October 7, 2020

VKOSHP musobaqasi haqida

Sport dasturlash bo`yicha maktab bolalari o`rtasida butun Rossiya musobaqasi - VKOSHP (Всероссийская командная олимпиада школьников) har yili kuz faslida o`tkaziladi va musobaqa qoidalariga ko`ra yaqin osiyo hamda kavkaz mamlakatlari ham ushbu musobaqada rasman ishtirok etishlari mumkin. Maktab bolalari uchun tashkil qilinadigan ushbu musobaqa jamoaviydir. Ya'ni musobaqada bir maktabda/litseyda o`qiydigan 3 nafardan iborat o`quvchilar jamoa tuzib unda ishtirok etishlari mumkin.

Bu musobaqa 2 turdan iborat: online saralash bosqichi va onsite final bosqichi.

Ishtirok etmoqchi bo`lgan jamoalar uchun saralash bosqichi online bo`ladi, bunda jamoa tur masalalarini belgilangan vaqtda o`z uylarida ishlashlari mumkin. Ushbu bosqich 5-noyabr sanasida bo`lib o`tadi. Diqqat, proktoring bo`lishi majburiy!

Proctoring - keyinchalik tekshiruvlarda haqqoniy ishtirokingizni isbotlash maqasadida musobaqa/imtihon/test ishlashingiz jarayonini videoga olish.

Online saralash bosqichida ma'lum bir ko`rsatgichdan yaxshiroq natija ko`rsatsangiz, keyingi bosqichga taklif qilinasiz. Proktoring bo`lmagan taqdirda keyingi bosqichga yo`llanma ololmaysiz.

Final bosqich Rossiyada 11-12 dekabr kunlari bo`lib o`tadi. Final bosqichiga yo`llanma olgan jamoalarga finalga borib kelish masalasida amaliy yordam ko`rsatiladi.

Musobaqaning boshqa qoidalari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Agarda siz o`zingizni sinab ko`rmoqchi bo`lsangiz, o`qiydigan muassasangizdagi boshqa o`quvchilar bilan 3 kishilik jamoa tuzing va qatnashing.

Agarda siz maktab/litseyda informatika o`qituvchisi bo`lsangiz o`quvchilaringizdan terma jamoa tuzing va ularni musobaqada ishtirok etishlariga undang!

Bir muassasadan yoki bir mamlakatdan ishtirok eta oladigan jamoalar soni cheklanamagan. Ammo musobaqaga noyabrda start beriladi, shuning uchun ro`yxatdan o`tishga ulguring.

Ushbu havola orqali qanday qilib ro`yxatdan o`tishni bilib olasiz.