Kino haqida savollar:
1. Kechasi dengiz oldida turib, oyni tomosha qilayotgan qora tanli bola.
Qaysi filmning minimalistik posteri?
Javob: "Moonlight"
2. "Yoshim ulg‘aygan sari Xudoga yaqinlashaman deb o‘ylagandim, lekin buning aksi bo‘ldi. Men uni ayblamayman, chunki fikrlarimiz bir xil emas".
Savol: Qaysi filmdan iqtibos?
Javob: "No country for oldmen"
3. – Nega meni tirik qoldirmoqchi bo'lyapsan?
– Chunki men hamshiraman.
Savol: Qaysi filmdan iqtibos?
Javob: "English patient"
4. 2003-yilda Chan-Vuk Park ishtirok etgan ushbu filmdagi sahna hayvonlar huquqlari faollari tomonidan qattiq tanqid qilingan. Qaysi film?
Izoh: Sakkizoyoqlarni yeyish sahnasi uchun.
5. 2008-yilda suratga olingan ushbu filmidagi voqealar 2005-1918-yillarda sodir boʻladi. Qaysi film?
Javob: "Benjamin Battonning sirli hayoti"
6. 15 yoshli Juzeppe Sulfaro birinchi marta yalang‘och ayolni ko‘rganini tan olgan. Sulfaro qaysi filmda oʻynagan?
Javob: "Malena"
7. Savol muallifi hindistonlikning faqatgina bir filmi Oskarga nominant boʻlgani, qolgan filmlari Oltin malinaga nomzod boʻlganini koʻrib, aslida iks unchalik kuchli emasligini aytadi. Iksni tartib son qatnashtirib ayting.
Javob: Shyamalanning oltinchi hissiyoti.
8. 2011-yilda "1+1" filmi chiqarilgunga qadar "Bor" xalqaro miqyosda eng yuqori daromad keltirgan fransuz filmi edi. Savol matnida nimani almashtirdik.
Javob: "Beshinchi element"
9. Mag'rib mintaqasidagi eng yirik shahar, u miloddan avvalgi 7-asrda berber qabilalari tomonidan tashkil etilgan. Qaysi shahar?
Javob: Kasablanka
10. "Uxlashimga ruxsat bering".
Qaysi filmdagi eng soʻnggi jumla?
Javob: "Insomnia".
11. - Mening ismim Tom.
- Tanishganimdan xursandman. Men esa Kuz.
Qaysi filmdagi soʻnggi jumla?
Javob: "500 days of summer"
12. Bu film dastlab “Oʻrmon qiroli” nomi ostida chiqarilishi kerak edi, toki suratga olish guruhi uning oʻrmonda yashamasligini bilib olmaguncha. Qaysi?
Javob: "Qirol sher"
13. Bu film titrlarida "hech qanday ajdarho zarar koʻrmadi" soʻzlarini koʻrish mumkin. Qaysi film? (Aniq javob)
Javob: "Garri Poter va alanga kubogi"
14. Qizig'i shundaki, o'tmishda tez-tez xotira yoʻqolishidan aziyat chekkan aktyor Stiven Tobolovskiy ushbu filmni suratga olish haqida rejissyorga murojaat qilgan. Qaysi film?
Javob: "Memento"
15. Metallika guruhining "Sanitarium" qo'shig'ining so'zlari "Ular meni bu qafasda ushlab turishadi" va "Meni aqldan ozganligimga ishontiring" kabi satrlarni o'z ichiga oladi. Qo'shiq qaysi filmdan ilhomlanib yaratilgan?
Javob: "Kakku uyasi uzra parvoz".
16. "Burj Xalifa", "Empire State Building" va "Petronas" minoralariga ko'tarilgan Alen Roberning taxallusi nima?
Javob: "Oʻrgimchak odam"
17. Beysbolchi Pablo Sandovalning laqabi nima?
Javob: Kungfu panda
18. Don Juan, Figaroning uylanishi, Rekviyem.
Qaysi film soundtracklari?
Javob: Amadey
Izoh: Motsart asarlari filmning asosiy saundtreki sifatida ishlatilgan.
19. Otasi tomonidan Gujaratlik bo'lgan Ben Kingsli 1982-yilda bu filmda bosh rolni o'ynagan. Qaysi filmda?
Javob: Gandi
Izoh: Gandi ham Hindistonning Gujarat shtatidan edi.
20. Uma Turmanning ushbu filmdagi libosi Bryus Lining "Ajal o'yini" filmida kiygan libosidan ilhomlanilgan. Qaysi filmdagi?
Javob: "Kill Bill"
21. Bu filmda qoʻllanilgan diplom asl nusxaga oʻxshashi uchun Stiven Spilberg Garvard universiteti tibbiyot fakulteti dekanlarini diplomga imzo chektirgan. Qaysi film?
Javob: "Catch me if you can"
22. Sotsiologning qayd etishicha, uning sehrli kuchlari, kalligi, katta burni va mushugining ismi Azroil bo‘lishi uning yahudiy ekanligini ko‘rsatadi. Kimning?
Javob: Gargamel
23. Amerika Kino Institutining 100 ta mashhur iqtiboslar roʻyxatiga 1960-yilda suratga olingan ushbu filmdagi “Bolaning eng yaxshi doʻsti uning onasi” degan iqtibos kiritilgan. Qaysi filmdagi?
Javob: "Psixo"
24. Ushbu Amerika filmi 1993-yilda Shvetsiya kinoteatrlarida "Butun hafta davomidagi dushanba" nomi bilan chiqqan. Qaysi film?
Javob: "Sugʻur kuni"
25. Mashhur asar asosida 2006-yilda suratga olingan film jinoyatchi, ya’ni bosh qahramonning burnini ko‘rsatish bilan boshlanadi. Qaysi film?
Javob: "Parfyumer"
26. Aktyor Gordon film suratga olishga tayyorgarlik ko'rayotganda 8 kunlik mashg'ulotdan so'ng ma'lum balandlikda tor arqonda yurishga muvaffaq bo'lgan. Film kim haqida edi?
Javob: Filip Peti
Izoh: Mashhur arqonda yuruvchi.
27. "Onam tushida baland boʻyli koʻk terili ayolni koʻrganini aytdi".
Bu soʻzlar muallifi kim?
Izoh: "Avatar"
28. U birinchi va oxirgi marta "Mushuklarning shanba oqshomi" epizodida koʻrinish bergan. U kim?
Qabul: Ikki oyoqli ona; afro-amerikan ayol; Tom va Jerry multfilmidagi ayol.
29. "Bu tosh meni butun umrim davomida kutdi. Barcha ishlarim meni bu yerga, dunyodagi mana shu yoriq sari yetakladi".
Qaysi filmdan iqtibos?
Javob: "127 soat"
30. Qizig'i shundaki, 1990-yilda tug'ilgan bu aktyor 27 yoshida unga shuhrat keltirgan rolni ijro etgan. Qaysi aktyor?
Izoh: "Оно" filmlari 1990 va 2017-yillarda suratga olingan. Bosh qahramon masxaraboz Pennivays har 27 yilda keladi. 27 yoshli Bill ham har 27 yilda keladigan Pennivays rolini o'ynashi qiziq tasodif.