February 21

𝗦𝗘𝗩𝗜𝗦𝗛 𝗧𝗔𝗤𝗜𝗤𝗟𝗔𝗡𝗔𝗗𝗜 [ 𝖾𝗉𝗂𝗌𝗈𝖽𝖾 - 2 ]

2-qism

– kechirasan - u tomon qarashga ojizlik qilardim.
– mayli, biz biroz oʻzgarish kiritamiz Lee Soyun - u qoʻlim ostidan ushlab meni bir deganda turgʻazdi.
Biz? Biz emasmiz-ku. Mendagi tuygʻular unda ham boʻlishini juda istagan boʻlardim lekin afsus, bu boʻlishi mumkin emas.
– yaxshisi uyinggacha olib chiqib qoʻyaman.
Indamadim. Eʼtiroz bildirolmasdim chunki ingichka oyogʻim biroz boʻlsada ogʻir lat yedi.
– bunchalik ozgʻinlik ham yaramaydi, biroz semirish kerak - u uydan chiqar koʻyi soʻzladi.
– menga shunisi maʼqul
– lekin boʻlajak turmush oʻrtogʻing semirishingni istasa nima qilasan.
– oʻziga boshqa Horun topishiga yordam beraman, men Soyunam va shundayligimcha qolaman - oʻzligimni bildirib tasdiqlov tabassumini qildim, uyim eshigi ochildi.
– xonang qayerda?
– xonam ana toʻgʻrida - yoʻq nimalar deb qoʻydim.
– J...Jungkook meni oshxonaga olib chiqaqol.
– nega?
– suv ichib keyin oyogʻimni davolayman, sen esa chiqib ketaver. Rahmat senga.
– Yerimlarnikiga bora olasanmi
– ha, sen ketaver men oʻzim boraman, seni ham yoʻldan qoldirdim kechir.
– yoʻq, sen bemalol tayyorlanaver men kutib turaman. Birga boramiz.

Birga soʻzi, biz degan gap. Meni ich-ichimdan baxtli qildi. Qalbim gullagandi, uning tafti mening kichik tanamni qurshab olgandi biroz avval. Iloji boʻlsayu uni mahkam quchoqlasam.

– hop.

U chiqib ketdi. Men oyogʻimga malham bosdim, yara koʻrinmasligi uchun shim kiydim va oppoq futbolka ustida qora qizgʻish jenfer.
Oʻn daqiqa oʻtdi, labimni biroz boʻyadim. Soʻng oynadan qaradim Jungkookning mashinasi oʻt olib turardi, bildimki u meni kutyapti. Sekin, ehtiyotkor qadamlar bilan pastga tushdim.
– kuttirib qoʻymadimmi - mashina eshigini ochib unga yuzlandim.
– yoʻq, oʻtir qizaloq - Jungkook boshining ishorasi bilan meni oʻrindiqqa joyladi.
Manzilga qadar sukunat buzilmadi hatto. Men nimani kutyapman oʻzi bilmayman, u mega sevgi izhor qilishi uchun hali ham umidvor boʻlib yurgandekman, lekin men unga yaqinlashishga urinmadim ham.

– hayirli kun - oldinma-ketin kirib bordik villaga.
– kel oʻgʻlim, xush kelibsan - janob Yang oʻtirgan joyidan turmay qoʻllari ostidagi hassani chap tarafiga qoʻyib Jungkook tomon qoʻl choʻzdi, yigit qoʻl berar koʻyi hurmat bilan egildi

– salom amaki
– oppogʻim yaxshimisan - amakim men uchun quchoq ochdi.
– yaxshiman, oʻzingizchi? - qolganlar qoʻlini qoʻvushtirgancha bizga nima tabassum qilib turishardi.
– ishing nima boʻlyapti - uni oldiga turdim.
– biroz oʻxshamayapti, lekin xavotir olmang men hammasini uddalayman - u peshonamdan oʻpib yuzimga tabassum bilan tikilarkan, yuzidagi qarilik ifodasi nur ila koʻrindi menga, u huddi otamdek, mening hayotdagi eng yaqin doʻstim, dardkashim. Lekin men unga hiyonat qilyapman, qizining sevgan insonini men sevaman, meni shu darajaga yetkazgan inson oldida uyatli edim.
U qoʻlimdan tutdi.
– sen kuchli qizsan, hammasini uddalashingga ishonaman.
– rahmat
– qani endi nonushta stoliga oʻtsangiz. Sizlarda muhim gapim bor.
Hammamiz borib oʻtirdik, shu payt uyqusidan arang ochilgan Yerim yugurib kelib, oʻtirgan joyidan Jungkookni orqasidan quchib oldi, shu zahoti yuzimni yon tarafga burdim.

Jungkook nim tabassum bilan uning qoʻlidan tutib qoʻydi, lekin koʻzlari koʻzlarimni izlardi, negadir hijolat tortgandek edi u.
– xoʻsh sizlarga muhim gapimni aytsam. - boshqalardan eʼtiborimni uzib Yang amakimga qaradim.
– Soyun bu senga bogʻliq. - u ogʻzidagi soʻnggi luqmani yutib, tilini lunji uzra aylantirib oʻylandi.
– qanaqasiga?
– Suho bilan seni unashtirmoxchiman. - qoʻrqinchili jumlalar, meni ikki yil oldin zoʻrlashga uringan erkakga turmushga chiqish, bu ahmoqgarchilik. Meni qalbim egasi bor deb baralla aytgim keladi. Lekin bu taqiqlangan, bu sevgi taqiqlangan.
– Nima!?
– ha Soyun, zoʻrku bu.
Ikki yil avvalgi ahvolim esimga tushib qoʻrqib ketdim. Men oʻlsam ham bu yigitga turmushga chiqmayman.
– kechirasiz, lekin men bunga qarshiman - amakimga qaramasdan, toʻgʻriga qaragancha gapirdim.
– nega?
– me...meni sevganim bor, ha sevganim bor - tiqilib qolgudek aytdim, suv ichib ham yubordim.
– nima - Jungkookni qoʻlidan sanchiq tushib ketdi. Shu zahoti stol atrofdagilar unga juda gʻalati qarashdi.
– lekin Soyun, sen biz bilan bolganing yaxshi emasmi.
– y..yaxshi, lekin men sevib qoldim.
– qanday yigit u, bilmaymiz ham.
– nima farqi bor dada, Soyungga yoqsa boʻldida. - Yerim ovqatni ogʻziga solar koʻyi tabassum qildi.

– mayli nima ham derdim, muhimi baxtli boʻlsang boʻldi.
– aha - lab qimtib tabassum qildim.
– menga boshqa gapingiz boʻlmasa ketaqolay amaki, nonushta uchun rahmat - unga hurmat yuzasidan egildim.
– hop qizim, ehtiyot boʻlgin - amakim tabassum bilan meni kuzatdilar.
– koʻrishguncha - boshqalarga koʻz tashlab chiqib ketdim. Koʻz yoshim boʻgʻzimni achishtirardi.



Kechki vaqt.

Barcha ishlarini tugatgan qiz uyi tomon oshiqarkan, eng sevimli uyidan ham bezitishgandi. Jungkookni koʻrishdan, yana uning koʻzlaridan oʻzini qidirishdan charchagandi u.
Koʻp qavatli uyning kerakli qavatiga chiqgan qiz ne koʻz bilan koʻrsinki uyining eshigi oldida uxlab qolgan Jungkook oʻtirardi.

– Jungkook - hayron boʻlib gapirdi.
– Jungkook, yaxshimisan? - uning tomon egilib, yigitni yelkasidan turtib qoʻydi, bunday holatda inson ikkilanadi albatta, Soyun Jungkookni yuragini eshitib koʻrish uchun koʻksiga quloq tutdi. Ovoz negadir eshitilmasdi, keyin qoʻlini koʻksiga qoʻyib yaxshilab eshitish uchun qulogʻini bosdi.
– tirikman - bogʻiq yoʻgʻon ovoz yangradi, Soyun boshini olaman deganda Jungkook qoʻli bilan uni koʻksiga bosdi.
– yana biroz shunday tur. - chunarsiz jumlalar.
– s...sen aqldan ozibsan, qoʻyib yubor.
– qoʻyib yubormayman.
Soyun bir ozga jimib qoldi.
– nima qilyapsan.
– yigiting bormi Soyun?
– nima?
– iltimos javob ber.
– shaxsiy sirlarimni aytolmayman, hozir meni qoʻyib yubor va uyingga kirib dam ol, yaxshigina ichib olibsan.
– savolimga javob ber!
– boʻlsa senga nima?
– Soyun.
– Nima - negadir xoʻrligim keldi, lekin negaligini bilmayman.
– yolgʻon gapiryapsan
– nega senga yolgʻon gapirishim kerak.
– chunki seni sevaman - bu jumlalar, men doim oʻzim uchun yolgʻondek tuyulgan bu jumlalar u jiddiymi, na kulishimi na yegʻlashimni bilmay qoldim.
– ni...nim...nima?
– ha seni sevaman, hatto bunga ancha boʻldi. Yerim rasmingni tashlab bergan kundan beri sevaman seni. - aslida u rasmni Yerim emas men tashlagan edim.
Yuragim juda qattiq tez urib ketdi, nahotki orzuimga yetdim, ishongim kelmasdi, ich-ichimdan juda xursand edim.
– Yerim seni sevadi.
– menga qizigʻi yoʻq
– u seni sevadi deyapman, qoʻyib yubor meni.
– Soyun, menga qiziq emas deyapman. Iltimos qiynama meni.
– Jungkook uyingga kir va uxla, nima deyayotganingni oʻzing ham bilmayapsan.
– juda yaxshi bilib turibman. Oldingda boshqasini koʻrishni istamayman Soyun.
– aqldan ozibsan - yegʻlab yubordim.
– ha ozdim - u peshonam ustiga peshonasini bosdi.

Juda gʻalati hislar, uni nafas olishini aniq eshitardim va bu menda kapalaklar uchishiga sabab boʻladi.
U labini labimga bosdi, uning iliq lablari mening issiq labimga bosilarkan, u harakatlana boshladi, biroz ehtirosga berildim va javob qaytardim, u bilan hamohang boʻldim, lekin aqlim doim bu notoʻgʻri ekanini eslatib turardi.

Negadir koʻz yoshlarim quyildi. Men oʻzimni xiyonatkor va mashuqa deb hisoblashni boshladim. Hayollarga choʻmgunimcha uning harakati tezlashib ketdi.

*

Jungkook Soyunni oʻz uyiga olib kirib ketgandi. Eshikni yopdiyu qizni devorga tirab uning ustida hukm qilishni boshladi. Qoʻllari lablarining behayo harakati uchun tanani yalangʻochlardi. Qizning kiyimi ichiga yugurgan qoʻl uning belini silarkan lablari Soyunning lablari atrofini oʻpishdan toʻxtamadi. Qizning boʻyniga qadar boʻsalar uzilmadi, Jungkookning nafasi tezlashib ketardi. Jungkook tizzalab oʻtirdi, Soyunning son oldi suyaklaridan mahkam ushlab, kindigining yonidan to koʻkrak pastki qismiga qadar yalab chiqarkan, qiz orqaga tisarildi. Til vazifasini tugatgach lablar yana ishga tushdi. Huddi baliqning lablari kabi harakat qilardi.

U tepalashib borardi, Soyun istamasada Jukgkookni koʻksidan itarishga qilgan harakati Jungkookni yanada jonlantirib harakatlari tezlashishiga va xohshi ortishiga yordam berardi holos! U tepalashib faqatgina maykada qolgan qizning koʻkrak ustini tishlab oʻparkan, Soyun bundan keyingi holatni tahmin qilib uni bor kuchi bilan itarib yubordi.

– Soyun - u Soyun tomon yaqinlashdi va uning ismini hafsalasiz qaytardi.
– chegaradan chiqib ketyapsan! - qiz eshik tomon orqasi bilan sekin qadamlar va hayrat bilan chiqmoxchi boʻldi.
– Soyun, sen ham meni sevasan toʻgʻrimi? - u Soyunning koʻzlariga umid bilan qarab qoldi.

– koʻrdingmi jimsan, meni sevasan. Nega tan olmaysan.
– bunday emas, seni sevmayman Jungkook qayerdan olding bunday bemaʼni gapni. - nahotki u olti yillik qiz aslida Soyun ekanini bilib qolgan boʻlsa.
– bemaʼni gap. Koʻzlaring aytib turibdi Soyun, men seni sevaman, sen uchun hammasidan kechaman deyapman, Koreyaga ham sen sabab keldim.
– bas qil! - Soyunning ovoz tondi balandlashib ketdi.
– meni oʻylama ham, hayolingdan chiqarib tashla, iloji boʻlsa bu yerdan koʻchib ket, seni sevadigan qiz bor. Men uchinchi odam boʻlishni istamayman. - Soyun gʻamga botgan jumlalarini jiddiy va muhim ohangda gapirdi. Jungkook hafsalasiz boʻlib qoldi.
– hayirli tun. - Soyun ortiga qaramay chiqib ketdi.



Bu voqeaga qanday qarashni bilmay qoldim, dab durustdan bunday gaplar, aqldan ozaman shekilli. U nimalar deganini boshidan oʻylab tahlil qilib chiqyapman. U meni sevishi, bu aqlga sigʻmas, men ham uni sevaman, hatto oʻzidanda ortiq sevaman. Lekin iloj qancha. Uni sevish boshidan taqiqlangan, u sabab men mana shu shinamgina uyimga va kelajak uchun hunarga ega boʻldim. Bularning badalini toʻlash uchun sevgimni qurbon qilishim kerak.

Kunlar huddi rangsizdek boʻlib qolgandi. Soyun uydan barvaqt chiqib, kechasi kelardi. Jungkook bilan uchrashmaslik uchun qoʻlidan nima kelsa shuni qilardi. Hammasini unutish uchun ishga shu berilib ketishni afzal bildi.



– Lee xonim, Haneulga xush kelibsiz - rasmiy kiyimlari qaddini yanada tik ushlab turgan yigit, qarshisida hayajon ila unga boqib turgan Soyun tomon tabassum bilan unga tantanali javob berdi.
– NIMA? - hayronlikdan ovozi hilol balandlashib – kechirasiz hayajonlanib ketdim - u qoʻli bilan ogʻzini yopib, xursandchiligini yashirdi.
– ertadan ish boshlashingiz mumkin, soat 07:00 da shu yerda boʻling Lee Xonim.
– Albatta, xuddi siz aytganingizdek boʻladi - Soyun oʻrnidan darrov turib tazim qildi.
– unda ertaga koʻrishguncha.
– albatta, yaxshi qoling - u keng tabassumini yuzidan tushirmay eshikdan chiqib ketdi.

Hayot bir lahzaga goʻzal edi. Soyun uyiga shoshildi, ertangi kun uchun tayyorgarlik u uchun muhim. Qiz barchasini tabassumlari tubiga koʻmgandi. Manzili tomon keldi.
Uyiga kirmasdan bilaklari qattiq bosimni his qildi. Tortqilash bilan katta tana ostida qoldi-u.
– shu vaqtgacha qayerda eding?
– sen - uning qora chigʻlariga hapqirish bilan qarab qoldi.
– savolimga javob ber.
– qiziqma Jungkook - past ovozda gapirdi.
– soatga bir qara, bu vaqtda yaxshi odamlar koʻchada boʻlmaydi.
– unda men yaxshi odam emasman.
– Soyun, iltimos - tishlari orasida vishillab gapirdi.
– nima iltimos, tinchlikmi? - zinadan chiqayotgan Yerimni ikkisi ham payqamadi. Soyun darrov Jungkookni ortidan surilib undan ayrildi.
– Y..Ye..Yerim, qalaysan - Soyun shoshilib qoldi, Yerim hammasini eshitmagan degan umid bilan dovdirab turardi, lekin Jungkook pinagini ham buzmadi. Oʻsha chimarilgan qoshlar, asabdan qisilgan koʻzlar va koʻkimtir tomirlar.

– nima boʻlyapti bu yerda? - classic uslubda oppoq kiyingan qiz qosh uyib qoʻydi.
– yigiting jaxlini boshqarolmayapti. Uni oʻzing tinchlantirib ol. - Soyun umuman boshqa holat bilan Yerimning savoliga javobda qutilib qoldi.
– hayirli tun - jiddiy ovozda Soyun ularni koʻrishni istamaygina uyining eshigi kalitini izlay boshladi, kalit yoʻq, ortida bir-biriga iliq jumlalarni taqdim etayotgan juftlikning ovozlarini eshitib qalbi oʻrtardi, namlangan koʻzlar hira tortib qizning aniqligini buzdi, hayoli boshqa yerda, diqqati esa boshqa yerda. Soyun ikki holatdan asabiylashib kalit qoʻlidan tushib ketdi. Endigina uyga kirib ketayotgan yoshlarning hayoli u tomon boʻlindi, Soyun egilib qoʻliga kalitlarni olgan vaqt undagi shisha oʻyinchoqning siniq uchini koʻrmay qolgandi, ikkilanishsiz olmoxchi boʻlgan narsasi unga zarar yetkazdi.
– ssss - past ammo eshitilarli chiqdi ovozi.
– nima boʻldi - quchogʻidagi qizni chetga surib Soyun tomon otildi.
– hech nima.
– qoʻling qonayapti.
– ahamiyatsiz - kalitni topib tirqishga tiqdi, Jungkook oʻzini iloji boricha sovuq tutishga harakat qilardi. Sababi oldida Yerim bor.
– Soyun
Javobsiz qoldi, Soyun uyiga kirib hatto eshikni qulflab oldi.
– nega u haqida qaygʻuryapsan?
– nima? - Jungkook Yerimning gapini eshitmagandek tutdi.
– Jungkook. - ismni biroz choʻzib aytdi.
– uni tobi yoʻq edi, shuning uchun - Jungkook juda ishontiruvchan edi, uning yuz ifodasi aslo yolgʻon asoslarini bildirmasdi.
– shunday de. - u oʻylangandek koʻribdi.
– yur uyga kiraylik Yerim, bugun juda charchaganman. - u qoʻlini Yerimning yelkasidan oʻtkazib, iliq tabassum qildi.
– ishing koʻpayib ketdimi bugun.
– ha juda koʻpayib ketdi.



Keyingi qismda.

– sen bu mehmonxonada ishlayapsanmi?
– senga nima?
– yovvoyilashma qizaloq.
– mendan nari yur!
– istamasamchi.
– haddingni bil.
– hozir aynan haddimni bilib turibman, agar haddimdan oshsam, mana-shu choyshab qizarmaguncha jang qilamiz.

𝐂𝐇𝐀𝐍𝐄𝐋: 𝐅𝐎𝐑𝐄𝐒𝐓 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒
𝐁𝐘: 𝐋𝐄𝐄 𝐒𝐎𝐘𝐔𝐍