin deya. Doim aqlimga quloq solgim kelyapti, lekin qoʻlimdan kelmayapti.
– Soyun ketdimi - Yerim yolgʻiz turganini koʻrib uni oldiga bordi Jungkook
– ha ketdi. - Jungkook biroz boʻshashdi.
– yur sevgilim, seni universitetdagi dugonalarim bilan tanishtiraman.

Soat tungi 00:33 koʻzimdan uyqu oʻzimdan esa halovat ketib boʻlgan. Toza havo istab balkonchamga chiqdim.
– yaramas, meni nima ishim bor seni yigiting bilan, jodugar, alvasti - achchigʻim chiqib zahrimni tashqariga sochib oʻzimga gapirdim. – oʻzi u meniki edi - ovozim biroz sustlashdi.
– men sevardim uni, nega bunday boʻldi, u meniki edi. Uni olti yil men kutdim u emas.
– hoy qiz sekinroq, bu yerda sendan tashqari odamlar ham bor - notanish ovoz lekin yuragim taniydigan ovoz, nahotki barcha gaplarimni eshitgan boʻlsa. Turgan joyimdan qimirlolmay boshimni chap tarafga sekin burdim.
– s...se....sen
– ha men, uyqing qochdimi deyman Soyun - u men bilan yolgʻiz.
– ha - boshimni qichib qoʻydim – oʻzing nega barvaqt kelib olding, odatda boʻkkuncha ichib sevgan qizing bilan istaganingni qilish mumkin edi, nahotki sen shu yerdasan - u meni gaplarimni unutishi uchun gapni darrov burdim.
– balki ishonmassan, lekin bunday yurishlar menga yoqmaydi, shovqinli musiqa ostida, bir talay insonlar, juda zerikarli.
– buni bilaman
– nimani
– senga yolgʻizlik yoqishini
– nima, sen qayerdan bilasan, oʻzi endi koʻrishgan boʻlsak - u keng tabassumini koʻrsatib menga qarab turarkan hayollarim bulutidan agʻdarilib tushdim.
– nima - sapchib dedim. – m...menga bu haqida Yerim aytib bergandi, ha Yerim aytgan.
– ha umi - Jungkook bilgandek jilmaydi yana.
– ha, u sen haqingda gapirishni juda yoqtiradi.

– ha bilaman - uni ovozi juda ishonchsiz chiqdi.
Oʻrtamizda chuqur sukunat paydo boʻldi, oyoqlarim ichkariga ham qadam bosgisi kelmasdi, men shunchaki yulduzlarga tikilishni tanladim.
– boyagi yigit rostdan yigitingmi - dabdurustdan berilgan savol meni esankiratib qoʻydi.
– nima, yoʻq u meni yigitim emas, u....u shunchaki doʻstimiz.
– unda nega yigitiman dedi?
– senga shunchalik qiziqmi bu - kinoyali qaradim.
– bilmadim, negadir shunga qiziqdim, shunchaki soʻradim.

– mayli meni uyqim keldi, yaxshi dam ol - unga qisqa rasman tabassum bildirib ortiq unga qaramay kirib ketishni oʻylagandim lekin.
– u yigit senga toʻgʻri kelmas ekan, shuni aytmoqchi edim - tutqichga qoʻlimni qoʻygandim, chuqur nafas oldim, indamay uyga kirdim. Kim mos menga unda Jungkook degim keldi. Lekin indolmadim.
– hayirli tun - taslim boʻlmadi baland ovozda hayirli tun tilab qoʻydi, uni koʻrishim bilan negadir yegʻlagim kelaveradi. Ovozini eshitam vujudim titraydi. Bu sevgimi yoki daxshatli kino.

Tongdan koʻchaga chiqishni afzal bildim, jamiyki ichimdagilarni tongning sovuq havosiga bagʻishlagim keldi, men oʻzimdan qochayotgandim. Men sevgimdan qochyapman. Doimgidek telefonim barchasini buzadi, yani Yerim. U qoʻngʻiroq qildi, men esa javob berishga majburman.

– eshitaman Yerim - yugurganim sabab nafasim ichimga toʻlib ketgandek edi.
– Soyun, bugun biznikiga kelaolasami.
– nima uchun - kuchli tezlikdan peshonam namlangandi.
– dadam chaqiryaptilar.
– tinchlikmi, biron ishlari bor ekanmi.
– bilmasam, Soyun buni Jungkookga ham aytib qoʻy qoʻngʻiroqlarimga javob bermayapti.
Taqdir ustimdan kulyapti chogʻi.
– hop Yerim. - erta tongdan asabim buzildi.

Uyga qaytdim, toʻgʻrimdagi eshikga nazar tashlash oni yuragim qattiq urardi. Eshikni asta taqillatdim. Hoynahoy u uxlab yotibdi, lekin bizni soat sakkizga chaqirishgan. Na iloj baribir taqillatdim. Yuragim huddi eshikga qoʻl bilan urgandek edi. Uni koʻziga qaramaslik uchun koʻzlarim pastda edi. Eshik ochildi va u.
– S...Soyun - uni yuzga tikilib qoldim nega bilmayman keyin aniq tanasini koʻrdim, u kalta shortikdan boshqa hech narsasiz turardi. Darrov yerga qaradim.

– uzr bezovta qildim, Janob Yang bizni soat sakkizga chaqirayotgan ekanlar, shuni aytmoqchi edim - uni yuziga qaramay tez tez aytdim.
– h...hop - nazarimda hayron qarab turibdi menga.
– mayli koʻrishguncha.
Indamay ortimga oʻgirildim. Va shu on ismimni uning ovozida eshitib yana oʻgirildim.
– bir iltimosim bor edi
– qanday?
– men guruch pishirolmayapman, iltimos yordam ber.
Biroz oʻylanib turdim, agar iltimos soʻzi boʻlmaganda qilmagan boʻlardim.
– mayli, iltimos deganing uchun. - u samimiy tabassum qildi.

Uyiga kirdim, eshik ortimdan yopildi. Oshxonani koʻrsatdi u menga. Bordim hamma narsa tayyor shunchaki guruchni koreyscha pishirish qolgandi holos.

Soyun unga hammasini koʻrsatdi. Hatto pishirib ham berdi. Uning 15 daqiqa vaqti Jungkookning uyida oʻtdi.
– mana tayyor - Soyun Jungkook tomon qaraganda yigit ustki kiyimisiz edi hali ham. Qoʻlini qovushtirib boshini devorga suyab xuddi Soyunni kuzatib turgandek.
– katta rahmat Soyun
– arzimaydi - Soyun biroz noqulay boʻldi. Yerdan koʻzini uzmadi va vaziyatni qisqa qilish uchun gap ochdi.
– mayli sen nonushta qilib ol, balki Yerimlarnikiga yoʻlni bilarsan-a, men oʻzim ketaveramn.
– h...ha bilaman
– yaxshi, koʻrishguncha - kichik tabassum va Soyunning titroq oyoqlardagi qadam boshlandi.
Hayajon sevgining eng nozik nuqtasi, shu onda koʻzlar koʻr boʻladi, ong oʻzini yoʻqotgan bir on boʻldiki hech narsani eshitmaysan ham anglolmaysan, soqov boʻlasan. Soyun huddi shunday vaziyatda edi va u yoʻq joydan yeqilib tushdi.
– aah - tizzasi toʻgʻri zina qirrasini moʻljalga olib tushgandi. Bir chiziq misoli shilinib qon aksini koʻrsatishni boshladi.
– Soyun - Jungkook darrov uni turgazish uchun qadam qoʻygandi.
– yaxshimisan, ogʻrimayaptimi.
Yoqimsiz ogʻriqdan yuzi burishgan qiz, qarshisidagi odamga boʻlgan tuygʻularini bir on eslab uning koʻzlaridan qochdi yana.
– yaxshiman. - u turishga urinmoxchi boʻldi.
–kel oʻzim yordamlashib yuboraman.
– yoʻq oʻzim.
– oyogʻing yaralandi turolmaysan.
– y....yoʻq oʻzim turolaman - darrov uni rad etdi.
Jungkook qizni olgunicha Soyun turishga yana harakat qildi lekin oxiri qoniqarli boʻlmadi. Jungkook ham uning turishiga yordamlashish uchun harakat qilayotganda Soyun ham harakatga tushgan bir on edi va Soyun oyogʻidagi ogʻriq sabab muvozanatni yoʻqotib yeqilmaslik uchun jon jahti bilan tayanch qidirib, Jungkookning sonini qattiq siqib oʻzi esa uning oyoqlari orasida qolib ketdi.
Bir on sukunat, ikkisining yuragi yonmoqda. Soyun juda qattiq hayajonda yuragi tez urardi, lekin u teginayotgan kimsa allaqachon boshqa birovniki edi.
– hushomat qilyapsanmi, odatda yigitlar sevgan qizini sonini siqardi - Jungkook uyatdan qizarib ketgan Soyunning yuzini battar qizarishiga sabab boʻldi.



𝐂𝐇𝐀𝐍𝐄𝐋: 𝐅𝐎𝐑𝐄𝐒𝐓 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒
𝐁𝐘: 𝐒𝐎𝐘𝐔𝐍 𝐖𝐀𝐓𝐒𝐎𝐍.
𝐞𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝𝐞-1