May 18

The unseen Pain // ep_7

7-qism.

– tahlil natijalari qanday chiqdi.

– ijobiy, tabriklaymiz janob Kim, katta ehtimol bilan kasallikni yengdingiz. Endi oʻzingizni sizga yomon taʼsir qiladigan va oʻtmishdagi yomon xotiralardan asrang. - qoʻngʻiroq ortidan erkakning mamnunligi bilinardi.

– albatta aytganingizdek boʻladi - oyoqlarini erkakcha ochib oʻtirgan yigit mashina oynasidan kulrang havoga qarab qisqa tabassum qildi.

Biroz davom etgan suhbatdan keyin qoʻngʻiroq yakunlanarkan, Taehyung asabiy oyogʻini toʻxtovsiz qimirlatib, koʻrsatkich barmogʻini hilol lablari orasiga olib, koʻzlarini bepisand yumib ochdi va mashina boshqarish uchun harakatga tushdi.

– ana endi koʻrasan jazman qanday boʻlishini - achchiqlandi u, jumlasida gʻazab, qalbida sevgi, ongida nafrat, uning chin sevgisiga boʻlgan hiyonatni badalini olmoxchi boʻldi.

Oradan hatto bir hafta ham oʻtishga ulgurmadi. Erkak sevsa u uchun togʻni talqon qiladi ammo ayni vaziyat buni taqazo qilmasdi, hozir u qizni oʻzini talqon qilishni istab turgan bir onda uni qayerdan topishni bilolmay jigʻibiyron boʻlardi.
– Mingyu, u yana qayerda boʻlishi mumkin, maʼlumotnoamsida bironta qarindoshi yoʻqmi. - qahvaxonada oʻtirganini his qilsagina past gapirardi u.
– faqat bitta buvisi bor ekan.
– qayerda ekan u buvisi.
– shimoliy Gyeongsangda yasharkan, lekin aniq qayerdaligini bilmayman. Ismmi Lee Ok-ja edi adashmasam, oshpaz deb yozilgandi. – yigit eslash uchun koʻzini yon tomonga burib ham biroz qisib hujjatni koʻz oldiga keltirarkan birma-bir maʼlumotlar yodiga keldi.
– boshqa qarindoshlari yoʻqmi?
– bizda faqat shu maʼlumotlar.
– yaxshi, menga aniq manzili tashla va ketaver. - Taehyung mashina kamarini taqish baravar Mingyuga gapirdi, ovozi mayin toʻsiqlik bilan chiqardi.

Mingyu indamay mashinadan tushdi erkakga kerakli manzilni yuborgach Taehyung ham mashina shinalarini asfaltga ishqab, tez harakat bilan manzil tomon haydadi. Ichida gʻalati hislar avj urgan, Soyun uning omegasiga aylangan, usiz turolmaydigan ogʻuga oʻxshab qolgan Taehyung esa unga butun umur muhtoj.
Uning ichida olov yonmoqda, sevgi olovi emas gʻazab olovi,alam olovi.

Intiqlik bilan kutilgan 3soat ham oʻtdi, u koʻrsatilgan manzilga yetib keldi. Atrof juda goʻzal edi, shahar atrofi baland togʻlar bilan oʻralgan, huddi shu togʻlar shaharni himoya qilayotgandek oʻrab turardi.

Taehyung mamnun tabassum qildi, yogʻoch peshtaxtaga yozilgan oshxona nomi u toʻgʻri manzilga kelganini bildirardi. Uzun oyoqlari va katta qadami bilan u yerda ikki yurishda yetib bordi, past eshikdan boʻyini egib kirdi, oshxona did bilan bezatilgan dam olish va doʻstlar uchun eng yaxshi joy edi. U atrofni kuzatdi, lekin oʻzi izlagan odam yoʻq edi.
Shu hayol bilan tik oyoqda ancha turib qoldi.

– xush kelibsiz janob, bu yer boʻsh oʻtiring - uning qarshisida politsiya formasidagi yoshgina yigit kelib muloyimlik bilan gapirdi, Taehyung shunchaki minnatdorchilikni bildiruvchi tabassum bilan u aytgan joyga oʻtirdi, u qiziqardi nega afintsant politsiya formasida, ammo hozir buni mavridi emas edi.

– nima buyurtma qilasiz.
– hoy politsiyachi bu yerda nima qilyapsan - shu on yigitning orqasiga kimdir atayin otildi, uning ovozi juda tanish, u yigitning boʻyniga qoʻlini bogʻlab oldi.
– Soyun men mijozga qarayapman - ha bu Soyun edi, Taehyungni yuragi portladi, lekin xotirjamlik va yanada kuchaygan gʻazabni yoʻqotmadi.
– Soyun - u eshitilarli ovozda gapirdi. Soyun qotib qoldi.
– uni taniysizmi?
Taehyung dunyodan uzildi, faqatgina qarshisida kalta shoʻrtik va ingichka yengli maykada turgan qizni koʻrib va u biroz avval qilgan harakatlari shunchaki Taehyungni ongida uni asabini bermaslik uchun oʻzini arang tiydi.

Unga indamay qarab turaverdi.
– siz boravering men bir odamni kutyapman.
– yaxshi - yigit ortga oʻgirilib ketayotganda Soyunga koʻzi tushdi, rangi oqarib ketgan, qoʻllar ilojsizlikdan mushtlangan, koʻzlari yordam soʻrardi.
– hoy hozir oʻyin vaqti emas, mijozlar koʻp, yuraqol - u etibor bermasdan oʻtib ketdi. Taehyung kiprik qoqmay Soyunga qarab turardi, ammo Soyunning koʻzlari atrofda oʻynab noqulaylikni aks ettirayotgandi.
– bu nima ahvol? - Soyunning yengil kiyimiga nazar tashladi, qamrovli ovozi bilan qizni choʻchitardi.
– n...ne...nega keldingiz?
– BU NIMA AHVOL DEYAPMAN SENGA - stolga musht bilan urish barobarida oʻshqirdi, barcha mijozlar ularga qaradi. Soyun noqulay vaziyatda qolgandi.
– T...Taehyung - u indamay turib Soyunni bilagidan mahkam siqib sudrab olib chiqib ketdi.
– qoʻyib yuboring meni, baribir siz bilan ketmayman, Taehyung.
– jim boʻl. - Taehyung Soyunni qoʻlini qoʻyib yubormasdan mashinasining orqa sidenalarini yotkazib ichiga Soyunni siltab yotkazdi.
– meni qoʻyib yuboring, yaramas, sizni yomon koʻraman. - darrov ojiz qizning koʻzlariga yosh quyildi.
– sen qachondan begona erkaklar oldida bunday kiyinadigan boʻlding - u Soyunni ustiga chiqib oldi.
– iltimos meni tinch qoʻying.
– oʻlganimda faqat oʻlganimda, osmonga uchsang oyogʻingdan, yer yutsa qoʻlingdan tortib olaman shuni ongsiz miyangga quyib ol - qiz chakkasiga barmogʻini tirab, gʻazab bilan gʻoʻdagʻayladi.
– nega uni boʻyniga osilding, kim u senga a kim-u.

– SENGA GAPIRYAPMAN - u peshonasini Soyunnikiga qattiq mahkamlab yuziga juda yaqin masofada baland oʻshqirdi. Soyun qoʻrqib ketdi, yoshlari toʻxtamasdi.
– javob ber Soyun, boʻlmasa shu yerni oʻzida ado qilaman.
– u....u
– duduqlanma - qoʻpol ovozda.
– sizga aytishga majbur emasman, meni tinch qoʻying. - Taehyungni koʻzlari gʻazabdan qisilgandi, bir onga jim turdi, shunchaki Soyunga tikildi.
– axir, oʻzing aytganding, meni sevishingni aytganding - kutilmaganda uning koʻzlari qizarib ketdi, ovozi yumshab qoldi.
– u....unday emas.
– shundaymi? - Taehyung

– shunday - Taehyungni tanasi biroz boʻshashdi.
– yaxshi, lekin bilib qoʻy oʻrtamizda shartnoma bor. - u bizning qonuniy nikohimiz haqida gapirayotganini tushunib qoldim.
– majburlagan shartnomangizmi? - koʻziga biroz gʻazab bilan qaradim.
– bugunoq qonuniy ajrashamiz, men oʻz hayotimda yashashni istayman, menga ozod va tinch hayot kerak.
– yaxshi, unda shu ishni bugunoq tugataylik - Taehyung Soyunni ustidan turib mashinadan tushdi, negadir oʻzini bosib oldi, balki haqiqatni anglab yetgandir.
– Seulga borib ajrashib kelamiz, keyin qayerga borsang boraver. - Taehyungni ovozi kuchsiz chiqdi. Soyun unga indamadi, mashina shinalari yerga ishqalanib shu yergacha kelgan yoʻllaridan qaytib ketdi.

Ikki soatlik yoʻl sukunatda oʻtdi, Seulga yetib keldik, lekin yoʻnalish men tanigan yoʻllarga oʻzgardi.
– Taehyung nega u yerga haydayapsiz - savolim javobsiz qoldi.
– sizga gapiryapman, sud boshqa yerda. - ovozimni biroz baland chiqdi.
– OʻCHIR OVOZINGNI - kutilmaganda eshitilgan baqiriqdan sakrab tushdim. Uning nigohlari oʻzgargandi, gʻazabga toʻlgan ifodada edi, tormoz berib mashinani toʻxtatganda sakrab tushdim peshonam tutgichga tegadi deb oʻylagunimcha keng kaftga urildi. Unga qaragunimcha biroz avval meni qutqargan barmoqlari bilan lunjimdan siqib oʻziga qaratdi.
– sen hali men bilan ajrashmoxchimisan sevgilim - u qoʻrqinchli mayin ovozda gapirdi.
– Taehyung siz menga boshqacha gapirgandingiz.
– seni olib kelish onson boʻlmasligini bilardim, lekin oʻzing rozi boʻlib kelding. - gapini yakunlab kalta shoʻrtigim sabab ochilib qolgan sonlarimga koʻzini yugurtirdi, sekin oyoqlarim tomon egilib qoʻli bilan siqar koʻyi lablari orasiga olib hoʻl qilib oʻpa ketdi. Bosh barmogʻi bilan sonimni silarkan qimir etolmay qoldim.
– qoching - uni itarib yubordim.
– meni topolmaydi deb oʻylaganmiding kapalagim, seni topdim, lekin qanday ahvolda koʻrdim, deyarli ichki kiyimlardasan, atrofingda qancha iflos erkaklar sendan koʻzini uzmadi, shularni barchasini OʻZ KOʻZLARIM BILAN KOʻRDIM, OʻSHA YERNI OʻZIDA SENI BURDALAB TASHLASHIM KERAK EDI OʻZI. LEKIN JIM BOʻLDIM, HALI HAM OʻZIMNI BOSIB TURIBMAN. BOYAGI KOʻRGANLARIMNI BARCHASIGA JAVOB BERASAN SEVGILIM.
– Taehyung - damim ichimga tushib ketdi. U eski Taehyungga aylangandi.
– ismimni ichingga yutib tur, bu hali ostimda qolganingda koʻp kerak boʻladi.

Juda qoʻrqib ketdim, qaysi aqlim bilan uni gaplariga ishonib bu yerga keldim oʻzi. Oʻzim tentakman. U mashinani uyi oldida toʻxtatdi. Indamay oʻtiraverdim, men uni sevaman lekin bazida undan nafratlanib ketaman, baland qaddini meni bilagimdan tutib sudray boshladi. Nima boʻlishi menga maʼlum edi, men olti yildan beri bularni barchasiga chidab kelyapman, ozod boʻldim deb xursand boʻlganimga bir hafta ham boʻlmagandi axir.

Uyga kirishimiz bilan, uning hotini mehmonxonada ichayotgan qahvasini tupurib yuborgudek hayron boʻlib qoldi.
– Taehyung buni nega olib keldingiz?
U javob bermadi va yoʻlida davom etdi.
– toʻxtang sizga savol berdim, bu bizni uyimizda nima qilyapti - bizni uyimiz dedi u, men toʻgʻri eshitdim, shu paytgacha u bilan yashab zerikkanidan meni olib keldimi, yoki alamini olishga mendan boshqa qoʻrqoq odam topolmaganmi.
– uy bizni uyimiz, seniki emas.
– Taehyung.
– gaping boʻlsa tezroq gapir - u hafsalasiz gapirdi, meni esa qattiq ushlab olgandi.
– u ketsin.
– Soyun xonaga bor.
– yoʻq, sizni hotiningiz bor, meni tinch qoʻying.
– Soyun XONAGA BOR DEDIM - uni gʻazablantirganimni yaxshi bilib turibman, ortiqcha gapirishni istasamda gapirolmasdim, chunki men buni oxiri nima bilan tugashini yaxshi bilaman. Indamay nafratimni sochib chiqib ketdim.

– menga qara men seni sevmayman, sen ham meni sevmaysan axir bularni barchasini toʻydam avval gaplashgandik, meni asablarimni oʻynashni toʻxtat, oʻzingcha hotinlik qilmoqchi boʻlma.
– lekin men sizni sevaman.
– yaxshi yetib ol - unga ahamiyat bermasdan zinalardan koʻtarildi.

Nihoyat men kutgan on, eshikni ochdimu koʻzlarim huddi och boʻri oʻz oʻljasini izlagandek izladim uni.
– sevgilim - uni belidan qoʻllarini oʻrab oldi.
– kel oʻylab koʻrsak, qaysi yoʻl bilan javob berish senga maʼqul. - u qizni yelkasiga iyagini qoʻyib, huddi sevgi izhor qilayotgandek ohangda soʻrardi, bu telbalik.
– oppoq tanangni qizartirib tashlaymi, mmmmm yoki tonggacha birga boʻlamizmi, shunday qilsak bir kunda homilador boʻlasan. Nima qilamiz - u belimni siqib ogʻriq bera boshladi, quchib turgan bir vaqtida belimdan qoʻlini olib iyagimni qattiq siqib oʻziga qaratdi.
– nima qilay, gapir. Qaysi biri maqul senga.
– Taehyung - koʻzimdan yoshlarim tinmay oqardi.
– NIMA MEN, SENGA TANLOV BERYAPMAN AZIZAM, QAYSI BIRNI TANLAYSAN DEYAPMAN, ISMIMDAN BOSHQA GAPLARI ICHINGGA YUTIB YUBORDINGMI LANATI - u meni yotoqga itarib yubordi.
– ustingdagi lanati koʻylagingga qoʻshin yirtib tashlayman seni - u xotirjam qoʻpollikni ovozida boshqargancha belidan kamarini boʻshatdi.