Adabiyot haqida savollar:
1. Peshkov oʻz taxallusini izohlar ekan, taxallus uning og‘ir, mashaqqatli va iztirobli hayoti, yozgan odamlarining achchiq taqdiri tufayli paydo bo‘lganini aytadi. Qaysi taxallus?
Javob: Gorkiy
2. Amakisi Hans Olsen uni fermada tez-tez kaltaklab, och qoldirardi. Kimni?
Izoh: Knut oʻz familiyasini Gamsund fermasidan olgan. Keyinchalik u "Ochlik" romanini yozadi.
3. Bir kuni Charlz Oksford universiteti rektorining kichkina qizlari bilan sayr qilib yurganida, ular Charlzdan ertak aytib berishni so'rashadi va u improvizatsiya qilishga majbur bo'ldi. Va keyinchalik qaysi asar yaraladi?
Javob: "Alisa moʻjizalar mamlakatida"
Izoh: Luis Kerrolning asl nomi Charlz Dojson.
4. Asar qahramonlari Emma va Dekster har yili faqat 15-iyulda uchrashishardi. Devid Nikkolsning ushbu asarini toping.
Javob: "Bir kun"
5. Entoni Byorjess tomonidan yozilgan ushbu roman Jorj Oruellning "1984" romanining o'ziga xos mantiqiy davomi vazifasini o'taydi. Uzoqqa bormasdan asar nomini ayting.
Javob: "1985"
6. "Barcha bolalar katta bo'ladi, bittadan tashqari". Kimga tegishli asarning boshlanishi?
Javob: Jeyms Barri
7. Muallif bu asarining birinchi qismini “1805” deb atagan va asarni yozish chog‘ida ham rus, ham fransuz tillaridagi manbalarni o‘qigan. Qaysi asar?
Javob: "Urush va tinchlik"
8. Romandagi voqealar 2-oktabrda boshlanib, 21-dekabrida tugaydi. Qaysi roman?
Javob: "Dunyo boʻylab 80 kun"
9. 1960-yillarda Nobel mukofotini olish uchun Stokgolmga borgan bu yozuvchini qo‘mita a’zolari ancha vaqt kutishgan va hatto hech qachon kelmaydi, deb o‘ylashgan edi. Kimni?
Javob: Samuel Bekket
Izoh: Xuddi Godo kabi kutishgan)
10. Hamkasblarining lagerdagi janjaldan keyin yuzida paydo bo‘lgan chandiq va shishlarga e’tibor bermay, hech kimga aytmagani uni mashhur asarini yozishga undagan. Kimni?
Javob: Chak Palanik
Izoh: Fight Club birinchi qoidasi:
11. Qizig'i shundaki, uning otasi 1799-yildan 1801-yilgacha Neapol qirolligidagi qasrda qamalgan. Kimning?
Javob: Aleksandr Dyuma
12. Julian yana dam olish uyini ham sotgan edi. Savol: Julian qaysi asar personaji?
Javob: "Oʻz ferrarisini sotgan rohib"
13. Bu personaj 1738-yil 17-iyulda Parijdagi eng yomon hidli bozordagi baliq rastasi ostida tug‘ilgan. Qaysi personaj?
Javob: Jan Grenuy
14. Malkolm Gladuel asari nomida "gigantlar bilan kurashish san'ati" soʻzlarini koʻrish mumkin. Asar nomida qaysi ikki ism ham tilga olingan?
Javob: "David va Goliaf"
15. Trilogiyani yozishda unga yunon mifologiyasidagi Tesey va Minotavr qissasi hamda otasining Vyetnam urushidagi ochlik, qashshoqlik va urush oqibatlari ta’sir qilgan. Kimga?
Javob: Syuzan Kollinz
16. Edgar oʻz personajiga nom tanlar ekan, "Tablut zan" va "Zantar" nomlari orasida ikkilanib qoladi va oxiri ushbu nomni tanlaydi. Qaysi?
Javob: Tarzan
Izoh: Edgar Berrouz qahramoni.
17. 1832-yilgacha Krik hindu qabilasining boshligʻi boʻlgan Tastanaki Xopayning boʻyi pastligi va mavqeyi tufayli amerikaliklar uni shunday atashgan. Qanday?
Javob: "Kichkina shahzoda"
18. "Umid qilamanki, bir kun kelib u yerga borish nasib etadi... Shaharlarimizda u yerdagi ko'plab xususiyatlarni ko'rishni istardim. Bu umiddan ko'ra ko'proq orzu..."
XVI asrga oid qaysi asarning soʻnggi jumlalari?
Javob: "Utopia"
19. Pink Floydning ijtimoiy zinapoya, boylik va hokimiyat tepasida turganlarni ifodalovchi “Pigs” qo‘shig‘i qaysi kitobga asoslangan?
Javob: "Molxona"
20. Shotlandiyaning Belle & Sebastyan guruhining "I Could Be Dreaming" qo'shig'i ushbu adabiy qahramonga ishora sifatida yaratilgan. Qaysi qahramon?