October 4, 2024

Error(ошибка)

°• Ģazab ham ģam ham bir kun yòqoladi, ammo qalbdagi bòshliqchi..?•°

11-qism.

°• Ģazab ham ģam ham bir kun yòqoladi, ammo qalbdagi bòshliqchi..?•°

11-qism.

Ikki inson uchun vaqt tòxtadi, ammo ular ikkisida ham turli xil hissiyotlar bor.
Birida alam, qòrquv va ģazab bòlsa.. Birida sevgi va quvonch uchqunlari bor edi.

Jungkook qarshisidagi qiz haqiqiyligiga bir necha daqiqa ishona olmadi. U hatto balki bu yana tushimdir degan hayolga ham bordi.
_Bu o'sha.. Tushimdagi farishta. Uni hayotda borligini bilardim..sezardim... U juda chiroyli, tushimdagidan ham. Uning kòz rangini ilk bor kòryapman. Yuzini birinchi bor tiniq koryapman... Yuragim menga bòysunmayapti. Aqlim esa bu jarayonni qabul qilolmayapti. Tushimdagi sevgim chin bòlib chiqdi... bir yarim yil qidirgan insonim... Menda uni yaqinroqdan his qilish xohishi paydo bòldi. Ammo... Bu notòģri.

Jungkook hamon qizga tikilib turgani uchun dòsti uni yelkasidan turtib hayollarini yiģishga majbur qildi.

- Uzur. Barchangiz bilan tanishganimdan xursandman. Va yangi oilani ham tabriklayman.

Yoongi ofitsantni yoniga chaqirdi ca barcha uchun qadah oldi.

Yoongi: Yosh Parklar oilasi uchun ichamiz!!!!

Barcha òz qadahini kòtardi.
Ammo Ayi qadahini joyiga qòydi va barchaga uzurini bildirib davrani tark etdi. Jungkookning kòzlari esa hali hamon qizda..

•••••••••••••••••••

Bazm deyarli yakuniga yetayotgan edi. Mehmonlar uylariga tarqala boshlagan. Jungkook va Yoongi ham allaqachon uylariga ketishgandan edi. Faqat yaqin insonlar va dòstlar bazm oxiriga qadar qolishyotgan edi.

Ayi bazm oxirlayotgan bòlsa ham òzi uchun topgan chekkaroqda joylashgan joyidan qimirlamasdi, toki katta Kimlar qòrģoni yoniga òsha tanish avtomobil kelib tòxtamagunicha...

Darvoza yonidagi qòriqchilar avtomobil eshigini ochishdi. Undan birinchi uzun bòyli, yoqimtoy yuzi bòlishiga qaramay sovuq aura taralib turadigan yigit tushdi.

U tòy bazmi oxiriga kelgan bòlsada, u bazmga mos kiyinib kelgan ya'ni òziga juda yarashgan qora kostyum shim kiygan edi.

Ayi yigitni kòrishi bilan darvoza tomon tez qadam tashlay boshlagandi.

Yigit esa avtomobilni aylanib òtib orqa eshikni ochdi. Ichidan deyarli 1 yoshdagi uxlab qolgan qizchani sekin oldi.

- Jimin...

Ayi Jiminga endi gapirmoqchi bòlgan edi, ammo qòlida uxlab qolgan qizaloqni korgach jim bòldi.

Jimin: Ayi biz baribir kelishga majbur bòldik. U seni juda soģindi.

-Men senga aytgan edim, uni òzim bilan olib ketaman deb. Uni menga ber.

Ikkalasi bir biriga jaxl qilishar lekin ovozlarini qòldan kelguncha past qilib gaplashishar edi.
Ayi qizni qòliga olib qòrģon ichkarisi tomon yurib kela boshladi. Jimin esa uni ortidan izma is kelardi.

Atrofda qolgan mehmonlar yuzlaridagi hayratni hech yashirishmas edi. Ular kichik Kimlarning yagona qizi bir yigit va bola bilan qòrģonga kirib kelayotganiga hech ishonishmasdi.
Ammo Ayiga hech narsa qiziq emas, u tògri oyisi va dadasi turgan stol tomon keldi.

- Omma, appa.. Uyga qaytishim kerak. Azel uxlab qolibdi. Jimin ham samalyotda juda charchagan. Barchasini ertaga gaplashamiz, hozir uyga ketaylik.

Mr Kim va Mrs Kim indashmadi. Qizlarni ortiqcha sòroq qilishni xohlamay, orqa tomonda qolgan Jiminga javoban biroz bosh egib, birgalikda bazm egalari yoniga borishdi.

••••••••••••••••••••••••

Taehyung: Biz endi uyga qaytamiz. Hyung, Mr Park bazm juda ajoyib bòldi.

Seokjin: Barchasi joyidami? Bazm oxirigacha qolmoqchi edingku.

Taehyung: Bu uchun uzr soraymiz. Albatta hammasi joyida.

Mr Park: Ertaga bizning uyimizdagi bazmga kelasizmi?

Taehyung: Albatta. Axir qanday qilib bormasligim mumkin. Jihoon ham Milli ham mening farzandlarimdek. Ulardan ajoyib juftlik chiqadi.

Mr Park: Juda soz. Unda sizni va oilangizni ertaga kutamiz.

Seokjin: Yaxshi yetib oling.

Erkaklar ozlari ayollar esa òzlari suhbatlashib xayrlashishdi.

Mina: Ayi qizaloq..

- Xola barchasini tushuntiraman, faqat keyinroq. Armin sen bilan ertaga kòrishaylik.

Armin: Albatta ertangi bazmdan oldin vaqtim kòp. Axir unga men ma'sul emasman. Albatta korishamiz. Faqat menga manzilni va vaqtini xabar ber.

- Unda yaxshi. Kòrishguncha. Milli opam va Jihoon oppamga uzurimizni aytib qòysangiz. Barchaga xayrli tun.

Ayi qòlida bola bilan yonida esa oyisi va dadasi bilan qorģondan chiqib ketishdi. Tashqarida esa Jimin ularni allaqachon avtomobil yonida kutayotgandi.

Jimin: Ayi ketdik, men mehmonxonadan joy band qildim.

Taehyung: Bu nimasi? Qizimning uyi va ota onasi bor. U biz bilan ketadi.

Jimin: Janob...

Taehyung: Bas. Xohlasangiz siz ham biz bilan keting, ammo qizini hech qayerga olib ketmaysiz. Qizaloqni ham!

- Jimin dadamga qarshi chiqma. Bizning uyga qaytamiz. Men Azel bilan bu avtomobilda ketaman. Sen esa ortimizdan hayda.

Jimin: Hop.

Taehyungda qanchalik taranglik va asabiylik bòlmasin, hozir u shunchaki kutishi va tinchlanishi, qizining gaplarini eshitishi kerak. Hamma òz joyiga joylashdi. Mrs Kim qòldan kelguncha erini tinchlantirishga urunib qòlidan tutib olgandi. Ayi esa mitti qizchaning shirin uyqusini kuzatib ketayotgandi.

_Uni qanday qilib Jimin bilan tashlab ketdim? Axir u òziga zòrģa e'tibor qaratadiku, meni mitti Azelimga qanday qarar edi? U mening ortimdan yetib kelishi aniq edi. Òshanda qaysarlik qilmaganda, hozir ishlarini tashlab kelmagan bòlar edi. Ammo u ham oyim va dadam tufayli Azelni òzi bilan olib qolgan edi. Endi ularga barchasini tushuntirishim kerak. Ular Azelni qabul qilishadi. Albatta..

••••••••••••••••••••

Uyga kelishlari bilan Ayi òz xonasi tomon yurib ketdi. Qizaloqni yotoģiga yotqizib, òzi pastga dadasi va oyisining yoniga tushdi. Barcha oģir va hashamdor liboslardan qutulib, stol atrofida yiģilishgandi.
Òrindiqning chekkasida Jimin aybdorlarga òxshab bosh egib òtirgandi.

Taehyung: Endi barchasini boshidan tushuntiring.

Uning kelishgan yuzi hozirgi vaqtda jaxldan biroz taranglashgan va qoshlari bir joyga yiģilgan.
Bu suhbat uzoq davom etishi aniq edi.

Buni bilgan Mr Kim barchadagi asabiylikni yoq qilish uchun qahva damlab kelgan. Eriga alohida sutli va shakarli qilgan edi.

- Appa barchasi Angliyaga uchayotgan kunim, samalyotda bir yarim yil oldin boshlangan edi....

•••••••••••••••••••••••••

|Jungkookning uyi|

Ota onasi yordamisiz òz mehnati va pullariga sotib olgan uyida Jungkook xizmatchilarDan boshqa hech kimni kiritmas edi. Ammo bugun u Yoongini òz uyiga olib keldi. Undagi xursandchilikni Yoongi ham bilishini istardi.

- Nima ichasan, nima xohlaysan?

Yoongi: Uyimga ketishni istayman.

- Bu istagan qabul qilinmaydi. Axir birinchi marta uyiga kelishing. Seni nimadir bilan mehmon qilishim kerakku.

Yoongi: Unday bòlsa, oddiy gazli suv, muzlari bilan.

- Bajariladi.

Jungkook òzi va dosti uchun bir nechta taom va gazli suv olib kelib stolga qòydi va òtirib ovqatlana boshladi. Yoongi hayron ifoda bilan unga tikilib qoldi. Tun yarmidan oshyapti Jungkook esa òtirib ovqatlanyapti va nima uchundir Yoongini ham ketishiga yòl qòymayapti. Bu noodatiy holat

Yoongi: Endi gapirasanmi?

Yoongining sabri òz nihoyasiga yetdi. U hozir uyiga ketishni va uxlab dam olishni istaydi.

- Men uni topdim.

Jungkook ovqat yeyishdan tòxtab tayoqchalarini stolga qòydi.

Yoongi: Kimni? Tushuntirib gapir.

- Chamasi bir yarim yil oldin senga aytgan qizni. Tushimdagi. Uni oxirgi bir hafta ichida tushimda kòrmay qòygandim. Bundan biroz hayratda tushayotgandim. Bilasan uni juda kòp qidirdim va oxiri unidimni uzgandim ammo uni bugun hayotda kordim.

Yoongi: Hazillashyapsanmi?

- Albatta yòq. Senga shuni aytish uchun chaqirgandim va mantiqan òylab qarsak bunga sening ham aloqang bor.

Yoongi: Ya'ni?

- Òsha qiz sening sevgilingning qarindosh opasi ekan.. Tushimdagi farishta..

Yoongi: Nima? Sen Ayini nazarda tutyapsanmi? Eslagandek bòldim, sen menga uning rasmini chizganingda kòrsatganding ammo o'shanda uni tanimas edim va rasmda u biroz boshqacha edi. Dòstim... Sen Kim Ayini shuncha yildan beri tushingda korayotgan edingmi?? Uni topolmaganing ham bekorga emas ekanda..

- Uni butun Koreyani izlar topa olmagandim. U shuncha vaqt qayerda bòlgan?

Yoongi: U Angliyada oqiyotgan edi. Kim ayi Kim Taehyung va Kim Sohelarning yagona qizi yoshi 20 da va Oxford Universitetida òqiydi. Yosh merosxo'r va bòlajak professor.

- Shuncha yildan beri qidirgan insonim haqida shuncha ma'lumotni NEGA AVVALROQ AYTMADING???

Jungkookning korinishi hozir biroz qorqinchli va yoqimli edi. Yoongi uning jaxlini kòrib bor ovozda kulib yubordi.

Yoongi: Dostim men u qiz Kim Ayi ekanligini tush ko'rib yuribmanmi? Mana senga barchasini aytdimku. Muammo hal, uni topding, men seni eshitdim, endi esa men Uyimga boraman va sevimli yotoģimda mazza qilib uxlayman.

Yoongi òtirgan joyidan turib òrindiqdan kostyumi va telefonini oldi va eshikka qarab yurdi. Jungkook esa uning kelishini joyida òtirib kuzatib turardi.

Yoongi: Aytgancha, u bilan yana uchrashishni istaysanmi?

-Buni iloji bormi?

Jungkook òtirgan joyidan turib ketdi.

Yoongi: Ahvolingni korganingda edi. Telba oshiq.

Jungkookni hozirgi korinishi xursand quyonchadek edi. Bu Yoongiga yangilik va biroz kulgili jarayon. Dostidagi barcha ozgarishning sababchisi bitta- sevgi edi. Uning o'zi ham bu holatni boshidan òtkazgan.

- Ustimdan kulyapsanmi? Undan kòra buni iloji bor yoki yoqligini ayt.

Yoongi: Iloji bòlmaganda bu taklifni bermas edim. Mening sevgilim bu uchrashuvni sizlar uchun tashkillashtirishiga kondiraman.

- Yoongi senga ba'zida hasad qilaman. Sevgiling bilan ajoyib sevgi tarixingiz bor. U seni sen esa uni juda qattiq sevasiz. Menda ham shunday sevgi bòlishini istayman. Osha farishta meni yoqtirib qolishini istayman.

Yoongi: Tògri bizda eng chiroyli sevgi tarixi bor va bir kun senda ham bo'ladi. Lekin barchasi senga boģliq. Qizlar e'tiborli yigitlarni hurmat qilishadi. Masalan Armin undagi kichik òzgarishni ham sezishimni va e'tibor qaratishimni yoqtiradi. Senga qizlar bilan boģliq narsalarni keyin òrgataman. Hozir uxlamasam aniq ertaga ishga borolmayman. Xayr yaxshi qol.

- Barchasi uchun raxmat. Xohlasang uyingga olib borib qòyishadi, avtomobiling ham uyda qolgan bo'lsa.

Yoongi: Yòq shart emas, òzim yetib olaman.

Yoongi eshikni yopib chiqib ketdi. Jungkook esa yana biroz òtirdi oxiri xizmatchilar uylariga ketganligi uchun òzi stolni yiģishtirdi va uxlashga chiqib ketdi.

••••••••••••••••••••••

|Kichik Kimlar uyi|

Jimin: Bori shu.. Bunda Ayini ayblamang iltimos. Agar Azelni qabul qilmasangiz, men olib ketaman albatta Ayi bilan birga.

Mrs Kim: Ular hech qayerga ketmaydi. Taehyung gapirsangizchi, nima ularni shunday qòyib yuborasizmi?

Taehyung: Men bur qarorga kelishim kerak. Buni biz tushunamiz ammo boshqalarga qanday tushuntiramiz. Men qizimni shuncha vaqt kormadim, 3 oy vaqtimni ham usiz òtkazishni istamayman.

Taehyung hotirjamlik bilan òylab barcha uchun tògri qaror qabul qilishga urunayotgan edi.

Mrs Kim: Boshqalarning gapi menga muhim emas, menga qizim kerak. Taehyung rozi bòling iltimos.

Taehyung: Hop. Faqat bitta shart bilan sizlarni bu ishingizga koz yumaman. Janob Jimin ham qizaloq ham mening qizim ham shu yerda yashaysiz. Bu sizlarga ham jazo ham kechirim sifatida.

- Appa yana bir bor uzur sorayman. Sizlarga bu haqida qanday aytish mumkinligi haqida kòp òyladim ammo yechim topolmadim. Kechiring..

Taehyung: Malikam, seni tushundim xonangga chiqishing mumkin, qizaloqqa ham qara. Aytgancha uni yoshi nechchida?

- 1 oydan sòng 1 yoshga tòladi.

Jimin: Janob Kim uning tuģulgan kunigacha shu yerda turamiz. Undan keyin men uy sotib olaman ertaga, o'sha yerga kòchamiz.

Jimin sòzini qat'iyat bilan aytdi. U bitta gapirdimi demak o'sha ishni qiladi.
Hozir ikki qaysar inson bir biriga òtli nigoh bilan qarab turibdi.

Taehyung: Yaxshi.. Malikam, azizam xonangizga chiqing. Biz Janob Jimin bilan erkaklarga xos tarzda gaplashib olamiz.

Mrs Kim: Ortiqcha muammo chiqarmang. Qani yur asalaricham.

Mrs Kim Ayi bilan birga yuqori qavatga chiqib ketishdi. Jimin va Taehyung esa hali ham osha òtkir nigohlar bilan bir biriga qarab turishgandi.

Taehyung: Nima ichasiz? Viski..? Vino..?

Jimin: Men ichmayman Janob Kim!

Taehyung: Qiziq? Ammo erkak kishi bazida ichib turishi kerak. Men charchaganimda vinodan bosh tortmayman.

Taehyung gapini gapirar ekan. 1960 yillarga tegishli òtkir hidi vinodan ikki qadah tòldirdi.

Jimin: Men charchasam yanada kòproq ishlashni maqul kòraman. Oilam uchun.

Taehyung: Òsha oilangizga mening qizim ham kiradimi?

Author: Yoon(Kim) Ayi.